Geografik kartalarning eleentlari. Geografik globus



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana11.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#655585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
K.D.A9

 
6-rasm.
Moskva bilan Nyu-York oralig„idagi ortodromiya va loksodromiya. 
Yer yuzasidagi ikki nuqta oralig„ini, masalan, Moskva bilan Nyu-York 
shaharlari o„rtasidagi eng yaqin masofa ortodromiyani aniqlash uchun shu 2 
shaharni globusdan topib, ularni ip bilan tutashtirilsa, globusda to„g„ri chiziq-
ortodromiya hosil bo„ladi. Dunyo kartasidan ana shu 2 shaharni topib, ularni to„g„ri 
chiziq bilan tutashtirilsa, bu to„g„ri chiziq shu 2 shahar orasidagi eng yaqin masofa 
bo„lmaydi. Xonada va undan tashqarida amaliy ishlarni bajarishda induksion, 
proeksion, kesilgan globuslardan va boshqa xil globuslardan ham foydalaniladi. 
Induksion globuslar qora rangda bo„lib, ularda meridianlar va parallellardan bo„lak 
hech narsa tasvirlanmagan bo„ladi. Induksion globuslarda parallel va meridianlarni 
tushuntirish oson bo„ladi. Proeksion globus simdan yasalgan bo„lib, uning soyasi 
yordamida kartografik proeksiyalarni tushuntirish mumkin. 
Globus kartadek xohlagan masshtabda yasalmaydi. Maktablar uchun globus 
odatda 4 xil masshtabda yasaladi (1:30 000 000, 1:4 000 000, 1:50 000 000 va 1:83 
000 000). Bulardan tashqari masshtabi yirikroq globuslar ham bor bo„lib, ular 
ilmiy-tadqiqot ishlarda qo„llaniladi. Sharqda dastlabki globusni o„rta osiyolik 
mashhur olim Abu Rayhon Beruniy yasaganligi ma‟lum. O„zbekiston Milliy 
universiteti geografiya fakultetida prof. H.Hasanov tashabbusi bilan o„rnatilgan 1:7 
mln. masshtabli relefli globus mavjud. 


7-rasm.
O„zbekiston Milliy universitetidagi
1:7 mln. masshtabli globus.
 
Kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish 
Kartani nashrga tayyorlash ishlari alohida bir jarayon bo„lib, tuzish originali 
asosida yaratiladi. Bu ish yuqori malakali kartograf tomonidan bajariladi. Kartani 
tuzish originalidan suratga olish yo„li bilan sinka (ko„k rangli nusxa) tayyorlanib, u 
alyuminiy plastinkaga yopishtirilib, so„ng chizma ishlari bajariladi. Hozirgi vaqtda 
nashr qilish originalini tayyorlashda ko„plab har xil rangdagi plastiklar 
qo„llanilmoqda. Plastiklar ustidan o„yib chizadigan maxsus (o„yib chizuvchi) ignali 
asbob yordamida nashr qilish nusxasi chiziladi. Bunda chizma ishlarining sifati va 
mehnat unumdorligi oshadi. Natijada ish jarayoni tezlashadi. 


Nashrga tayyorlash originalini (nusxasini) tuzish ancha murakkab ish bo„lib, 
karta mazmunining har bir elementi uchun alohida nusxa tayyorlanadi. Masalan, 
chiziqlar nusxasi bunda faqat chiziqlar daryolar, temir yo„llar va avtomobil 
yo„llari, dengizning qirg„oq chiziqlari, chegaralar, punsonlar berilgan bo„ladi. 
Bundan boshqa yana yozuvlar nusxasi ham bo„lib, faqat yozuvlar beriladi. Ba‟zan 
relefni otmivka nusxalari ham tayyorlanadi. Har bir nusxada qancha xil rang 
bo„lsa, shuncha xil litografiya (ranglar) maketi tayyorlanadi. Masalan, chiziqlar 
nusxasida suv ob‟ektlari ko„k rangda alohida, aloqa yo„llari qora rangligi alohida, 
gorizontallar jigar rangda alohida, punsonlar qizil rangda alohida chiziladi. Nashr 
qilish nusxalarini to„g„ri chizilganligini tekshirish va har bir geografik 
elementlarni bir-biriga moslashtirish uchun maxsus nashr qilish ottisklari 
(nusxalari) – 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish