Ekologik xaritalarni tuzishning metodologik asoslari. Tabiat murakkab geotizimlardan iborat, binobarin, ularni o’rganishni tizimli yondashuv asosida amalga oshirish samarali ekanligi fanda asoslangan. Tizimli yondoshuv umumilmiy tamoyilga aylandi. Tizimli yondoshuv o’rganilayotgan hududni tizim sifatida qaraydi., uni o’rganish esa uslubiyot asosida amalga oshirishadi. A.G.Isachenko (1981 y) ni ta’killashicha, tizimli tamoyilni kartog’rafiyada qo’llanilishi eng qulay yo’li tuziladigan bir turkum mavzuli xaritalar asosida geotizimlarni ifodalanishi eng qulay va samarali usul bo’lib xizmat qiladi. Asosiy tadqiqot usullari sifatida landshaft, aerokosmik, landshaft indikatsiyasi, kartog’rafik, miqdoriy, solishtirish va b. qo’llaniladi. Ekologik xaritalar asosini landshaftlar tashkil qiladi.
Amaliy ekologik xaritalashtirish. Amaliy ekologik xaritalashtirish hududlarda tabiat muzxofazasi, vujudga kelgan qaltis vaziyatlarni yumshatish, aholi uchun qulay va juda qulay tabiiy muhit yaratish, falokat keltiruvchi tabiat hodisalarini oldini olish, tabiiy muhitni optimallashtirish va boshqa yumushlarda kurashning taktika va strategiyasini aniqlash, loyixa ishlarini amalga oshirishda negiz vazifasini o’taydi.
Amaliy xaritalar guruxida baholash, prognoz, chora-tadbirlar majmuasi, inventarlash, tabiatni muxofaza qilish bo’yicha rayonlashtirish, ekologik rayonlashtirish va boshqa turdagi mavzuli xaritalar tuziladi. Xaritalar amaliy turdagi ustivorlikka ega bo’lganliklari uchun ularni tayyorlashda me’yoriy, taxlil natijasida aniqlangan kursatkichlar, kuzatish, dala-tajribaviy ishlar(eksperiment) natijalaridan keng fo ydala n iladi.
Ekologik monitoring natijalari asosida xaritalashtirish. Atrof muhitni, xususan suv va xavo xavzalari, tuproqni ifloslanishi, yaylov, o’rmonzorlarni buzilishi, er resurslarini muomaladan chiqib ketayotganligi muntazam faoliyat ko’rsatuvchi ekologik monitoringni joylarda amalga oshirishni talab qiladi. Bu borada mamlakatimizda ma’lum darajada ekologik kuzatish va nazorat ishlari olib borilmoqda.
Ekologik monitoring natijasida jonli va jonsiz tabiat bo’yicha xar yili ko’plab kuzatish va nazorat ma’lumotlarini yig’iladi. Ayniqsa, suv va xavo xavzalarini ifloslanishi, tuproqlarni qashshoqlanishi, sug’oriladigan erlarni sho’rlanishi, eroziya va b. jarayonlarni harakati bo’yicha ko’plab ma’lumotlar yig’iladi. Ular asosida ma’lum yo’nalishlar bo’yicha ekologik xaritalr tuzish fond materiallaridan foydalanish samaradorligini bir necha barobar oshiradi. Xarita ko’plab turli ko’rsatkich, miqdoriy ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgani tufayli, ulardan amaliy foydlanishni osonlashtiradi, samaradorligini oshiradi. Bunday xaritalar ma’lum erlar uchun muntazam tuzib borilishi natijasida ularni ko’p yillik dinamik o’zgarishidagi qonuniyatlarni aniqlashga imkon beradi. Ekologik xaritalarni tuzishda aerokosmik uslubiyotdan foydalanish ancha samarali x;isoblanadi. Koinotdan olingan suratlar asosida tuzilgan xaritalar loyixachilar, turli mutaxassislar, olimlarni tabiat muxofazasi, ekologik vaziyatni yumshatish, tabiiy resurslarni maxsuldorligini oshirishdagi ishlarini tez bajarilishi, sifatli qilib amalga oshirishda va ko’zlangan maqsadga erishishda negiz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |