Gidrostatik nivelirlashda nisbiy balandlikni o‘lchash o‘zaro ulangan ikkita idishdagi suyuqlik sadhlari farqini o‘lchashga asoslanadi. Strofotogrammetrik nivelirlashda joydagi nuqtalarning nisbiy balandliklari joyning ikkita bir xil aerosurat asosida maxsus asboblar yordamida hosil qilingan relef modeli bo‘yicha o‘lchash bilan aniqlanadi.
Shuningdek avtomatik nivelirlash usuli bor bo‘lib, unda avtomat yoki mexanik profilograflar yordamida chizilgan profildan joydagi nuqtalarning nisbiy balandliklari aniqlanadi.
Teodolit T30 bilan qiyalik (vertikal) burchagini o'lchash
Teodolit T30 da vertikal doirada adilak yo'q. Vertikal doiradan sanoq olishdan oldin gorizontal doira alidadasidagi adilak pufakchasi nolga keltiriladi. Bu adilak o'qi truba kallimatsion tekisligiga parallel joylashganligi uchun birorta ko'tarish vinti truba vizer o'qi bo'yicha joylashishi kerak.
Teodolit T30 bilan qiyalik burchakni o'lchash ketma-ketligi quyidagicha:
Truba va gorizontal doira alidadasi mahkamlash vinti bo'shatiladi va truba qiyalik burchagi o'lchanadigan nuqtaga qaratiladi, vintlar mahkamlanadi;
Ko'tarish vintlarini aylantirib gorizontal doira alidadasi adilagi nol punktga keltiriladi;
Alidada va truba yo'naltirish vintlari yodamida truba nuqtaga aniq qaratiladi;
Adilakning joyida qimirlamagan vaziyatida vertikal doiraning o'ng vaziyatida (DO') sanoq olinadi.
Agar yarim usul bilan qiyalik burchagini o'lchash yetarli bo'lsa va nol o'rni (NO') ma'lum bo'lsa quyidagi formula bo'yicha qiyalik burchagi v hisoblab topiladi:
v= NO'-R-180°
Yetarli bo'lmasa truba zenit orqali o'tkazilib, vertikal doiraning chap vaziyatida
(L) o'lchash qaytariladi va quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
v = L-NO'
NO' = (R+L+180°)/2
v= (L-R-180°)/2
Vertikal burchak aniqlanayotgan nuqtaga yo'naltirilgan trubaning ko'rish o'qi VV` bilan gorizontal tekislik orasidagi burchak bo'ladi. Bu burchak nisbiy balandlik va chiziq gorizontal qo`yilishini aniqlashga kerak bo'ladi, teodolit vertikal doirasida o'lchanadi. Vertikal doira ko'rish trubasi bilan birgalikda aylanadigan limb va qo'zg`almas alidadadan iborat. Vertikal burchakni o'lchashda burchak tomonlaridan biri ko'rish o'qi yo'nalishi VV' bo'lsa, ikkinchi tomoni sanoq olish moslamasi noli OO' bo'ladi. Bu esa vertikal burchakni o'lchash uchun truba ko'rish o'qi VV' va gorizontal doiradagi adilak o'qi o'zaro parallel bo'lganda vertikal doiradan olinadigan sanoq nol o'rni (NO') ma'lum bo'lishi kerakligini ko'rsatadi. Nol o'rnini aniqlash uchun truba uzoqdagi aniq ko'rinadigan nuqtaga yo'naltiriladi, vertikal doirani trubaga nisbatan o'ng (O') va chap (CH) xolatida sanoqdan olinadi. 2T30 teodolitida vertikal doiradagi sanoqlar 0 dan 75° gacha soat mili noli (manfiy ishorali) va o'nga teskari yo'l bo'yicha yozilgan. Shuning uchun nol o'rnini va qiyalik burchaklarini hisoblash formulalari quyidagicha bo'ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |