Geoekologik xaritalashtirish usullari. Geoekologik tadqiqotlar natijalarini xarita asosida ko’rsatish muxim ahamiyatga ega. Geoekologik xarita asosida landshaft turi beriladi, chunki u xar bir hudud bo’yicha ma’lum axborot beradi, shuningdek landshaft konturlari asosiy tabiiy chegaralar xisoblaiadi, ular asosida boshqa ko’rsatkichlarning ham bir-birlaridan farqi aniqlanadi. Ranglar spektri ekologik vaziyatlar darajalarini bildiradi, shuning uchun ham ranglarni tanlashda vaziyat darajasiga ahamiyat berish lozim.(masalan, qulay vaziyat xavorang, falokatli vaziyat qizil rang bo’lishi mumkin). Ranglar chegaralari landshaft konturlari bo’yicha o’tkaziladi.
Har bir vaziyat darajasi landshaftlarni inson xo’jalik faoliyati natijasida o’zgarganlik sinfini aks ettiradi, buning uchun rim raqami bilan o’zgarganlik darajasi ko’rsatiladi, masalan 15-V, bunda arab raqami landshaftning tartib, rim raqami esa o’zgaruvchanlik darajasini ifodalaydi. (V-qayta o’zgartirilgan daraja).
Har bir konturda rivojlanayotgan tabiiy va antropogen jarayonlar simvollar asosida berilishi ma’qul; sel, qor ko’chkisi, surilmalar hududiy xarakterga ega bo’lganliklarini e’tiborga olib maxsus chiziqlar, areallar, nuqtalar bilan ko’rsatilishi mumkin. Tabiiy jarayonlarni shartli belgilarni qalinligi yoki shaklini o’zgartirish yo’li bilan intensivligini ko’rsata olish mumkin. Bu, ayniqsa, eroziya, deflyatsiya, sho’rlanish, jar eroziyasi, akkumulyatsiya kabi hodisalarni tasvirlashda asqotadi.
Landshaft konturlarida, shuningdek nomlari «Qizil kitob» larga kiritilgan o’simlik va xayvonlarni maxsus belgi bilan ko’rsatish joiz, bunda aylana yoki ko’p qirrali katak orasiga raqam yoki xayvonning rasmini ko’rsatish yo’li bilan ifodalanishi mumkin. Bu borada «O’zbekiston Respublikasining ekologik xaritasi» (1991) da berilgan shartli belgilar ancha ob’ektiv chiqqan. Shartli belgilarni joylashtirishda albaata, tasvirlanayotgan o’simlik yoki xayvonni ayni shu konturda xozirda tarqalganligini xisobga olish zlrur. Tog’lik va tog’ oldi tekisliklarida ushbu shartli belgilarni joylashtirishda siyraklikka amal qilish zarur bo’ladi, respublikada tog’ landshaft konturlari kichikroq bo’lganliklari uchun boshqa belgilar bilan murakkablashib ketadi, natijada xaritani o’qish og’irlashadi.
Sanoat shaxarlarining atmosfera xavosini ifloslantiradigan toifalari (xavoni ifloslanish indeksi) bo’yicha berilishi va shaxar punsonini ushbu darajaga muljallab (qizil rangda) ko’rsatish ma’qul. Dare, kul, suv ombori, kanal, kollektorlarning mineralashuv darajasi ma’lum postlar (stvor) da kartog’ramma usuli bilan bir necha yillar uchun beriladi. Shuningdek ularning chetlari xoshiya (rang) usuli bilan ma’lum postlar oralig’ida ko’rsatiladi. Bu bilan daryolarda manbadan mansabga tomon minerallashuv darajasini ortib borishi yaxshi ifodalanadi. Masalan, Amudaryoda Termiz-Chorjo’y-Tuyamo’yin-Nukus-Qiziljar-Orol dengizi postlari bo’yicha beriladi.
Kartada buzilgan va rekultivatsiya qilingan erlar ko’rsatilishi lozim (masalan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand va boshqa viloyatlar).
Kartadan tashqari bush joylardan tug’ri foydalanishni rejalashtirish kerak: bizningcha, bu joylarda xarita-kesmalar, jadval, grafik, matnlar berilishi maqsadga muvofik, ular asosiy xaritani mazmunini boyitadi. Er osti suvlarining ifloslanishi, tuproqlarni og’ir metallar bilan ifloslanishi, tuproqda qoldiq pestitsidlarning miqdori, atmosfera xavosini ifloslanishiga oid ma’lumotlar berilishi ma’kul. Sanoat shaxarlarida chang va gazlarni maxsus moslamalar bilan ushlanib qolayotgan kismlari, xavoga chikarilayotgan qismi turli shartli belgilar bilan ifodalanishi yaxshi samara beradi. Qo’riqxonalar, milliy bog’lar, zakazniklar aloxida xarita-kesmada berilishi, yangitdan vujudga keltirilishi lozim bo’lgan aloxida qo’riklanadigan hududli areallar bilan berilishi mutaxassislar uchun yaxshi yordam beradi.
Orol dengizining xozirgi qolati, quriyotgan jarayonlar, suv va tuz balanslari, tabiiy jarayonlar, dengizning 1961 yildan boshlab o’zgarish dinamikasi, istikbolda kutilayotgan o’zgarishlarni xaritalar asosida kursatish muxim ahamiyatga ega.
Atrof-muhitni ifloslanishi munosabati bilan aholi orasida tibbiy o’zgarishlarni xaritalar asosida tavsiflash amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |