Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

ichki tafovutlari
. Iqtisodiy rivojlanish darajasi va ishlab chiqarish ixtiso si-
ga ko‘ra nisbatan yaxshi (Shimoliy, Sharqiy va Janubiy Qozog‘iston) va nisbatan 
kam o‘zlashtirilgan (G‘arbiy va Markaziy Qozog‘iston) rayonlari ajralib turadi.
Amaliy ish
1. Yozuvsiz xaritada Qozog‘istonning regionlari va ma’muriy-hududiy bo‘laklarini 
belgilang.
2. Qozog‘istonda mavjud bo‘lgan boy tabiiy resurslar nomlarini daftaringizga yozib oling.
Savol va topshiriqlar
1. Qozog‘iston Respublikasi ko‘rsatkichlariga yaqin 5 davlatni aniqlang, ularni bir-biriga 
taqqoslang.
2. Qozog‘istonda iqlim ko‘rsatkichlarini tahlil qiling, qaysi rayonlarida tabiiy nam 
asosida bahorikor dehqonchilik bilan shug‘ullanish mumkin ekanligiga baho bering.
3. Nima uchun Qozog‘iston aholisi so‘nggi yillarda son jihatdan kamaya boshladi? 
Sabablarini aniqlang.
4. Qanday mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi 
o‘rinni egallaydi, degan savolga javob toping.
5. Yoqilg‘i-energetika sanoatining hududiy joylashishidagi nomutanosiblikni tahlil qiling 
va xulosalaringizni daftaringizga yozing.
40-§. Qirg‘iziston Respublikasi
Tayanch iboralar
Tog‘ mamlakati, ixtisoslashuv, kenglik yo‘nalishi, adir, gidroenergiya resurslari
agrar-industrial.
Qirg‘iziston Respublikasining milliy mustaqilligi 1991-yilning 30-avgustida 
e’lon qilingan. U tipik baland tog‘ mamlakatidir. Ishlab chiqarish kuchlarining 
ixtisoslashuvi va hududiy joylashuvida tog‘lar katta rol o‘ynaydi.
Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
Qirg‘iziston hududining 90 % idan 
ko‘prog‘ini, asosan, kenglik yo‘nalishida joylashgan tog‘lar egallaydi. Bular 
respublika hududining shimolida Tyanshan va janubi-g‘arbida Oloy tog‘laridir. 
Adirlik va tog‘ oraliqlari umumiy maydonning 10 % ini tashkil qiladi. 


133
Tabiiy resurslari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ko‘mir zaxiralari mavjud. 
Shuningdek, surma, simob bilan yaxshi ta’minlangan, istiqbolli polimetall, oltin 
konlariga ham ega. Gidroenergiya zaxiralariga ancha boy.
Aholisi
. So‘nggi bir asr davomida uning aholisi 5 baravarga ko‘paydi va 
2013-yilda 5,5 mln. kishini tashkil etdi. Milliy tarkibiga ko‘ra aholining 60 % 
dan ko‘prog‘i qirg‘izlar, 1/5 qismi ruslar, 10 % dan ko‘prog‘i o‘zbeklar hissasiga 
to‘g‘ri keladi.
Aholisining 70 % idan ko‘prog‘i balandligi 1500 m gacha bo‘lgan tog‘oldi 
tekisliklari va vodiylarda joylashgan. Aholining o‘rtacha zichligi har 1 km
2
ga 28 
kishidir. Aholisining 34,5 % i shaharlarda yashaydi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish