Metall resurslar:
Oltin.
Oltin zaxirasi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda
to‘rtinchi o‘rinda (2 mln. t sof oltin), uning qazib olinishi
bo‘yicha esa to‘qqizinchi o‘rinda turadi. Oltin zaxiralari
respublikaning uchta iqtisodiy hududida joylashgan:
Qizilqum hududi
(Muruntov, Ko‘kpatas, Triada, Adjibugut,
Turboy, Myutenboy, Bulutkon, Aristontov, Balpantov, Besa-
pantov, Amontoytov, Daugiztov konlari). Muruntov koni
Yevrosiyo qit’asidagi eng yirik kon bo‘lib, uning topilishi
Xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan XX asrning
ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot,
deb e’tirof qilindi. Muruntovda affinaj yo‘li bilan sof metall
olish texnologiyasi joriy etilganligi hamda kon oltinining
sifati yuqori bo‘lganligi uchun ham bu yerdan soflik darajasi
«to‘rtta to‘qqiz»ga teng asl oltin olinmoqda. Muruntov koni
qator yillar respublika oltinining 80 foizini berib keldi. Undan
olib ishlatilgan va ko‘p yillardan beri ag‘darmaga chiqarib
tashlangan ruda tuprog‘i bir necha yil davomida Amerikaning
«Nyumont Mayning Korporeyshn» kompaniyasi ishtirokida
99
qayta ishlanib, tarkibida qolgan oltin ham ajratib olindi.
Ko‘kpatasdan shu kungacha 40 t oltin olindi. Daugiztov va
Amontoytovning oltin zaxirasi 300 t ga teng.
Nurota
hududi
(Zarmitan, Marjonbuloq, Gujumsoy, Sar-
mish va boshqa konlar) hozirgi vaqtda Zarmitan va Marjon-
buloq konlarida o‘zlashtirish ishlari jadal sur’atlarda ketayapti.
Toshkentoldi hududida
Qizilolmasoy, Go‘zaksoy, Qo‘shbu-
loq, Qayrag‘och, Kauldi, Pirmirab va boshqa konlar) yaqin
kelajakda yana 40 ta yangi oltin konlarini ishga tushirish
mo‘ljallangan.
Kumush.
O‘zbekistonda hozirgacha 26 ta kumush konlari
topilgan. Kumushning 80% dan ortiq zaxirasi Qolmaqir
konlarida joylashgan. Respublikada kumushning Dalnee,
Uchquloch, Xondiza, Visokovoltnoe, Kosmonachi, O‘qjetpes
va boshqa konlari mavjud. Shuningdek, kumush Muruntov,
Qo‘shbuloq, Qizilolmasoy oltin konlaridan ham olinadi.
Uran.
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar qatori uran kon-
lari ham mavjud. Topilgan uran zaxiralari va uni qazib olish
bo‘yicha respublika dunyoda birinchi o‘nlik qatoriga kiradi.
Uran konlari Uchquduqdan Nurobodgacha bo‘lgan hududda
joylashgan bo‘lib, ularning asosiylari: Lyablaka, Shimoliy va
Janubiy Bukinoy Zafarobod (ilgarigi Ko‘kcha)da joylashgan.
Uran bilan birga unga yo‘ldosh elementlar: reniy, skandiy, lan-
tanoidlar va boshqa nodir metallar ham qazib olinadi.
Mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, temir.
Rangli va nodir
metallardan O‘zbekistonda mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram
va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning zaxiralari
aniqlangan. Mis zaxirasi bo‘yicha respublika dunyoda
10–11-o‘rinlarda turadi. Misning asosiy qismi Olmaliq ruda
maydoniga (17 mln. t dan ortiq) jamlangan bo‘lib, kon ishga
tushirilganidan beri hozirgacha o‘tgan 50 yil davomida uning
20% o‘zlashtirildi.
Mis
konlari orasida Qolmaqir koni alohida e’tiborga
sazovor. Bu kon mis-molibden rudalarini qazib olish bo‘yicha
100
dunyodagi barcha konlardan ustun turadi. Uning rudasini
O‘zbekistondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan Olmaliq
kon-metallurgiya kombinati qayta ishlamoqda.
Qo‘rg‘oshin-rux
birikmalari 3 turda uchraydi: karbonatli
jinslarda (Uchquloch va Qo‘lcho‘loq konlarida), vulqon jinsla-
ridagisi
Do'stlaringiz bilan baham: |