Nazorat uchun savollar:
1. Ekologik xaritalashtirishning mazmuni va xususiyatlarini tushuntiring.
2. Ekologik xaritalashtirishning tasniflanishini asoslang.
3. Ekologik xaritalashtirishning metodologik asoslari nimalardan iborat?
4. Amaliy ekologik xaritalashtirishni ta’riflang.
5. Ekologik monitoring natijalari asosida xaritalashtirish.
6. Geoekologik xaritalashtirish usullarini tushuntirib bering.
7. O’zingiz istiqomat qilayotgan viloyatning geoekologik xaritasini tuzish uchun (masshtab 1:500000-1:800000) dastur tayyorlang va u asosda xaritani tuzing.
Quyidagi ilmiy tayanch atama, ibora va tushunchalarni izoxlang.
Ekologik xaritalashtirish, analitik va sintetik xaritalar, umumekologik xarita, aniq maqsadga yo’naltirilgan, xarita, metodologik asos, tizimli yondashuv, hududiy va ekologik tamoyil, mavzuli xaritalar, aerokosmik uslub, fond materiali, geoekologik xaritalashtirish, xavoni ifloslanish indeksi, kartog’rama usuli.
Mavzu: O’rta Osiyodagi geoekologik muammolar
Mavzu: O’rta Osiyo suv resurslaridan foydalanish va atrof muxit muxofazasi
Avtotrof – organizmlarning fotosintez yoki xemosintez yo’llari bilan havo va tuproqdagi anorganik moddalardan foydalanib oziqlanishi.
Antropogen ta’sir – insonning xo’jalik faoliyati natijasida tabiat va uning resurslariga ko’rsatadigan ta’siri
Autekologiya – ekologiyaning ayrim turlarning tashqi muhit sharoitiga moslashishini o’rganadigan bo’limi
Biogen moddalar – tirik organizmlarning yashashi uchun zarur bo’lgan va ularning xayoti faoliyati natijasida sintezlanadigan moddalar
Biogeotsenoz – 1. Er yuzasi ma’lum hududidagi bir hil tabiat elementlarining yig’indisi; 2. muayyan tuproq sharoitida o’simliklar, hayvonlar va zamburug’lar hamda ayrim sodda hayvonlardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda yashashi
Biologik mahsuldorlik – ekosistemalarning hayot faoliyati natijasi hisoblanib, ma’lum vaqt oralig’ida ekosistemadagi organizmlar tomonidan to’plangan organik moddalar
Biologik xilma-xillik – turlarning xilma-xilligi, genetik xilma-xillik, ekosistemalar xilma-xilligi.
Biomassa – tirik organizmlarning ma’lum maydon birligiga to’g’ri keluvchi og’irlik yoki energiya birliklarida ifodalangan umumiy vazni
Biosfera – hozirgi davrda yashab, faollik ko’rsatib turgan organizmlar tarqalgan qobiq
Biota – flora(o’simlik turlari) va fauna(hayvon turlari)ning yig’indisi
Biotop – nisbatan bir xil abiotik muhit bilan tavsiflanuvchi biotsenoz egallagan maydon
Biotik aloqalar – biotsenozdagi organizmlarning turli shakllardagi o’zaro munosabatlari.
Geterotrof - tayyor organik moddalar hisobiga hayot kechiruvchi organizmlar, ularga barcha hayvonlar, tekinxo’r o’simlik turlari, zamburug’lar hamda ko’pchilik mikroorganizmlar kiradi.
Genofond – ma’lum guruhdagi individlarning (populyatsiyalar, populyatsiyalar guruhi yoki turning) barcha genlari yig’indisi
Genotip – organizmning barcha genlari yig’indisi
Gomoyoterm – tashqi muhit haroratiga bog’liq bo’lmagan holda tana xarorati doimiy bo’lgan (issiq qonli) hayvonlar
Kantserogenlar – havfli o’smalar kelib chiqishiga sababchi bo’ladigan moddalar yoki fizik omillar
Konsumentlar – fotosintez yoki xemosintez yo’li bilan to’plangan tayyor organik moddalarni iste’mol qiluvchi organizmlar yig’indisi
Koevolyutsiya - tabiat va jamiyatning bir-biriga mos, o’zaro mutanosib rivojlanishi
Litosfera – Erning ustki «qattiq» qobig’i
Monitoring – atrof-muhit holatining kuzatish, baholash va oldindan bashorat qilish tizimi
Mutagen – mutatsiyani keltirib chiqaruvchi har qanday omil
Noosfera – «aql qobig’i», biosfera taraqqiyotining yuqori bosqichi
Ozuqa zanjiri – biri ikkinchisiga ozuqa bo’ladigan organizmlarning ketma - ket keladigan zanjir
Do'stlaringiz bilan baham: |