Kartani geometrik jihatdan aniq va tasvirlarning to„g„ri bo„lishi kartaning
matematik asosiga bog„liq. Matematik asos o„z navbatida bir qancha elementlardan
tashkil topgan. Masalan, proeksiya va koordinata to„ri, masshtab hamda geodezik
asos
(triangulyatsiya,
poliganometrik
va
nivelirlash
shoxobchalari)
va
komponovka. Hamma kartalar kartografik proeksiyalar asosida tuziladi va Yer
ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog„ozga tushirish yo„llarini ko„rsatib beradi.
Kartografik to„r (geografik kenglik va geografik uzoqlik)
esa geografik
elementlarning yer yuzasidagi o„rnini tasvirlaydi. Lekin ba‟zi bir kartalarda
kartografik to„r berilmasligi ham mumkin. Masalan, geografik atlasda faqat
siyosiy-ma‟muriy va tabiiy kartalarda berilsa yetarlidir. Chunki ba‟zi bir
tasvirlangan hududlar maydon jihatdan kichkina bo„lsa, kartografik to„r ko„rsatilsa
kartaning o„quvchanligi
qiyinlashadi, yoki kartada
va
larni aniqlash ishlari
ko„zda tutilmagan bo„lishi mumkin. Ba‟zan kartaning maxfiyligi ham e‟tiborga
olinadi. Karta elementlardan biri kartaning legendasi (shartli belgilar sistemasi)
kartaning mazmunini o„qish uchun asosiy qurol bo„lib hisoblanadi.
Legenda
kartadagi tasvirlanilayotgan voqea va hodisalarning hammasini o„z ichiga olishi
kerak. Kartaning legendasi aniq, mantiqli hamda qisqa bo„lishi zarur. To„g„ri
tuzilgan legenda kartadan to„g„ri va oson foydalanish imkoniyatini tug„diradi.
Kartaning nomi, muallif va muharrirlarning (redaktorlarning)
familiyalari, nashr
qilingan vaqti, qaysi manbalar asosida tuzilganligi, nashriyot manzilgohi (adresi),
chop qilingan joy nomi va boshqalar ham kartaning yordamchi elementlariga
kiradi
(2-rasm).
Kartalardagi ochiq joylardan (ramkaning ichidagi va tashqarisidagi)
mukammal foydalanish maqsadida asosiy kartaga qo„shimcha ravishda, qirqim
kartalar (vrezka), grafiklar, profillar, diagrammalar, blokdiagrammalar va jadvallar
beriladi, bu esa kartani yanada mukammallashtiradi. Bularning hammasi kartaning
qo„shimcha elementlarini tashkil qiladi.
Xarita termini yunoncha
(xartes – papirus qog„ozi) so„zidan olingan
lotincha “
sharta”
(qog„oz, varaq) atamasidan kelib chiqqan.
Yunoncha
(xarita), lotincha
charta
, turkcha
harita
. Turkiy tillar oilasiga kiruvchi o„zbek tilida
ham xarita bo„lsa etimologik jihatdan to„g„ri bo„ladi.
O„zbek tilining imlo lug„atida (Toshkent, “O„qituvchi” - 1995) ham “xarita”
deb berilgan. Grafiya so„zi yunoncha grafo – yozaman, tasvirlayman ma‟nosini
anglatadi. Binobarin, xarita va grafiya so„zlari yunonchadan olingan ekan fanning
nomini xaritagrafiya deyilsa yozilsa xato bo„lmaydi. Ushbu soha mutaxassislarini
esa xaritashunoslar deb yuritilsa to„g„ri bo„ladi.
2000–2006
yillari
nashr
etilgan
12-jildlik
O„zbekiston
Milliy
Ensiklopediyasida ham xarita va xaritagrafiya deb qabul qilinishiga ana shular asos
bo„lgan.
Xarita
– Yer yuzasini, boshqa osmon jismlarini
yoki kosmik fazoni
matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri bo„lib, u
qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan ob‟ektlarni ko„rsatadi.