Biologiya yo’nalishi 2 kurs talabasi sayfullaeva mohigul ning



Download 436,18 Kb.
bet1/2
Sana11.07.2021
Hajmi436,18 Kb.
#115770
  1   2
Bog'liq
Flora va ahamiyati


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

M IRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

_BIOLOGIYA _YO’NALISHI __2__-KURS TALABASI

___SAYFULLAEVA MOHIGUL ___NING

_____________BOTANIKA_______________

FANIDAN

Mustaqil ish

Mavzu:____FLORA VA UNING AHAMIYATI _____

Toshkent 2020



FLORA VA UNING AHAMIYATI

REJA

1. Floraning geologik joylashuvi va turlari

2. O’zbekistonnig tog’ yon tekisligida osuvchi osimlilar

3. Tog’ va tog’ yon tekisligida , adir, qirlarda osuvchi osimliklkar

4. O’simliklarning hayotimizdagi ahamiyati

O’zbekistoning o’simlik olami 4000 tadan ortiq o’simlik turlarini o’z ichiga oladi. O’simliklar turlarining 20% qismi – endemik turlardir (boshqa hech qayerda uchramaydi); ularning ko’pchilik qismi tog’larda o’sadi. Dashtlar va sahrolarnig o’simlik olami asosan o’ziga xos butalardan tarkib topgan. Pasttekisliklarda daraxt, buta, o’tsimon o’simliklar kuchli rivojlangan. To’qaylar uchun qamish va qandim o’simliklari xosdir.

Tog’ oldi tekisliklarining manazarlarida o’tlar o’sadi, daraxtlar yo’q, butalar asosan suv oqadigan joylarda uchraydi. Bu yerda piyozlilarning har xil turlari, lolalar, ravoch, safsargul o’sadi. Balandroq joylashgan tekisliklar – bu qora-qo’ng’ir tuproqlardagi quruq, turli o’t o’simliklari o’sadigan dashtlardir. Toshli joylarda butalar ham o’sadi – bodom, kavrak, turli o’tlar.

Qir-adirlarda va past tog’li joylarda asosan qimmatbaho daraxt turi – zarafshon archasi o’sadi. Shuningdek bargli daraxtlar turlari ham keng tarqalgan: do’lana, chinor, jiyda, yovvoyi olma turlari, yong’oqlar, pista, qayin, terak, olcha turlari ham o’sadi. Past tog’li joylar butasimon o’simliklarga juda boy: archasimon butalar, na’matak, tavolga, yovvoyi uzum, zira juda mo’l. O’tlarning turlari ham juda xilma-xil: marmarak, zizifora, ravoch, shovul, lola va boshqa lolaguldoshlar, pskem piyozi (qimmatbaho dorivor o’simlik). O’rta baland tog’larda na’matak va boshqa butalar o’sadi. Baland tog’larda tuproqning faqat 30 % qismi o’simliklar bilan qoplangan. Bu yerda asosan tipchoq o’sadi.



Daraxt — tana va shoxlari yogʻochlangan koʻp yillik oʻsimlik. Daraxtlar boʻyiga qarab 3 guruhga: 1) 35 m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qaragʻay); 2) 25—35 m (qayragʻoch, yongʻoq, oq qayin, tol, qatrangʻi); 3) 25 m gacha (zarang, chetan, shumurt) boʻlinadi. Mevali daraxtlar ham shakliga qarab 3 guruhga: 1) shoxshabbasi koʻp, baland boʻlib oʻsadigan (nok, gilos, yongʻoq, olmaning ayrim navlari); 2) tanasi koʻrimsiz, ildiz bachkilaridan ham koʻpayadigan boʻyi past (shaftoli, olmaning pakana xillari, olcha va olxoʻrining ayrim turlari); 3) birinchi va ikkinchi guruh oraligʻidagi oʻrta boʻyli daraxtlar (olma va oʻrikning koʻpchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari)ga boʻlinadi.

Daraxtlarning doim yashil va barglarini har yili kuzda toʻkadigan xillari ham bor. Doim yashil daraxt barglari vaqt-vaqti bilan toʻkilib, oʻrniga yangisi chiqaveradi.

Daraxtlar yoshi ularning kesilgan toʻnkasidan yoki oʻsib turgan ildiz boʻgʻzidan (parmalab olingan oʻzagigacha), yogʻochligidagi yillik halqalar soniga, shuningdek, daraxtlarning tashqi belgilari (bargining rangi, tanasining shakli, poʻstlogʻining tusi va tuzilishi)ga qarab aniqdanadi.

Mas, katta yoshdagi igna bargli daraxtlar bargining rangi ochroq, oʻsishdan toʻxtagan daraxtning shoxshabbasi yumaloq telpak gumbaz shaklida, tanasining pastki qismi yorilgan, qalin, oʻlik poʻstloq toʻqimalari bilan qoplangan, baʼzan poyasi sirtida yashil, sariq va boshqa tusli buqoqlar paydo boʻladi. Yosh daraxtlar tik oʻsadi, shox-shabbasi choʻziq konussimon, poʻstlogʻi silliq, yaltiroq, igna bargli daraxtlar bargi sersuv, toʻq yashil. Daraxtlarni oʻgʻitlash yoki hosil berishini toʻxtatish bilan hayotini uzaytirish mumkin. Shaftoli daraxti 15—20, saksovul 50—60, terak 70—80, tok 100, tol 300, xandon pista 350, tut va yongʻoq 400, qaragʻay, shumtol, zarang 700—1000, chinor 1000, eman 2000, shamshod 3000, mamont daraxti 6000 yil yashaydi.



Lola (Tulipa) — loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, manzarali ekma gul. Yer yuzida uning 1400 ga yaqin, jumladan, Yevrosiyoda 100 dan ortiq, Oʻrta Osiyoda 64 turi tarqalgan. L.lar piyozli bahori oʻsimlik hisoblanadi, gulchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻpgina mamlakatlar qatorida Niderlandiyada va Oʻrta Osiyoda L. koʻproq yetishtiriladi. Oʻzbekistonning adir va togʻlarida L.ning yovvoyi 25 turi usadi. L.ning qizil L (T. greigii) va targil L. (T. fosteriana) xili gullarining yirik va nafisligi bilan boshqa L.lardan farq qiladi. Seleksionerlar yaratgan navlar soni hozirgi vaqtda bir necha mingdan ortiq. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida 60 ga yaqin xili oʻstiriladi. Qizil rang L.ning turli tuslilari: och qizildan, qora qizilgacha, shuningdek, sariq, targʻil, gunafsha va boshqa xillari uchraydi. Piyozi tuxumsimon, rombsimon, sharsimon, diametri 2,5—4 sm, Poyasi 20— 30, baʼzan 50 sm gacha. Barglari 2—3 ta, choʻziq. Tojbarglarining uz. 8 sm. Mevasi koʻsakcha, eni 1,5—2 sm, uz. 3— 6 sm. L., asosan, adirlar, toshli va chagʻir toshli qiyaliklarda yaxshi oʻsadi. Urugʻi hamda piyozidan koʻpaytiriladi (piyozidan koʻpaytirilganda erta gul beradi). May — iyunda gullaydi. Iyun — iyul oyining oxirlarida piyozi qazib olinib, 22—25° haroratda quritib saqlanadi, soʻngra harorat 12—13° ga pasaytiriladi. Sentabr-okt. oylarida piyozi 8—15 sm chuqurlikda ekiladi.

Oʻrta Osiyoda tabiiy L.lar Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan to Pomir-Olay hamda Tyanshan togʻlari mintaqalardagi turli iqlim va tuproq sharoitida oʻsadi. Dunyoga mashhur eng nafis madaniy L.larning (Gollandiya L.lari) aksariyat qismi Oʻrta Osiyo L.lari zaminida yaratilgan. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida L. oʻstirish hamda yovvoyi va madaniy turlaridan yangi navlar yetishtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Oʻzbek milliy urf-odatlarida L.lar. qadimdan eʼzozlanadi.





Rovoch, rivoch (Rheum) — torondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Asosan, Osiyoda oʻsadigan 50 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 3 turi yovvoyi holda oʻsadi. Dehqonchilikda sabzavot P. (R. undulatum) turi Yevropa mamlakatlari, AQSH, Xitoy, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Ildizi yoʻgʻon, sertarmoq, ildizpoyali. Poyasi tik, boʻyi 2 m gacha boradi. Bargi yirik, oddiy, bandi uzun (1,5 m gacha), sersuv, nordon, yeyishli, limon va olma kislotasiga boy. Gullari mayda, toʻpguli roʻvaksimon. Gultojbargi 6 ta, oqishpushti yoki qizil. Mevasi 3 qirrali, qizilqoʻngʻir pistacha. Barg bandi koʻklamdan boshlab isteʼmol qilinadi, undan souslar, kompot, kisel, murabbo, konfet, kvas tayyorlashda foydalaniladi. Ayrim turlarining ildizi qadimdan oshlovchi modda sifatida ishlatiladi. Ildizi va ildizpoyasi tarkibida 3—6% antraglikozid, 6—12% oshlovchi b. moddalar bor. Panjasimon P. (R. palmatum) dorivor oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Iddizidan tayyorlangan preparatlar (kukun, damlama va nastoykalar) surunkali kabziyat hollarida surgi sifatida ishlatiladi. R. urugʻi, koʻchati va ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Ekilganidan keyin 2 yildan barg bandi olib ishlatiladi.

Bodom (Amygdalus L.) — raʼnodoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub daraxt va butalar. 40 ga yaqin turi maʼlum. Osiyo, Shimoliy hamda Markaziy Amerikada, Yevropaning jan.da, Zakavkazye, Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda 5 turi mavjud. Ulardan bittasi — shirin magʻizli B. (A. communis L.) ekiladi, qolganlari yovvoyi holda uchraydi. Oʻzbekistonning dengiz sathidan 1000–1200 m gacha boʻlgan togli zonalarida (Fargʻona vodiysi, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida) oʻstiriladi.

Botanik tavsifi. Daraxti 6– 10 m, shoxshabbasi piramidasimon yoki tarvaqaylagan. ildiz tizimi yaxshi rivojlangan. Barglari nashtarsimon. Oʻsuv va meva novdalari chiqaradi. Erta bahorda, barg chiqarishdan oldin gullaydi. Guli oq yoki pushti, ikki jinsli. Gʻoyat yorugʻsevar va qurgʻoqchilikka chidamli. Chetdan changlanganda yaxshi hosil beradi. Mevasi (bodomi) pust (pishganda yorilib ketadi) bilan qoplangan qattiq qobikli danak (yongʻoqcha). Iyul—sentabrda pishadi. Bodomi 0,5—4 g (magʻzi 12—80%). Magzi tarkibida 35—67% yogʻ, 30% gacha oqsil moddalar, shuningdek qand, yelimsimon moddalar (achchiq B. tarkibida 2,5% gacha amigdalin) bor. Poʻchogʻi naviga qarab yupqa (gʻalvirak), oʻrtacha va qattiq, magʻzi shirin yoki achchiq boʻladi.

Xoʻjalik ahamiyati . B. asosan, shirin magʻzi uchun yetishtiriladi. B. magʻzi isteʼmol qilinadi, konditer sanoatida, moyi tibbiyotda, achchiq magʻiz B.dan olinadigan efir moyi kosmetika sanoatida, poʻchogʻi likyor, konyak va vinolar rangi va taʼmini yaxshilashda ishlatiladi.

Biologik xususiyatlari. B. 100, hatto 130 yilgacha yashaydi. Koʻchati danakmevalilar (shaftoli, olcha, oʻrik) yoki achchiq B. danagini ekib olingan nihollarga shirin B. navlarini payvand qilish yoʻli bilan yetishtiriladi. Koʻchati kuzda yoki bahorda 8×6, 8×8, 10×10 m sxemada ekiladi. Soz va toshloqi tuproqli, sugʻoriladigan boʻz yerlarda yaxshi usadi. Ekilgan yili 8—10 marta, hosilga kirgach, 4—6 marta sugʻoriladi. Shoxshabbasiga siyrak yarusli, baʼzan kosasimon shakl beriladi. Daraxti 4—5 yildan boshlab meva beradi. 12—15yili toʻliqhosilga kiradi. Bir tupidan 60–80 kg gacha hosil olinadi. Daraxti 20—25° sovuqqa bardosh beradi.



Oʻzbekistonda ekiladigan asosiy navlari. Boʻstonliq — shaftoli bilan chatishtirish natijasida yetishtirilgan. Bodomi 2 g keladi. Poʻchogʻining qalinligi oʻrtacha, magʻzi shirin. Bahorgi qorasovuqqa chidamli. Ertagi — Buxoro bodomini oddiy B. bilan chatishtirib olingan. Erta gullaydi, mevasi iyudda pishadi. Magʻzi shirin. Sovuqqa chidamli. Gʻalvirak (yupqapoʻchoq) — bodomining oʻrtacha ogʻirligi 1,9 g , magʻzi toʻq, erta gullaydi, mevasi avg ,da pishadi, sovuqqa chidami oʻrtacha. B.ning Yalta, Kosmos, Nikitskiy 62, Turkmenistan aʼlosi kabi navlari ham ekilmoqda.

Kovrak (Ferula) — ziradoshlar (soyabonguldoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda 45 turi oʻsadi. Sassiq K.ning boʻyi 1 m cha, ildizi sholgʻomsimon, diametri 15 sm cha. Poyasi tik, yoʻgʻon, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi barglari bandli, 3 boʻlakli, poyadagilari maydaroq, ketmaket joylashgan. Toʻpguli yirik, sharsimon, diametri 20 sm, yon toʻpgullari maydaroq. Erta bahorda gullaydi. Mevasi — ikki boʻlakli. Choʻllarda oʻsadi. Ildizidan olinadigan yelim (smola)dan astma va baʼzi nerv kasalliklarida ishlatiladigan dori tayyorlanadi.

Archa (Juniperus) – sarvdoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt va butalar turkumi. 70 ga yaqin turi bor. A. bir jinsli, bir yoki ikki uyli, shamol yordamida changlanuvchi, ignabargli o‘simlik. A.ning erkaklik qubbasi sarg‘ish, 3 – 6 changdonli qipiqsimon changchilardan tashkil topgan. Urg‘ochi qubbalari yashil bo‘lib, qarama-qarshi yoki ol-dinma-keyin o‘rnashgan urug‘chibarg va urug‘kurtaklardan iborat. Qubbalari yumaloq (diametri 5 – 20 mm), ichida 1 – 10 dona urug‘ bor. A. mart–may oylarida gullaydi. Mevasi qo‘ng‘ir, ik-kinchi yili (sentabr – noyabrda) pishib, qish yoki bahorda to‘kiladi. A. urug‘ini yaxshi undirish uchun uni yezda stratifikatsiya qilib, kuzda sepiladi. 2 – 3 yoshli ko‘chati ekiladi. A.ning ko‘pchiligi o‘rta min-taqalarda o‘sadi. Baʼzi turlari tropik hududlardagi tog‘larda ham uchraydi. J. semiglobosa (sovur A.), J. turkestanica (o‘rik A.), J. sabina (qora A.) va J. seravschanica (Zarafshon A.) kabi turlari O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston tog‘larida tarqalgan bo‘lib, maxsus archazorlarni tashkil qiladi. A.ning xo‘jalikdagi ahamiyati katta. Yog‘ochi meʼmorlikda, o‘ymakorlikda va qalam yasashda ishlatiladi. Baʼzi turlaridan xushmanzara o‘simlik sifatida foydala-niladi. Qubbalaridan turli moddalar (efir moyi, qatron, qand, mum va organik kislotalar) olinadi. Qubbasining damlamasi tabobatda siydik haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. O‘rta Osiyodagi turlaridan olinadigan efir moyining sedrol fraksiyasi esa jarohatni, suyakning teshilib oqishini davolashda qo‘llaniladi.


Download 436,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish