2.1.2-rasm. Mikroskopdan sanoq olish
chizig`i bitta geometrik o'qni tashkil etadi. Bu geometrik o'qqa asbobning (teodolitning) aylanish o'qi deyiladi. Ko'rish trubasining aylanish o'qi vertikal doiradagi limb va alidada markazidan o'tib, TT' chizig`ini, ya'ni ikkinchi geometrik o'qni tashkil etadi.
Teodolitlar, yuqorida aytilgan asosiy qismlardan tashqari, yana qo'shimcha moslamalar bilan jihozlangan bo'ladi. Slindrik adilak yordamida gorizontal doira tekisligini gorizontal holatga yoki boshqacha qilib aytganda, asbob aylanish o'qini vertikal holatga keltirish uchun taglikning uchta burchagiga ko'targich vintlari 6 o'rnatilgan (2.1.1-rasm). Gorizontal doiradagi limb o'qini taglikka mahkamlash uchun 19, alidada o'qini limb o'qiga mahkamlash uchun 8, truba o'qini mahkamlash uchun 9 raqamlari bilan shaklda ko'rsatilgan mahkamlash vintlari mavjud. Mahkamlash vintlari mahkamlangandan keyin limb o'qini biroz chapga yoki o'ngga burish uchun limbning qaratish vinti 7 dan, alidada o'qini ham shu tartibda burish uchun alidadaning qaratish vinti 11 dan, ko'rish trubasining o'qini esa, bir oz pastga yoki yuqoriga ko'tarish uchun trubaning qaratish vinti 10 dan foydalaniladi. Truba nuqtaga yoki predmetga optik vizir 16 bilan taxminan to'g`rilangandan keyin okulyar 13 dan qaralib, fokuslovchi vint (kremalera) 12 yordamida nuqta yoki predmet tasviri fokusga keltiriladi (ravshanlashtiriladi). Nuqta yoki predmet tasviri iplar to'rining kesishgan nuqtasiga to'g`ri kelmasa, unda u alidadaning va trubaning qaratish vintlari yordamida keltiriladi. Agarda gorizontal doiradagi kerakli sanoqni o'zgartirmasdan turib trubani nuqta yoki predmetga aniq vizirlash kerak bo'lsa, u holda alidada vintlari o'rniga limbning vintlaridan foydalaniladi. Gorizontal va vertikal doiralardan sanoq olish uchun
ko'rish trubasi yoniga mikroskop 14 o'rnatilgan. T30 teodoliti shtrihli mikroskop (2.1.2-a rasm), 2T30 (2T30P) teodoliti esa, shkalali mikroskop (2.1.2-b rasm) bilan jihozlangan. Mikroskop ko'rish maydonining „B“ harfi bilan belgilangan yuqori qismida vertikal doiradagi limb bo'laklari, „Г“ harfi bilan belgilangan pastki qismida esa, gorizontal doiradagi limb bo'laklari ko'rinadi. Shtrixli mikroskopda sanoq ko'rish maydonining o'rtasida joylashgan qo`zg`almas shtrix (sanoq olish indeksi) bo'yicha 10' li bo'laklarning 0,1 qiymatigacha, ya'ni 1' gacha aniqlikda olinadi. 2.1.2-a rasmda sanoq vertikal doiradan 358°27' , gorizontal doiradan 69°46' ekanligi ko'rsatilgan. Bunda avval sanoq olish indeksiga nisbatan chapda joylashgan gradus qiymati - vertikal doirada 358°, gorizontal doirada 69°, so'ngra shu gradus shtrihidan sanoq olish indeksigacha bo'lgan bo'laklar soniga mos minutlar qiymati - vertikal doirada 2,7 bo'lak, ya'ni 2,7' , gorizontal doirada 4,6 bo'lak, ya'ni 46' olingan. Shkalali mikroskopda, 2.1.2- b rasmda, uzunligi 1° ga teng bo'lgan shkala 6 ta katta va 12 ta kichik bo'laklardan iborat. Demak, shkalaning har bir katta bo'lagi qiymati 10' ga, kichik bo'lagi qiymati 5' ga teng. Sanoq shu shkala ichiga tushgan gradusli shtrixga nisbatan kichik 5' li bo'lakning 0,1 qiymatigacha, ya'ni 0,5' aniqlikda olinadi. 2T30 (2T30P) teodolitlarida vertikal doiradagi limbining faqat gorizontal diametri yaqindagi sektorlari 0° dan 75° gacha va 0° dan -75° gacha gradus bo'laklariga bo'lingan. Shu sababli vertikal doiradan sanoq olish uchun shkala chapdan o'ngga 0 dan 6 gacha, o'ngdan chapga 0 dan -6 gacha belgilanadi. Agar vertikal doiradagi gradus sanoqi musbat bo'lsa, shu gradus shtrixgacha shkaladagi bo'laklar soni musbat 0 dan; agarda gradus sanoqi manfiy bo'lsa, shu gradus shtrixgacha shkaladagi bo'laklar soni manfiy 0 dan hisoblanishi kerak. Vertikal doiradan olingan musbat sanoq oldiga „+“, manfiy sanoq oldiga „-“ ishoralari qo'yiladi.
2.1.2-b rasmda tasvirlangan shkalali mikroskopning ko'rish maydonida vertikal doiradan sanoq -2°26,5' , gorizontal doiradan sanoq 125°11,5' deb ko'rsatilgan. Bunda avval shkala ichiga tushgan shtrihning gradus qiymati - vertikal doirada -2°, gorizontal doirada 125°; keyin shu gradusli shtrixgacha shkaladagi 0 dan boshlab hisoblangan bo'laklarga mos minutlar qiymati - vertikal doirada 5,3 bo'lak, ya'ni 5' x5,3 = 26,5' (bo'laklar soni manfiy 0 dan hisoblangan), gorizontal doirada 2,3 bo'lak, ya'ni 5' x2,3 = 11,5' deb o'qilgan. Teodolit yo'lida gorizontal va vertikal burchaklarni o'lchashda, tafsilotlarni s'yomka qilishda, taxeometrik s'yomkani bajarishda sanoq aniqligi yetarli bo'lganligi sababli shkaladan katta 10' li bo'lakning 0,1 qiymatigacha, ya'ni 1' aniqlikkacha sanoq olishga ruxsat etiladi. Bu holda 2.1.2-b rasmda sanoqlar vertikal doiradan -2°27' , gorizontal doiradan 125°12' deb olinishi mumkin. Teodolit ish vaqtida g`ilof tubining markazidagi rezbali teshikka burab kiritiladigan o'rnatgich vint yordamida shtativ ustiga o'rnatiladi, ishdan tashqari paytda esa, qattiq plastmassadan yasalgan
g`ilof qopqog`i bilan g`ilof tubidagi quloqlarga ilintirilib, berkitib qo'yiladi va shtativ ustidan olib qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |