Birinchi qism. GEOEKOLOGIYA ASOSLARI
1-bob. GEOEKOLOGIYANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1. Geoekologiya – geografik ekologiya ekanligi va tushunchasi
Uchinchi ming yillikka kelib, fan va ayniqsa, texnologi-
yalarning jadal sur’atda rivojlanishi ilm, ta’lim va amaliyot-
ning keng tarmoqlashuviga olib kelmoqda. Aynan eng omma-
viy tus olayotgan fanlar ikki yoki undan ortiq fanlar o‘rtasida
paydo bo‘lmoqda. Bu obyektiv jarayondir. Fizika, matematika,
kimyo, falsafa, huquq, geografiya, biologiya kabi «sof fanlar»
yangi fanlarga fundamental asos sifatida xizmat qilmoqda.
Mazkur holat bir tomondan ularning yangilikka qarab intili-
shini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatda va
ayniqsa, tabiatda bir-biri bilan bog‘lanmagan, biri ikkinchi-
sidan kelib chiqmagan hodisa va jarayonlarning yo‘qligidadir.
Chunki hamma ijtimoiy va tabiiy jarayon hamda hodisalar uz-
viy bog‘liqlikda va o‘zaro aloqadorlikda. Geografik ekologiya,
ya’ni «Geoekologiya» ham bundan istisno emas, albatta.
Fan
–
ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni kishilik jamiyatiga
tegishli bo‘lgan ilmiy bilimlar tizimi, ijtimoiy ong shakllaridan biri.
«Geoekologiya», ya’ni «Geografik ekologiya» fani ilk
bor germaniyalik geograf olim K.Trol tomonidan 1939-yili
rus tuproqshunos olimi V.V.Dokuchayevning «Landshaft-
lar ekologiyasi» fanini rivojlantirgan tarzda ilm va ta’limga
olib kirilgan. U tabiiy geografik majmualarning kichik tasni-
fiy birligi
–
ekotoplarda (fatsiya darajasida) organizmlar, xu-
susan, insonlar va ularning atrof tabiiy muhiti o‘rtasida sodir
bo‘ladigan aloqadorlik qonuniyatlarining hududiylik xususi-
6
yatlarini o‘rganishdan boshladi. Bu o‘zbek geolog olimlaridan
E.V. Qodirov, M.Sh. Shermatov, X.A. Akbarov, E.V. Movlonov,
A.A.Odilovlar tomonidan 1999-yilda chop etilgan «Tabiiy
muhitni muhofazalashning geoekologik asoslari» nomli o‘quv
qo‘llanmada (19-bet) aniq bayon etilgan.
Geoekologiya
–
geologik ekologiya ekanligini A.V.Sidorenko
1967-yilda «Inson, texnika, yer» nomli jurnaldagi maqolasida
ilk bor ishlatgan. U K.Trolning ishlaridan xabar topmagan
va geografik adabiyotlarga o‘z e’tiborini qaratma
gan. Nati-
jada, XX asrning 60-yillarida sho‘rolar davrida yangi konlarni
topish va qazib olish orqali «sovuq urushda» g‘alabani qo‘lga
kiritmoqchi bo‘lgan sobiq Ittifoq uchun geologlarning xulosa-
si hamma ilmiy qoidalardan yuqori turgan. Fanga va ayniqsa,
uning nazariyasiga mafkuraviy yondashuv geoekologiyani geo-
logik ekologiyalashuviga olib kelgan. Ushbu xatolik, afsuski,
boshqa geolog olimlar tomonidan ham keng ommalashtirilgan.
Natijada bir atama ikki xil ma’noni anglata boshladi va bu ja-
rayon ayrim sobiq Ittifoq davlatlarida hanuzgacha davom etib
kelmoqda (A.Nigmatov, 2005).
XX asrning 1980–1990-yillarida «Geoekologiya»ning asl
mohiyatini ochib berishda respublikamizning Mirzacho‘l,
Qizil
qum, Orol va Orolbo‘yi kabi turli mintaqalarida olib
borgan o‘nlab marshrut-ekspeditsiya tadqiqotlarida ekologik
o‘zgarishlarning bevosita tabiiy geografik majmualar doirasida
aks etishini isbotlab berdi
1
.
U boshchiligida Markaziy Osiyoda olib borilgan geoeko-
logik tadqiqot natijalari 1992-yil ilk bor 1:1 mln. masshtabda
yaratilgan «O‘zbekiston Respublikasining ekologik kartasi»da
aks etdi. Karta mazmunida mamlakatimiz hududidagi land-
shaftlarning turli xil darajada ekologik o‘zgarganligi ko‘rsatilib
berildi. Olim, bir guruh o‘zbek geograflari bilan, K.Troldan
farqli o‘laroq, hududlarning ekologik xavflilik darajasini eko-
toplar qatoridagi taksonomik birliklarda emas, balki tabiiy
1
Рафиков А.
Геоэкологик муаммолар. –Т.: «Ўқитувчи», 1997. – 112 б.
7
geografik provinsiya va rayon miqyosida yaqqol namoyon
bo‘lishini yoqlab chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |