Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Iqlim resurslaridan foydalanish



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/78
Sana14.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#669854
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

5.5. Iqlim resurslaridan foydalanish
Iqlim tushunchasi taxminan 2200 yil oldin yunonistonlik 
olim Gipparx tomonidan kiritilgan bo‘lib, u yunonchada 
quyosh nurlarining kun yarmida Yer yuzasiga «og‘ishi»ni 
bildiradi. Hozirgi vaqtda iqlim deganda harorat, namlik 
va atmosfera sirkulatsiyasining o‘ziga xos rejimini vujudga 
keltiradigan, ma’lum joy uchun eng ko‘p takrorlanadigan ob-
havo xususiyatlari tushuniladi.
Iqlim va uning o‘zgarib turishi o‘simliklar va hayvonot 
olamining rivojlanishi va insonning inson sifatida 


104
shakllanishini ta’minlaydi. Olimlarning taxmin qilishicha, 
bundan 65 mln. yil ilgari yerga ulkan asteroid kelib urilgan, 
natijada atmosferaga juda ko‘p chang chiqarilgan va oqibatda 
dunyo uch yil zimistonga aylangan. Quyosh nurlarining kam 
tushishi natijasida harorat pasaygan, ko‘p o‘simliklar o‘sishdan 
to‘xtagan, oziq zanjirlari buzilgan va ko‘p turlar, jumladan 
dinozavrlar ham qirilib ketgan. Bu dinozavrlarning qirilib 
ketish sababini tushuntiruvchi yetakchi nazariyalardan biridir.
Boshqa nazariyaga ko‘ra inson zoti taxminan 6 mln. 
yil oldin, yog‘in miqdori kamayib, harorat keskin pasaygan 
davrda tez rivojlana boshlagan. Afrikadagi Buyuk Yoriq 
vodiysidagi eng qadimgi ajdodlarimiz daraxtlarda yashashga 
moslashgan edilar. Lekin iqlimning uzoq vaqt davom 
etgan o‘zgarishlari natijasida daraxtlar o‘t-o‘simliklar bilan 
almashgan. Ularning oilalari o‘zlari moslashgan sovuqroq 
va quruq yalang tekislikka o‘tib, yirtqichlar yetishi mumkin 
bo‘lgan sharoitga tushib qolganlar. Ana shunday qirilib ketishi 
mumkin bo‘lgan sharoitda ikki evolutsion sakrash yo‘li bilan 
moslashib olganlar. 
Birinchisi,
uzoq masofalarga tik yurib bora 
oladigan, qo‘llari bola va oziqni tashish uchun bo‘sh bo‘lgan 
mavjudotlarga va undan keyin katta aqliy imkoniyatlarga 
ega bo‘lgan, mehnat va ov qurollarini ishlata oladigan, ham 
go‘sht, ham o‘simlik yeydigan mavjudotlarga aylangan 
lar. 
Ikkinchisi,
aqliy qobiliyati bo‘lgan mavjudotlar dastlabki odam 
deb qaralgan. Inson keyinchalik moslasha borib ko‘chib yurib, 
yanada kuchli bo‘lib iqlim o‘zgarishlariga moslashgan.
Ammo Yer yuzida qaror topgan iqlimiy sharoit XX asr 
o‘rtalariga kelib kuchli antropogen ta’sirga uchradi. Ya’ni, 
ilgari tabiatdan ta’sirlanib, unga moslashishga harakat 
qilgan inson endilikda tabiatning o‘zgarishiga kuchli ta’sir 
ko‘rsatuvchiga aylandi. Yer yuzasida aholi sonining ortishi, 
tabiiy resurslarga bo‘lgan talab va ehtiyojning to‘xtovsiz oshishi 
va nihoyat fan va texnikaning rivojlanishi, insonlarning 
tabiatga ta’sir kuchining ortib borishi Yer shari iqlimining 


105
o‘zgarishiga olib keldi va bu jarayon shiddat bilan davom 
etmoqda.
Hatto shunday paytlar keldiki, olimlar Shimoliy muz 
okeani dengizlarida kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yish, Sibir 
hududini o‘zlashtirish maqsadida arktika muzliklarini sun’iy 
ravishda eritish ustida izlanish olib bordilar. Jumladan, rus 
olimi P.Borisov «... agar biz qutblardagi muzliklarni yo‘qotsak, 
ularning iqlimga ta’siridan qutulibgina qolmay, balki quyosh 
radiatsiyasini qutblarga oson singishiga ham yo‘l ochamiz. Bu 
esa sayyoramizning quyoshdan oladigan issig‘iga yana issiq 
qo‘shadi. Qutblardagi mangu muzliklarning ertami-kechmi 
erib ketishi va yerdagi iqlimning iliq, odatdagi tusga kirishi 
aniq. Shubhasiz, buning uchun bir necha ming yillar kerak 
bo‘ladi. Lekin ahvolni tabiiy ravishda yaxshilanishini kutish 
zarurmi? Hozir insoniyat iqlimni sun’iy ravishda o‘zgartira 
oladigan energiya resurslariga egadir» deb aytgandi
16
.
Bugungi kunda insoniyat yer va suv resurslari, o‘simlik va 
hayvonot dunyosi resurslari kabi iqlim resurslaridan ham keng 
foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish