Nazorat uchun savollar:
1. Tabiatdan foydalanish jarayonini tavsiflang.
2. Nima uchun jamiyat taraqqiyoti uchun tabiat qonunlari va qonuniyatlarini xisobga olish shart.
3. Asosiy tabiat qonunlari va qonuniyatlarini tushuntirib bering.
4. Tabiatdan foydalanishning geoekologik tamoyillarini asoslab bering.
5. Tabiiy resurslardan foydalanishning ustuvor yo’nalishlari deganda nimalarni nazarda tutasiz.
Quyidagi ilmiy tayanch atama, ibora va tushunchalarni izoxlang.
Tabiatdan foydalanish, tabiat qonunlari, geopara, paragenetik geotizim, landshaft xilma-xilligi, ekolgik toza texnologiya, ekologik toza maxsulot, sabab-oqibatlar zanjiri, chiqindisiz texnologiya, ag’darma (terrikon).
Mavzu: Geoekologiya va amaliyot
Mavzu quyidagi reja asosida yoritiladi:
1. Geotizim turlarini asoslash.
2. Geoekolgik yondashuv tizimli yondashuvning bir turi sifatida ekanligini tushuntirish.
3. Loyizxalashning geoekologik asoslari.
4. Tabiiy-texnik geotizimlar hududiy loyixalash va rejalashtirishning asosiy ob’ekti sifatida.
5. Sanoat geotextizimlari.
6. Transport geotextizimlari.
7. Shaxar geotextizimlari.
8. Suv xo’jaligi geotextizimlari.
Geotizim turlari. Geotizim bir necha turda bo’ladi. Tabiiy geotizim, xaqiqiy tabiiy holdagi geotizim tabiatda kam saqlanib qolgan, chunki insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiiy muhit kuchli ravishda o’zgarib bormoqda. Biroq geotizimlar inson ta’sirida bo’lsalar ham tabiiy qonunlar asosida taraqqiy qiladilar, modda va energiya almashuvi tabiiy jarayonlar harakatiga bo’ysinadi.
Integral geotizim – bu murakkab hududiy-vaqtli xosila bo’lib, tabiat, aholi va xo’jalik kichik tizimlaridan iborat. Bir tomondan, tabiii xsususiyatlarini saqlab qolgan holda tabiiy qonunlar asosida yashaydi, boshqa jihatdan esa – ularda ijtimoiy va jamiyat sifatlariga ham ega, ularni bu xususiyatlari jamiyat qonunlari negizida rivojlanadi. Integral geotizimning global miqiyosdagi shakli «tabiat-jamiyat» supertizimiga mos keladi. Hududiy yoki maxalliy miqyosdagi integral geotizimga ishlab chiqarish, rekreatsiya, tabiiy-texnik, tabiiy-xo’jalik geotizimlarini kiritish mumkin. Keyingi vaqtlarda «tabiiy-antropogen tizim, antropogen-texnogen tizim» va boshqalar tarkib topdi, ular integral geotizimlarni sinonimi deb qaraladi.
Tabiiy-texnik geotizim. Bu variantda tabiat bilan texnika birinchi o’ringa chiqadi. Geotizimlarda aloqa ancha kuchli, lekin xar doim ham bu aloqa barqaror emas. Avvalo texnik blok tabiatga mos kelishi darkor, unda boshqaruv samarali bo’ladi, o’z navbatida tabiat texnikaga ham ta’sir etadi, bu holda aks ta’sir natijasida turli noxush o’zgarishlar tarkib topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |