106
Mamlakatimizning janubiy viloyatlarida sovuqsiz kunlar-
ning ko‘pligi sabab anor, anjir, xurmo, pista, shakar
qamish
kabi subtropik o‘simliklarni hatto sitrus o‘simliklarini o‘stirish
imkonini bermoqda. Umuman yurtimizda havo haroratining
yuqoriligi, uzoq vaqt serquyosh bo‘lishi ekinlardan bir yilda
ikki marotaba hosil olish imkonini bermoqda.
Shu bilan
birga iqlimimizning quruq va issiq bo‘lishi ayrim foydali va
dorivor o‘simliklarda efir moyining ko‘proq to‘planishiga
sabab bo‘ladi. Bunday o‘simliklardan farmatsevtika sohasi-
da keng foydalanish maqsadida bir necha hududlarda shunday
o‘simliklarni yetishtirib ulardan dori vositalarini olish
maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi. Mamla
ka-
timizda keng foydalanish yo‘lga qo‘yilayotgan iqlim resurs-
laridan yana biri gelioresurslardir.
Gelioresurs
–
Quyoshning issiqlik energiyasi, undan xo‘jalikda,
elektr energiya hosil qilishda, suv va binolarni isitish tizimini
yuritishda va boshqa maqsadlarda foydalanilishi.
O‘zbekistonda gelioresurslar miqdori juda katta bo‘lib,
atrof-muhitga zararsiz bo‘lgan bunday energiya manbayidan
foydalanish endi kengaymoqda.
Iqlim resurslarining yana bir arzon turi shamol energi-
yasidir. Shamol energiyasi ham quyosh energiyasi kabi atrof-
muhitni ifloslantirmaydigan va tugamaydigan energiya man-
bayi hisoblanadi. Shamol energiyasidan foydalanib, cho‘llarda
chorva mollarini suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi yetib
bormagan chekka qishloq va ovullardagi
xonadonlarni elektr
bilan ta’minlash, sho‘r suvlarni chuchuklashtirish va boshqa
maqsadlarda foydalanish mumkin.
Mamlakatimiz iqlim resurslaridan rekratsiya hamda
davolanib sog‘liqni tiklash maqsadlarida ham foydalanish
ortib bormoqda. Ayniqsa o‘pka kasalliklarini, bronxit-
astma kasalliklarini, yurak-qon tomir tizimlarini davolashda
107
yurtimizning tog‘ yonbag‘irlarida
joylashgan sanatoriyalardan
samali foydalanilmoqda. Tog‘lardagi havoning musaffoligi,
tekislik hududlarga nisbatan jazirama issiq emasligi kishlar-
ni davolashda, salomatligini tiklashda muhim ahamiyat kasb
etmoqda
17
.
Afsuski, so‘nggi o‘n yilliklarda jahon miqyosida global
iqlim isishi ortib bormoqda. Atmosferada issiqlik gazlari
haddan tashqari ko‘p miqdorda to‘planishi dunyo miqyosidagi
barqaror iqlim jarayonlarining o‘zgarishiga olib kelmoqda.
Ushbu gazlar atmosferada to‘planib, sayyoraning qizigan sirti
taratuvchi ortiqcha issiqlik koinotga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi
va atmosferaning isishiga sabab bo‘ladi.
Aslida Yer o‘z yuzasidagi infraqizil
nurlarni fazoga qayta
chiqarmaslik xususiyatiga ega. Ular yerni issiq «ko‘rpa»ga
o‘rab, issiqxona samarasini beradi va yerdagi haroratni saqlab
turadi. Mazkur jarayon yerni hayot uchun yaroqli qiladi.
Issiqxona gazlarisiz Yer sayyorasi hozirgidan taxminan 30
darajaga sovuqroq bo‘lar edi. Yer usti xuddi Mars sayyorasiga
o‘xshash sovuq, unumsiz, o‘simlik qatlamisiz, hayotsiz bo‘lar
edi. Afsuski, inson faoliyati natijasida atmosferaga yuqorida
keltirib o‘tilgan gazlar keragidan ortiq chiqarilmoqda. Bir
qarashda bu uncha qo‘rqinchli bo‘lib tuyulmasligi mumkin.
Ammo yerda harorat yanada ko‘tarilsa, barcha jarayonlar
orqaga qaytarib bo‘lmaydigan tus oladi va sayyoramizda har
qanday hayotga jiddiy xavf tug‘iladi. Inson biologik tur sifatida
yashab qolishi masalasi kun tartibidan o‘rin oladi.
Ayni shu
sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi.
Iqlim o‘zgarishi millionlab odamlarning yashash
sharoitlari bi lan bog‘liq bo‘lgan harorat va yog‘inlar rejimini
o‘zgartirishi mum kin, bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotning
qishloq xo‘jaligi va chorvachi
lik kabi tarmoqlariga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Haroratning oshib bo rishi okean sathining
17
P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Rafiqov.
O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi. – T.:
«O‘qituvchi», 2002. – 101-b.
108
ko‘tarilishiga olib keladi, natijada minglab orollar va qirg‘oq
bo‘yi pastliklarining suv ostida qolish xavfi tug‘iladi, bu
esa o‘z navbatida o‘ta kuchli tangliklar
–
ocharchilikka
va boshqa halokatlarga olib kelishi mumkin.
Okean
sathining ko‘tarilishi past qirg‘oqlar va katta bo‘lmagan
orollar va ayniqsa, Maldiv orollari yoki Tinch okean qator
orol davlatlari uchun tugatib bo‘lmaydigan qiyinchiliklar
tug‘diradi. Hamma yoqda turistik plyajlar, madaniy va tarixiy
joylar, baliqchilik markazlari va boshqa amaliy ahamiyatga
ega bo‘lgan rayonlar xavf ostida qoladi. Iqlim va bizning
unga ta’sirimiz borasida hali ko‘p narsa aniq emas.
Lekin
noaniqliklar bo‘lishiga qaramay iqlim o‘zgar ishi xavfi real va
bu jiddiy masala deb aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: