91
Nazorat uchun savollar
1. Janubiy Amerika iqlimi qanday omillar ta’sirida
shakl-
lanadi?
2. Materikda qancha va qanday iqlim mintaqalari mavjud?
Amaliy topshiriqlar
1. Materik iqlim xaritasini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Materikdagi daryo va ko‘llarni daftaringizga yozing.
40- §. Janubiy Amerikaning tabiat
zonalari va balandlik
mintaqalari
Tabiat zonalari. Materikda kenglik va balandlik tabiat zo-
nalligi kuzatiladi. Uning tekislik qismida ekvatorial, subek-
vatorial o‘rmonlar,
savannalar, dasht, chalacho‘l, cho‘l va
keng bargli o‘rmonlar zonalari shakllangan.
Ekvatorial o‘rmonlar zonasi. Janubiy Amerikada ekvatorial
o‘rmonlar zonasi ekvatorning har ikki tomonida joylashgan.
Ekvatorial o‘rmonlar bu yerda
selva (portugalcha, „o‘rmon“)
deb ataladi. Janubiy Amerikada ekvatorial o‘rmonlar katta
maydonni egallagan. Amazonka havzasidagi o‘rmonlar egalla-
gan hududlarga
Amazoniya deb nom berilgan. Faqat Braziliya
Amazoniyasidagina 4 000 ga yaqin daraxt turi uchraydi. Amazo-
niya ko‘pgina qimmatbaho daraxtlar —
kauchuk beradigan ge-
veya daraxti,
palmalarning har xil turlari,
kakao daraxti,
seyba (paxta) daraxti (balandligi 80 m),
qovun daraxti va
boshqalar vatani hisoblanadi. Eng yengil va qattiq bals daraxti
shu zonada o‘sadi. Undan T. Xeyerdal o‘zining „Kon-Tiki“ ke-
masini yasagan. O‘rmonlarda yirik daraxtlar tanasiga chirmashib
ketgan chirmoviq o‘simliklar o‘sadi.
Afrikadagidek bu yerda ham ekvatorial o‘rmonlar tagida
podzollashgan
laterit tuproqlar — qizil-sariq ferralitlar vujudga
kelgan.
92
Zonaning
hayvonot dunyosi Osiyo
va Afrika hayvonlari kabi, daraxtlarda
yashashga moslashgan. Masalan, dumi
bilan osilib yashashga moslashgan
may-
munlar, yalqovlar, hatto qurbaqa va
kaltakesaklar ham daraxtlarda yashaydi.
Daryolar bo‘yida, suv havzalarida va
botqoqli yerlarda tuyoqli hayvonlar —
tapirlar va suv cho‘chqasi —
karibarlar,
eng yirik bo‘g‘ma
anakonda iloni, yirt-
qich
piranya balig‘i — „daryo odamxo‘-
ri“ (17- rasm) yashaydi. Qalin o‘rmon-
lar orasida yirtqich hayvonlardan
yaguar
uchraydi.
Qushlardan
kolibri qushi,
xilma-xil to‘tilar, katta
shaftoli-
xo‘rlar ko‘p tarqalgan. Yirik
kapalaklar, yaltiroq
qo‘ng‘izlar,
o‘rgimchaklar va
chumolilarning xilma-xil turlari bor.
Subekvatorial o‘rmonlar zonasi. Bu zona Braziliya hamda
Gviana tog‘liklarining shimoliy yonbag‘irlarini egallaydi. Braziliya
tog‘ligidagi o‘rmonlarda yomg‘irli mavsum uzoq davom etadi,
qurg‘oqchil davr esa uch-to‘rt oygacha cho‘ziladi. Shu sababli
o‘rmonlarda bargini to‘kadigan daraxtlar soni orta boradi. Sub-
ekvatorial o‘rmonlarda yiliga 2 000 — 3 000 mm yog‘in yog‘adi.
Gviana tog‘ligining shimoliy qismida yog‘in bundan ham ko‘p
yog‘adi. Natijada doimiy yashil o‘rmonlar tarkib topgan.
Savannalar zonasi subekvatorial iqlim mintaqalari hududi-
dagi
pasttekisliklarda, yassi tog‘liklarda tarkib topgan.
Savannalarning hayvonot dunyosida
kichik bug‘ular —
ma-
zamlar,
yovvoyi cho‘chqalar —
pekarlar,
zirhlilar — shox mod-
dadan iborat qalqoni bo‘lgan
sutemizuvchi hayvonlar,
chumo-
lixo‘r,
kemiruvchilar, yirik qushlardan
nandu tuyaqushi yashaydi.
Bu zonada sernam savanna o‘rmonlari, quruq savanna, cho‘l-
ga aylangan savanna, siyrak o‘rmonli
savanna va butazorli
savanna tabiat komplekslari mavjud.
Dashtlar zonasi. Dashtlar Janubiy Amerikada
pampa (inde-
yeslar tilida „daraxtsiz yerlar“) deb ataladi. Dashtlarda, aso-
17- rasm. Piranya.
93
san, o‘t o‘simliklaridan
chalov,
betaga,
yovvoyi tariq va bosh-
qalar uchraydi. Sernam subtropik iqlim sharoitida hosildor qi-
zil ferralit tuproqlar hosil bo‘lgan. Pampalarda
lamalar,
tuya-
qushlar,
pampa bug‘usi,
pampa mushugi va boshqa hayvonlar
yashaydi.
Cho‘l va chalacho‘llar zonasi. Janubiy Amerikada tropik
cho‘llar yo‘q. Faqat Tinch okean
sohillarida sovuq Peru oqimi
ta’sirida Atakama cho‘li tarkib topgan. Bu cho‘lda yiliga 25 —
100 mm yog‘in yog‘adi, ba’zan yog‘in yog‘maydi. Cho‘l o‘sim-
liklari namlikni tuman va shudringdan oladi.
Mo‘tadil iqlim
mintaqasida chalacho‘llar zonasi tarkib topgan. Tabiiy sharoiti
qattiq, yog‘in kam yog‘adigan bu o‘lka
Patagoniya deb ataladi.
Bu zonada kam hosilli
bo‘z tuproqlar keng tarqalgan. O‘simlik
qoplami juda siyrak, ular chimli g‘allagullilardan va tikanli
butalardan iborat.
Kemiruvchilar, nutriya,
mayda zirhlilar kabi
hayvonlar
ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: