127
Sibir hududlaridan keyin uchinchi mintaqadir. Qozog‘iston,
Turkmaniston
va O‘zbekiston Respublikalari bu xildagi tabiiy boyliklarga boy. Bu res-
publikalarning Kaspiybo‘yi pasttekisliklari, janubi-g‘arbiy cho‘l
hududlarida
xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yirik neft va gaz konlari joylashgan. Markaziy
Osiyo toshko‘mir (Qozog‘iston) va qo‘ng‘ir ko‘mir (Qozog‘iston, O‘zbekiston)
ga ham ancha boy. Shuningdek, bu o‘lka xilma-xil qora va rangli metall
rudalari (temir,
marganes, xrom rudalari, mis, polimetall, oltin, uran,
simob
kabilar) bilan ancha yaxshi ta’minlangan. Bunday tabiiy resurslar zaxiralariga
ko‘ra Qozog‘iston va o‘zbekistonning imkoniyatlari juda katta. subregion
respublikalaridan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston
turli kimyoviy
mineral resurslar (tuzlar, fosforit, oltingugurt) bilan ham yaxshi ta’minlangan.
Tog‘li Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalari esa relyefi tufayli gidroenergetika
resurslariga ancha boy.
Aholisi.
Markaziy Osiyo aholisi so‘nggi oltmish yil ichida,
Ikkinchi jahon
urushi yillaridagi katta yo‘qotishlarga qaramay, salkam 3 baravar ko‘paydi
hamda 2013-yilning iyul oyiga nisbatan 70,0 mln. kishiga yaqinlashdi. Bu jahon
aholisining o‘rtacha o‘sish sur’atlaridan birmuncha yuqoridir. Mintaqada aholining
son jihatdan o‘sishida tabiiy ko‘payish jarayoni asosiy omildir. Unda migratsion
harakatlar ham muhim rol o‘ynaydi. Mintaqa respublikalarida demografik holat
bir xil emas. Aholisining tarkibida ruslar va boshqa yevropalik millatlar hissasi
katta bo‘lgan Qozog‘iston va Qirg‘izistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlari ancha
past. Aholisi asosan tub millatlardan tarkib topgan Tojikiston, Turkmaniston
va O‘zbekiston respublikalarida aholining tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari ancha
yuqoridir. Bu holat mazkur respublikalar aholisining dinamikasiga katta ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Mintaqa davlatlarida aholining o‘rtacha zichlik ko‘rsatkichlari ham tur li-
chadir. Aholining bu ko‘rsatkichlari har 1 km
2
maydonga o‘zbekistonda 67
kishini, Tojikistonda 54
kishini tashkil qilgani holda, Qozog‘iston (7 kishi) va
Turkmaniston (12 kishi) ancha past ko‘rsatkichga ega. Shu bilan birga aholisi eng
zich (Farg‘ona vodiysida 650 kishi) va eng siyrak (Markaziy Qozog‘istonda 1–2
kishi) hududlar orasida ham katta tafovutlar bor.
Markaziy Osiyo mintaqasida urbanizatsiya darajasi ham yuqori emas. Shahar
aholisining salmog‘i Qozog‘istonda 58,8 % dan, Tojikistonda 26,4 % gacha
farqlanadi. Unda aholisi milliondan ortiq shaharlar faqat Toshkent (2,3 mln.)
va Almati (1,3 mln.)dir. Urbanizatsiya darajasining pastligi (mintaqa bo‘yicha
o‘rtacha 49,3%) respublikalarda industrial rivojlanish holati va iqtisodiyotda
agrar tarmoqlar ahamiyatining qay darajadaligi bilan bog‘liqdir.