Geografiya 10 sinf 2017. indd


Balandlik  mintaqalanishi



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

Balandlik  mintaqalanishi
  –  tog‘larning  etagidan  suvayirg‘ich  tomon 
tabiatning  qonuniy  o‘zgarib  borishi.  Balandlik  mintaqalari  tekisliklar-
dagi  tabiat  zonalariga  o‘xshash,  lekin  aynan  o‘zi  emas.  Ularning  shakl-
lanishiga  yuqoriga  ko‘tarilgan  sari  havo  harorati  va  bosimining  pasa-
yishi,  quyosh  radiatsiyasining  kuchayishi,  suv  bug‘lari  kondensatsiyasi 
sharoitining  o‘zgarishi  sabab  bo‘ladi.  Yog‘inlar  ma’lum  balandlikkacha 
ko‘payib,  so‘ng  kamayadi.  Shunga  bog‘liq  holda  tuproqlar,  o‘simlik  va 
hayvonot  olami,  umuman,  geotizimlar  o‘zgarib  boradi.         
Balandlikka  ko‘tarilgan  sari  o‘simliklarning,  tabiiy  sharoitning  o‘zga-
rib  borishi  haqidagi  ma’lumotlar  Zahiriddin  Muhammad  Boburning 
“Boburnoma”  asarida  Movarounnahr,  Afg‘oniston  tog‘larining  ta’rifi da 
kelti riladi.  Lekin  balandlik  mintaqalanishi  qonuniyatini  ilk  bor A.  Gum-
boldt  Alp  va  And  tog‘larida  o‘rganib,  ilmiy  asoslab  bergan.   
Tekislikdagi  tabiat  zonalari  ekvatordan  qutblarga  tomon  birin-ketin 
almashinib  borgani  kabi  balandlik  mintaqalari  ham  tog‘larning  etagidan 
suvayirg‘ich  tomon  almashinib  boradi.  Biroq  tog‘larda  balandlik  min-
taqalari  ularga  nisbatan  tezroq  aemashinadi,  ayrim  balandlik  mintaqala-
rining  o‘xshashi  bo‘lgan  tabiat  zonalari  tekisliklarda  mavjud  emas.  Ma-
salan,  tog‘larda  subalp  va  alp  o‘tloqlari  mintaqasi  mavjud,  tekisliklarda 
esa  bunday  tabiat  zonasi  yo‘q.
Balandlik mintaqalarining soni va tuzilishi 
tog‘larning  balandligiga, 
qaysi  iqlim  mintaqasida  (shuningdek,  iqlim  o‘lkasida)  joylashganiga, 
yo‘nalishiga,  havo  massalariga  nisbatan  joylashishiga  bog‘liq.  Tog‘lar 
qanchalik  baland  bo‘lsa  va  quyi  kengliklarda  (ekvatorga  yaqin)  joylash-
gan  bo‘lsa  shunchalik  ko‘p  balandlik  mintaqalari  yuzaga  keladi.  Iqlim 


34
o‘lkalari  ham  balandlik  mintaqalariga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Kon-
tinental  iqlim  o‘lkasida  joylashgan  tog‘larda  tog‘  cho‘l  va  chalacho‘l 
min taqalari  katta  maydonni  egallaydi.  Qor  chizig‘i  dengiz  iqlim  min-
taqasida  joylashgan  tog‘larga  nisbatan  700–1000  m  balandroqdan  o‘ta-
di.  Dengiz  iqlim  o‘lkasida  joylashgan  tog‘larda  esa  tog‘–o‘rmon  min-
taqasi  keng  tarqalgan,  qor  chizig‘i  ancha  pastdan  o‘tadi. 
Balandlik  mintaqalanishi  tog‘larning  relyef  xususiyatlariga  ham 
bog‘liq.  Ayniqsa,  yonbag‘irlar 
ekspozitsiyasi
  muhim  ahamiyatga  ega. 
janubiy  va  shimoliy,  havo  massalariga  ro‘para  va  teskari  yonbag‘irlarda, 
balandlik  mintaqalari  turlicha  bo‘ladi.  Masalan,  O‘zbekistondagi  tog‘lar-
da  janubiy  yonbag‘irda  adir  (tog‘  quruq  dasht)  mintaqasi  bo‘lsa,  ayni 
shu  balandlikdagi  shimoliy  yonbag‘irda  esa  tog‘  (tog‘–o‘rmon–dasht) 
balandlik  mintaqasi  shakllanganini  ko‘rish  mumkin.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish