Anarboyev xayrullaning



Download 5,88 Mb.
Sana19.02.2022
Hajmi5,88 Mb.
#459304
Bog'liq
2-Qadim zamonda odamlar Yerni qanday tasavvur qilishgan 5-sinf


TOSHKENT VILOYATI O`RTA CHIRCHIQ TUMANI
XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI
72-IDUM
GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI
ANARBOYEV XAYRULLANING
5-sinf uchun


Yerning shakllari va o`lchamlari



  1. Mavzu: Yerning shakllari va o`lchamlari

Mavzuga oid atama, tayanch tushuncha va nomlar: Tabiat, Yerning modeli, xarita, globus, milod, asr

  1. Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: O‘quvchilarda inson hayoti tabiat bilan chambarchas bog‘liqligi, qadimgi kishilar bundan 7 ming yil muqaddam Yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilganliklari, miloddan avvalgi III asrda qadimgi yunon olimi Eratosfen Yerning kattaligini ancha aniq hisoblagani haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalari hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lishga, ular bilan haqli ravishda faxrlanishga o‘rgatish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: Mavzuga oid turli ko‘rgazmalar (Dunyo tabiiy xaritalari, darslik, 5-sinf o‘quv atlasi, 5-sinf yozuvsiz xaritasi, ko‘rgazmalar) yordamida mavzuga oid BKM elementlarini yanada rivojlantirish.
III. Dars uslubi: An’anaviy, aralash, og‘zaki bayon
IV. Dars jihozi: Dunyo tabiiy xaritasi, 5-sinf o‘quv darsligi, 5-sinf o‘quv atlasi. 5-sinf yozuvsiz xaritasi, ko‘rgazma va tarqatma materiallar
V. Darsning borishi:
а) Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, ularning davomatini aniqlash. Yangi mavzuni sinf doskasiga yozish
b) O‘tgan mavzuni takrorlsh. O‘tilgan mavzuga oid savollar bilan
1) “Geografiya” so‘zining ma’nosi nima?
Javob: Yunoncha “ge” – Yer, “grafo” – yozaman degan ma’nolarni bildiradi. Binobarin, “Geografiya” so‘zi “Yerni tasvirlab yozaman”, “Yerning tasviri” degan ma’nolarni anglatadi.
2. Geografiya qanday yo‘nalishlarga bo‘linadi?
Javob: Geografiya fani rivojlanib borgan sari unda ikkita asosiy yo‘nalish: tabiiy geografiya va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya vujudga keldi.

Abu Rayhon Beruniyning


dunyo xaritasi


Yangi mavzu bayoni
Inson hayoti tabiat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun kishilar qadim zamonlardanoq o‘zlari yashaydigan joy tabiatini yaxshi bilishga harakat qilishgan. Keyinchalik qayiqlar, yelkanli kemalar yasab, dengizlarda suzishgan, yangi yerlarni ko‘rishgan. Yozish va chizishni

O‘rganib olishganidan keyin esa borgan joylari tabiatini, odamlarning yashash tarzini tasvirlab yozishgan. Miloddan avvalgi III asrda qadimgi yunon olimi Eratosfen Yerning kattaligini ancha aniq hisoblagan. U dunyoning birinchi xaritasini tuzgan. Uning xaritasida Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoning g‘arbiy qismlari tasvirlangan.




B izning bobokalon olimlarimizdan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariylar ham geografiyaning rivojiga katta hissa qo‘shishgan va dunyo xaritalarini tuzishgan. Muhammad al-Xorazmiy (783 – 850-yy) “Surat ul-Arz” – “Yerning tasviri” nomli kitobini yozgan. 973 – 1048-yillarda yashab o‘tgan Abu Rayhon Beruniy Yerning (o‘sha vaqtdagi eng mukammal) modeli – shimoliy yarimshar globusini yasagan va asarlarida Yer sharining narigi tomonida ham quruqlik borligi haqida yozib qoldirgan, dunyo xaritasini tuzgan.






VI. Mustahkamlash: yangi mavzu yuzasidan savollar bilan
1) Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra qadimgi kishilar bundan necha ming yil muqaddam Yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilishgan?
Javob: Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra qadimgi kishilar bundan 7 ming yil muqaddam Yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilishgan.
2) Yerning shaklini odamlar nima sabadan turli joyda turlicha tasavvur qilishgan?
Javob: Odamlar o‘zlari yashaydigan joylarning geografik o‘rniga bog‘liq ravishda turli joyda Yerning shaklini turlicha tasavvur qilishgan. Masalan, dengiz bo‘yida yashaydigan odamlar Yerni nahang baliqlar ko‘tarib turadi, deb o‘ylasalar, cho‘lda yashaydigan kishilar Yerni toshbaqalar ko‘tarib yuradi, deb faraz
VII. Rag‘batlantirish: darsda faol qatnashgan, uy vazifalarini aniq va to‘liq bajargan o‘quvchilar baholanadilar
VIII. Uyga vazifa: Mavzuni uyda qayta o‘qib, mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob
t opib kelish. Mavzu yuzasidan qo‘shimcha savollar, test topshiriqlari, boshqotirmalar tuzib kelish.






Download 5,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish