97
boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar ... milliy boylik bo‘lib,
odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va
ravnaqning asosi bo‘lib xizmat qiladi» deb aytgandi.
Darhaqiqat tabiiy resurslarning
cheklanganligi kishilik
jamiyati rivojlanishining har bir davrida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-
da, hech bir davrda hozirgi paytdagidek dolzarb bo‘lmagan va
bu jarayon jamiyat taraqqiyotining rivojlanish tendensiyasiga
muvofiq tarzda kuchayib bormoqda.
Tabiiy resurslar umummilliy boylik hisoblanib, ular davlat
tomonidan muhofaza qilinadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 50-moddasida qayd etilganidek: «Yer,
yer
osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir».
Yer osti boyliklari
–
inson tomonidan milliy iqtisodiyotda va uy-
ro‘zg‘orda foydalaniladigan hamda foydalanilishi mumkin bo‘lgan
Yer ostidan qazib olinadigan tog‘ jinslari va minerallar.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan
keyin respublikamiz
hududidagi barcha tabiiy, Yer osti boyliklari davlatimiz
tasarrufiga o‘tdi. O‘zbekiston zaminida juda ulkan va noyob,
hali ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral xom-
ashyo resurslari to‘plangan. O‘zbekistonda 95
turdagi mineral
xomashyoni o‘zida mujassam etgan 2700 ta kon aniqlangan.
Amalda Mendeleyev davriy jadvalidagi barcha elementlar
respublikamizda mavjud. Mamlakatning umumiy xomashyo
salohiyati 3,3 trillion AQSH dollari miqdorida baholanmoqda.
Mavjud konlardan har yili 5,5 mlrd. AQSH dollariga teng
foydali qazilmalar qazib olinmoqda.
Darhaqiqat, O‘zbekiston zamini juda katta miqdordagi
turli-tuman qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda 2800
dan ziyod foydali qazilma konlari va ular namoyon bo‘lgan
istiqbolli joylar aniqlangan. Aniqlangan bu konlarda 118
98
turdagi mineral xomashyo mavjud bo‘lib, shundan 65 turi
o‘zlashtirilgan. O‘rganilgan 1500 ta konning 188 tasi neft va
gaz konlari, 48
tasi noyob metallar, 43 tasi rangli, kamyob
va radioaktiv metallar, 5 tasi qora metallar, 3 tasi ko‘mir va
ko‘pgina boshqa turdagi qazilma boyliklar konlaridir. Har
yili bu konlardan 5,5 mlrd. qazilma boyliklar olinmoqda
va qo‘shimcha 6–7 mlrd. AQSH dollarlik yangi zaxiralar
topilmoqda.
Umuman olganda, «J», «K», «JK»larni oxirgi
berilgan elektron variantga qarab qo‘yib chiqish lozim. Hozirgi
kunda respublikada 400 ta ma’danli, 450 ta ichimlik va
shifobaxsh suv konlaridan foydalanilmoqda.
O‘zbekiston zaminida qimmatbaho metallarning katta
zaxiralari mavjud. Uning hududida 32
turdagi qimmatbaho
rangli metallar topilgan bo‘lib, hozirgi paytda ular 33 ta
kondan qazib olinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: