Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Savol va topshiriqlar
1. Janubiy Amerikaning Lotin Amerikasidan qanday farqlanishini aniqlang.
2. Janubiy Amerikaning neft-gaz va rangli metallarga boy bo‘lgan mamlakatlarini 
aniqlang va tahlil qiling.
3. Janubiy Amerikaning qaysi mamlakatlarida mahalliy hindular va qaysi mamlakatlarida 
yevropeoid irqiga mansub aholining eng ko‘p tarqalganligini va buning asosiy sa-
bablarini aniqlang.
4. Sanoat ishlab chiqarishining hududiy jihatdan monosentrik holda joylashishi sabablarini 
aniqlang va ular eng ko‘p qaysi mamlakatlarga xos?
5. Kofe, shakarqamish va banan yetishtiruvchi eng yirik mintaqa mamlakatlarini
aniqlang.
67-§. Braziliyaning umumiy iqtisodiy-geografik tavsifi
Tayanch iboralar
Federativ respublika, shtat, federativ hudud, selva, yer resurslari, hindular, 
yevropaliklar, metis, mulat, sambo.
braziliya – Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakatidir. U maydonining 
kattaligi va aholisining soniga ko‘ra jahonda 5-o‘rinni egallaydi. Umuman, 
maydoni 8547,4 ming km
2
, aholisi esa 201,0 mln. kishi (2013-y.). Davlat tu-
zumi – Federativ Respublika. Tarkibida 23 ta shtat mavjud. Shuningdek, alohida 
yana 3 ta federativ hudud va poytaxt atrofi hududlarini birlashtiruvchi 1 ta 
federativ okrug davlatning hududiy-ma’muriy tarkibini tashkil qiladi. Hududi
mineral tabiiy boyliklarga boy. Unda 50 ga yaqin mineral xomashyo resurslari, 
ayniqsa, rangli va qora metallarning boy konlari topilgan. Jahondagi eng yirik va 
tarkibi eng boy temir rudasi konlaridan hisoblanadigan Minas-Jerays va Karajas 
mamlakat iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Braziliya dunyo 
ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik marganes, boksit, polimetall konlariga ham 
ega. Uning hududida turli asl va nodir metall konlari ko‘p. Ammo u yoqilg‘i 
resurslarining bironta xiliga boy emas. 


193
Braziliyaning qulay tabiiy sharoiti tufayli hududining 2/3 qismi nam ekvato-
rial o‘rmon (selva)lar va tropik changalzorlar bilan qoplangan. Shu sababli Brazi-
liya jahonda o‘rmonga eng boy mamlakatlardan biridir.
Mamlakatning muhim tabiiy resurslari qatoriga suv va gidroenergetika 
boyliklari ham kiradi. Jahondagi eng sersuv Amazonka daryosi va uning 
irmoqlari, shuningdek, Tokantins, San-Fransisko, Parana kabi daryolari nihoyatda 
ulkan energetika quvvatlarini yashirib yotadi.
Braziliya yer resurslariga ham juda boy. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan 
foydali yer maydoni ko‘rsatkichiga ko‘ra u jahonda Avstraliya va Rossiyadan 
keyinda turadi. U agroiqlim resurslariga ham nihoyatda boy. Bularning hammasi 
Braziliyaning o‘ta ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Aholisi, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga yiliga 1,2 % ga o‘syapti. Aholisining 
etnik tarkibida 80 dan ortiq millat va etnik guruh qatnashadi. Bular orasida 
kelib chiqishi bo‘yicha yevropaliklar salmog‘i, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 
jami aholining 2/3 qismini tashkil qiladi. Keyingi katta etnik guruh metislar va 
mulatlardir. Hindular, asosan, Amazonka o‘rmonzorlari ichki qismida, negrlar esa 
mamlakatning shimoli-sharqiy rayonlarida ko‘proq tarqalgan.
Braziliya aholisi hududiy jihatdan ancha notekis joylashgan. Aholisining 
o‘rtacha zichligi har 1 km
2
maydonga salkam 24 kishidan to‘g‘ri kelgani holda, 
uning 90 % i jami hududining 2/5 qismida joylashgan. Mamlakat aholisining 
yarmidan ko‘pi jami hududining 7 % ini tashkil qiladigan torgina okeanbo‘yi 
hududlarida yashaydi. Shu bilan birga, Braziliyaning yarmidan ko‘proq maydonini 
tashkil qiladigan g‘arbiy rayonlarida jami aholisining atigi 5 % igina yashaydi.
Braziliya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi – 
aholisining 86,9 % i shaharlarda yashaydi. Unda 7 ta «millioner» shaharlar mavjud 
bo‘lib, San-Paulu va Rio-de-Janeyro jahonda eng yirik shaharlar qatoridan o‘rin 
oladi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish