Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Savol va topshiriqlar
1. Markaziy Osiyoning hududi, chegaralari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari haqida 
bilganlaringizni gapirib bering.
2. Bu hududning aholisi haqida so‘zlab bering.
3. Xo‘jaligi va sanoatiga ta’rif bering. Sanoatning qaysi tarmoqlari rivojlangan? 
Sabablarini tushuntirib bering.
39-§. Qozog‘iston Respublikasi
Tayanch iboralar
Keskin kontinental, cho‘l, ko‘mir, neft, rangli metallar, fosforitlar, lalmi yerlar
bahorgi bug‘doy.
Markaziy Osiyo mintaqasining shimoliy va markaziy hududlarida joylashgan. 
Qozog‘iston Respublikasining milliy mustaqilligi 1991-yilning 16-dekabrida 
e’lon qilingan. Maydoniga ko‘ra jahonning 9-yirik mamlakatidir. U mintaqa 
hududi ning 2/3 qismini egallaydi.
Respublikaning iqlimi keskin kontinentaldir.
Qozog‘iston tabiiy resurslar bilan yaxshi ta’minlangan mamlakatlardan 
biridir. U qo‘rg‘oshin va rux, xrom va vanadiy, volfram va kumush kabi boy-
liklar zaxiralariga ko‘ra jahondagi ko‘plab yirik mamlakatlar qatorida turadi. 
Shuningdek, respublika mis, molibden, boksit, ko‘mir, neft, fosforit, temir 
rudasiga ham ancha boydir. Ko‘mir konlaridan Qarag‘anda, Ekibastuz; neft 
konlaridan Tengiz, Qorachig‘anoq; temir rudasi konlaridan Kustanay; mis 
konlaridan Jezqazg‘an; polimetall konlaridan Sharqiy Qozog‘iston; fosforit 
konlaridan Qoratov kattaligi va ahamiyati bilan alohida ajralib turadi.
Qozog‘iston yer resurslariga ham juda boy. Jami hududining 80% dan 
ko‘prog‘i qishloq xo‘jaligida foydalaniladi. Unda, ayniqsa, yaylov va pichan-
zorlar hissasi eng katta. Ishlov beriladigan maydonlar (ekin maydonlari) 35 
mln. ga ni tashkil qiladi. Bu boshqa Markaziy Osiyo respublikalarining jami 
ekin maydonlariga nisbatan 4 marta katta. Shu bilan birga Qozog‘istonda suv va 
o‘rmon boyliklari sezilarli darajada taqchildir. Bularning bari respublikaning juda 
katta iqtisodiy rivojlanish salohiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi.


131
Aholisi.
Qozog‘iston aholisining soni jihatidan mintaqada O‘zbekistondan 
keyinda turadi. Hozirgi vaqtda aholisining xususiyatlariga ko‘ra Qozog‘iston: 
ko‘p millatli; tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari ancha past; qayta ko‘chib ketuvchilar 
hisobiga aholi soni past sur’atlarda o‘sayotgan respublika hisoblanadi. Uning 
aholisi 1997-yildagi 16,7 mln. kishidan 2013-yilda 18,0 mln. kishiga yetdi.
Shu bilan birga, Qozog‘iston mintaqada aholisi eng siyrak joylashgan 
respublikadir. Hozirgi vaqtda har 1 km
2
maydonga salkam 7 kishi to‘g‘ri keladi. 
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda aholining urbanizatsiya ko‘rsatkichlari yuqoriligi 
bilan ham ajralib turadi. Hozirgi aholisining 58,8% i shaharlarda yashaydi.
Xo‘jaligi 
industrial-agrar xarakterga ega. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan 
keyingi yillarda sanoat tarmoqlari tez sur’atlar bilan rivojlantirildi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish