Geografiya 10 sinf 2017. indd


III BOB. JAMIYAT VA TABIAT



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

III BOB. JAMIYAT VA TABIAT
10-§. JAMIYAT VA TABIAT O‘RTASIDAGI 
MUNOSABATLAR
Inson  o‘z  hayoti  davomida  ehtiyoji  uchun  zarur  bo‘lgan  moddiy  nar-
salarning  barchasini  tabiatdan  oladi.  U  tabiat  bilan  o‘zaro  chambarchas 
bog‘langan.  Fan-texnika  rivojlangani  sari  insonning  mehnat  qurollari 
takomillashib  boradi.  Natijada  u  o‘zini  o‘rab  turgan  tabiatning  xususi-
yatlarini  o‘zgartirib,  o‘ziga  xos  “muhit”  yaratadi.  Shuning  uchun,  jami-
yat  va  tabiat  munosabatlari  haqida  gapirganda  tabiiy  muhit,  geografi k 
muhit,  atrof-muhit,  texnogen  muhit  kabi  tushunchalar  qo‘llaniladi.
Tabiat
  –  bizni  o‘rab  olgan  borliq,  olam.  Tabiat  vaqt  va  fazoda  chek-
sizdir,  to‘xtovsiz  ravishda  harakatda,  rivojlanishda  va  o‘zgarishda  bo‘la-
di.  Jamiyat  ham  tabiatning,  moddiy  olamning  o‘ziga  xos  bir  bo‘lagidir.


41
Tabiiy muhit
  –  tabiiy  jism  va  moddalarning,  nimanidir  yoki  kimnidir 
o‘rab  turuvchi,  uning  hayotiy  faoliyati  kechadigan  tabiiy  sharoit  yoki 
tabiiy  sharoitlar  mujassamligi.  Geografi k  adabiyotlarda  mazkur  tushun-
cha,  ko‘pincha,  geografi k  qobiqning  inson  va  uning  xo‘jalik  faoliyatini 
o‘rab  turgan  qismiga  nisbatan  ishlatiladi.
Geografi k  muhit
  –  jamiyatni  o‘rab  turgan  tabiiy  sharoit;  ijtimoiy  ish-
lab  chiqarishning  muayyan  tarixiy  bosqichida  tabiatning  jamiyat  bilan 
o‘zaro  ta’sirda  bo‘ladigan  bir  qismi.  Geografi k  muhit  jamiyat  taraqqi-
yotining  doimiy  va  zaruriy  sharoitlaridan  biri,  u  mehnat  taqsimotiga  va 
xo‘jalik  tarmoqlarining  joylashishiga  faol  ta’sir  etadi.  O‘z  navbatida, 
jamiyat  ham  geografi k  muhitga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Jamiyat  rivojlanib  bor-
gani  sari  geografi k  muhit  doirasi  o‘zgarib,  kengayib  boradi.
Texnogen muhit
  –  aholini  o‘rab  turgan  atrof-muhitning  bir  qismi 
bo‘lib,  inson  tomonidan  yaratilgan  obyektlar,  jism  va  moddalar  tushuni-
ladi.  Jamiyat  rivojlanib  borgan  sari  texnogen  muhit  takomillashib  boradi.
Atrof-muhit
  –  aholini  o‘rab  turgan  tabiiy  va  texnogen  muhitni  qam-
rab  olgan  yashash  va  mehnat  qilish  sharoiti.
Jamiyat  bilan  tabiat  o‘rtasidagi  ta’sir  va  munosabatlar  makon  va  za-
monda  o‘zgarib,  xilma-xillashib  boradi.  Inson  faoliyati  maqsadga  to‘g‘ri 
yo‘naltirilgan  bo‘lsa,  tabiatdan  oqilona  foydalanish  shu  joy,  hudud, 
o‘lkaning  yashnashiga  olib  kelgan.  Aks  ta’sir  esa,  noqulay  sharoitning 
kelib  chiqishiga  sabab  bo‘ladi.  Insoniyat  tarixi  davomida  uning  tabiat 
bilan  bo‘lgan  munosabati  doim  o‘zgarib,  murakkablashib  borgan.
Jamiyatning  tabiatga  ta’sirining  ortib  borishi  va  tabiatga  munosabati-
ning  o‘zgarib  borishini  besh  bosqichga  bo‘lish  mumkin.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish