Tabiiy resurslardan foydalanishning ustivor yunalishlari. Tabiiy boyliklardan foydalanish ma’lum strategiya va taktikaga asoslanishi lozim, chunki ularni ba’zilari tugallanadigan (tiklanmaydigan) guruxlarga oid bo’lsa, qolganlari tugamaydigan va tiklanish xususiyatiga ega. Ba’zan tugamaydigan resurslar juda kuchli darajada foydalanishi tufayli ma’lum davrgacha sifatsiz holga kelishi mumkin.
Mineral xom ashyolardan foydalanishda ma’lum ilmiy tamoyilga asoslanish o’ta zarur. Bu borada majmualilik tamoyili juda ham asqotadi. Tabiatda faqat bir elementdan tashkil topgan qazilma boylik kamdan-kam uchraydi, ko’p holatlarda 2-3 va undan ko’p, ba’zan 15-20 xil foydali elementlardan tashkil topgan konlar uchraydi. Kondan foydalanishda aksariyat kerakli boylik ajratib olingan holda qolganlari (masalan, sochilma elementlar) ag’darma sifatida terrikonlarda to’plana boradi. Bu jarayonda ularni sifati buziladi, isrof bo’ladi, atrof-muhitga zarar keltiradi. Ushbu noxush hodisani oldini olish va ko’proq iqtisodiy samara olish maqsadida konlardan majmuali foydalanish, ya’ni barcha foydali elementlarni bir vaqtda ajratib olishni yo’lga qo’yish ayni muddaodir, bu hamma jihatdan ham foydalidir, atrof-muhit zarar ko’rmaydi, ortiqcha terrikonlar vujudga kelmaydi, yaylovlar maydoni qisqarmaydi. Demak, mineral xom ashyolardan foydalanishda majmualilik tamoyili ustivor bo’lgan holda unga hamma konlarda muntazam rioya qilinishi maqsadga muvofiq.
Sug’oriladigan erlar iqtisodiy jihatdan eng samarali ekanligi barchaga ayon. Biroq sug’orma erlardan olinadigan yalpi maxsulot miqdori va ularni tannarxi turli voxalarda turlicha, boshqacha aytganda iqtisodiy samara bir-biridan keskin farq qiladi. Bunday axvolni taxlil qilish natijalariga kura hamma gap erni meliorativ holatida ekanligiga taqaladi. Darvoqe, iqtisodiy samara ustun bo’lgan voxalarda tuproq-meliorativ sharoit zkinlarni o’sishi uchun qulayligi bilan tavsiflanadi va aksincha. Meliorativ axvol og’ir bo’lgan viloyatlarda suvdan foydalanish ham izdan chiqqan, ya’ni gektar xisobiga sarf qilinadigan suv miqdori kattaligi bilan ajralib turadi. Er-suvdan omilkorlik bilan foydalanish va iqtisodiy samaraga erishish uchun eng avvalo erlarni meliorativ holatini tubdan yaxshilash, suvdan rasamadiga yarasha foydalanish texnolgiyasini joriy etish va shundan so’ng agrotexnik va agromeliorativ tadbirlarni qo’llashga o’tish ma’qul. Chunki erlarni obdon sho’rsizlantirmaguncha ularga mineral o’g’it solish va boshqa tadbirlar samaradorligi mutlako sezilmaydi.
Voxalarda erdan foydalanish eng avvalo tuproq-meliorativ axvolni tubdan yaxshilash, ekinlarni sutorishni me’yoriy ko’rsatkichlar asosida amalga oshirish (sug’orish texnikasini yayanada takomillashtrish) ustivor yo’nalish bo’lishi lozim. Mazkur yo’nalishdagi taraqqiyot bosqichma-bosqich amalga oshirilishi nazarda tutiladi, ishlarni meliorativ sharoit og’ir bo’lgan Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon, Mirzacho’l, Qarshi cho’lidan boshlanishi maqsadga muvofiq.
Tabiatdan foydalanish jarayonida barcha resurslar bo’yicha ham eng ustivor yo’nalishlar aniqlanishi va hayotga tatbiq etilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muxim ahamiyat kasb etadi, chunki tabiatdan foydalanishda dunyo andozalariga asoslanish yuqori iqtisodiy samara beradi, tabiat potentsialidan to’liq va to’g’ri foydalanish imkoniga ega bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |