chiziqlar nusxasi (shtrixovaya proba)
tayyorlanadi, bular faqat bir
rangda, ya‟ni ochroq qora rangda bo„ladi. Chiziqli nusxasi rangli nusxa
tayyorlashda asos bo„lib xizmat qiladi. Rangli nusxada karta nashrida qanday rang
berilishi kerak bo„lsa, xuddi shunday rang ishlatilib, bo„yoq bilan bo„yaladi.
Kartani nashr qilish jarayoni ham murakkab bo„lib, nashr qiluvchi
(bosuvchi) ga va nashr qiladigan mashinaga bog„liq.
Tayyorlangan nashr qilish shakllari (formalari) asosida ofset mashinalar
yordamida kerakli ranglar berilib tayyorlanadi.
Nashr qilish mashinalari ham har xil bo„lib, ba‟zi birlari bir bosishda bitta
rang bersa, ba‟zi birlari 2 ta rangni bosishi mumkin. Kartaning rangli nusxasi
deyarli kartaning xuddi o„zi, degan so„z. Shu asosida kartada tasvirlangan shakllar
va ranglarning to„g„ri berilganligi tekshirilib, so„ng bosishga ruxsat etiladi.
Kartografiyada ham so„nggi paytlarda karta tuzish va nashr qilish ishlarida
avtomatizatsiya keng joriy etilmoqda. Avtomatik asboblar, nuqtalarning geografik
koordinatalarini aniqlab, ularni qog„ozga tushirish jarayoni topografik kartalarning
minutli va kilometrli to„rini chizishda geografik kartalardagi geografik nomlarni
to„plab ularni yozishda va murakkab bo„lmagan analitik kartalarni chizishda
ishlatilmoqda.
Kartalarni kameral sharoitda avtomatik usulda chizish ishlaridan keng
foydalanilmoqda. Masalan, aerofotosuratlarda relefni gorizontallar usuli bilan
chizish yo„lga qo„yilgan. Kartani chizishda yangi grafik usullardan (kompyuter
yordamida) foydalanilmoqda.
Kartografiyada avtomatizatsiya
So„nggi 10-15-yillarda kartografik ishlarni avtomatizatsiya qilish tez
sur‟atlar bilan ham ilmiy, ham amaliy jahatdan rivojlanib bormoqda.
Yer to‟g„risidagi fanlarda an‟anaviy usullardan yangi texnologiyaga
asoslangan avtomatik usulga o„tganda uning har tomonlama afzalligi sezilmoqda.
Kartografiyada ham ma‟lumotlarni faqat chizma ravishda emas, balki
raqamlar yordamida hamda yer yuzasining modelini ko„rgazmali qilib yaratish
imkoniyati kattaligi amalda ko„rilmoqda. Xalq xo„jaligi sohasida ham, ilmiy
tadqiqot ishlarida ham EHM dan foydalanishning ahamiyati katta.
Yer yuzasining kichikroq qismining modelini yaratish bilan u joy to„g„risida
yetarli ma‟lumot olish mumkin.
Kartografik texnologiyani avtomatlashtirish masalalari kompyuter grafikasi
(chizmachiligi) bilan qo„shilib yirik avtomatlashtirilgan sistemasini tashkil qiladi,
natijada kartografik avtomatizatsiya sistemasi (KAS) bunyodga keladi. Bu tizimda
raqamli ma‟lumotlar, chizmali (grafik) ishlar, yer yuzasining modellari,
aerokosmik manbalar va kartografik ma‟lumotlardan foydalanib, ma‟lum bir
sohani tadqiq qilish imkoniyati tug„ilmoqda. Bularning hammasi kartografik
ma‟lumotlar banki orqali bajariladi. Kartografiyada dastlabki avtomatizatsiyani
qo„llash jarayoni yordamida qog„ozda yoki plastikda EHM dan olingan raqamlar
asosida chizma shakllar olish bilan bog„liqdir.
Raqamlar yordamida mikrofilmli kartalar bunyodga keltirish jarayoni AQSh
va Angliyada ishlab chiqilgan. Kartografik tasvir maxsus apparatlar yordamida
mikrofilm tasmalarida yoziladi so„ng undan kartalar tuzish mumkin.
Kartografik ma‟lumotlar banki turli sohalarda qo„llaniladi. Kartografik
ma‟lumotlar banki (KMB) ning ma‟lumotlar bankidan farqi shundaki KMB da
ma‟lumotlar banki yirik kompleks bo„lib, undan xalq xo„jaligining turli sohalarida
va ilmiy tadqiqot ishlarida asosiy manba sifatida foydalaniladi. Bunda hamma
ma‟lumotlar fondlarni yig„ish asosida vujudga keladi.
Kartografik ma‟lumotlar banki quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga qodir:
raqamli ma‟lumotlarni yig„adi va hisobga oladi, ularni saqlaydi, doimo yangilab
turadi va kerakli joylarga yetkazib beradi.
KMB quyidagi ko„rsatkichlari bo„yicha egallagan hududga, ishlatilishiga va
tashkiliy darajasiga qarab tasniflanadi. Egallagan hududi bo„yicha KMB Yer shari
va uning regionlari bo„yicha, kosmik ma‟lumotlar asosida yig„iladi. Uni o„rganish
ob‟ekti, mamlakat uning qismlari, shaharlari, sanoat kompleksi bo„lishi mumkin.
KMB dan ma‟lum sohalarda masalan, tabiatni muhofaza qilishda,
melioratsiya ishlar bo„yicha, geografik informatsiya sistema (GIS) da foydalanish
mumkin. Ba‟zan alohida kartografik ma‟lumotlarni yig„ish bo„yicha ham sistema
tashkil qilish mumkin.
So„nggi vaqtlarda kartografik ma‟lumotlarni qidirib topishning avtomatik
sistemasi ishlab chiqilgan. Bu sistemada faqat biror hudud bo„yicha yoki soha
bo„yicha kartografik ma‟lumotlarni yig„ish, saqlash va yetkazib berishdan tashqari,
undan kerakli kartografik ma‟lumotlarni qidirib topib sistemaga solib
avtomatlashtirish mumkin.
Kartografik sistema yordamida juda yirik masalalarning yechimini topish
mumkin. Hozirgi vaqtda davlat chegaralarning kartografik sistemasini yaratish,
ekologik vaziyati tang bo„lgan hududlarni o„rganishda (masalan, Orol muammosi),
kartografik geoinformatikaning xizmati tobora oshib bormoqda.
Respublikamizda karta va atlaslarni tez va sifatli qilib yaratishda xorijdan
keltirilgan kartogafik avtomatik asboblardan «Merkator» sistemasining xizmatlari
kattadir.
Avtomatik usul faqat karta tuzishda emas, kartadan foydalanishda ham qo„l
kelmoqda. Masalan, bu usuldan kartadagi maydonlarni o„lchashda daryo, aloqa
yo„llarining uzunligini aniqlashda ham foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda maxsus
avtomatik asboblar yordamida samolyotning harakati va qaerda uchib
ketayotganligi aeronavigatsiya kartasida maxsus belgi bilan avtomatik usulda
ko„rsatib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |