23-rasm. Oqsilda peptid bo’g’larining hosil bo’lishi
| Ko`p oqsillarda polipeptid zanjirlar qiyshayib, o`ziga xos ravishda o`raladi va noto`g`ri dumaloq strukturaga – globulaga aylanadi. Mana shunday tartibda oqsilni uchlamchi strukturasi shakllanadi. Globulani mustahkamligi aminokislotalarni radikallari orasida shakllanadigan har xil bog`lar (disulfid, ion, vodorod va gidrofob) bilan ta’minlanadi.
Oligomer (multimer) oqsillar to`rtlamchi strukturaga ega bo`ladi. Bunday oqsillar bir necha polipeptid bog`laridan iborat bo`ladi. Polipeptidlar o`zaro gidrofob munosabatlar, vodorod va ion bog`lari orqali bog`lanadi.
Genomika, proteomika va metabolomika
Genomika – molekulyar genetikaning tirik organizmlar genomini va genlarini o’rganishga bag’ishlangan bo’limi bo’lib, maxsus yo’nalish sifatida tirik organizmlarning ayrim turlari genomlarini tartiblashtirish bo’yicha birinchi loyihalar paydo bo’lishi bilan birga 1980 va 1990 yillarda paydo bo’ldi. Birinchi bo’lib 1977 yilda, 5368 nukleotid ketma-ketlik uzunligiga ega bo’lgan C-X174 bakteriofagining genomi to’liq o’raganilgan va tartiblangan.
Genom – bu organizm hujayrasida joylashgan irsiy materiallarning to’plamidir. Odamlarda- Homo sapiens genom yadroda joylashgan 23 juft xromosomadan, shuningdek mitoxondriyal DNKdan iborat. Yigirma ikkita autosomal xromosoma, ikkita jinsiy xromosoma X va Y, inson mitoxondriyal DNKsi taxminan 3,1 milliard baza juftini o’z ichiga oladi. Gen bu tirik organizmlar irsiyatining tarkibiy va funktsional birligi bo’lib, ma’lum bir polipeptid yoki funktsional RNKning ketma-ketligini belgilaydigan DNK ketma-ketligi hisoblanadi. Genlar aniqrog’i, genlarning allellari ko’payish jarayonida ota-onadan naslga o’tadigan organizmlarning irsiy xususiyatlarini aniqlaydi. Shu bilan birga, ba’zi organoidlar mitoxondriya, plastidalar organizm genomiga kirmaydigan xususiyatlarini aniqlaydigan DNKlariga ega bo’ladi.
Genetik ma’lumot genlardagi DNK yoki RNK molekulalarining maxsus funktsional hududlarida nukleotidlar ketma-ketligi – genetik kod yordamida kodlangan oqsillarning tuzilishi haqidagi ma’lumotdir. Genetika, genomika yoki gen muxandisligida olib boriladigan tajribalar ma’lum model yoki muhitda o’tkaziladi.
In vitro lotincha so’zdan olingan bo’lib, “probirka ichida” ma’nosini anglatadi – bu tajribalarni o’tkazish texnologiyasi, tajribalar “sinov probirkasida” – tirik organizmdan tashqarida o’tkaziladi. Umumiy ma’noda, bu atama in vivo jonli organizmga odamlarda yoki hayvonot modelida eksperimentga qarshi holda olib boriladi. Molekulyar biologiya, biokimyo, farmakologiya, tibbiyot, genetika va boshqalar bilan bog’liq ko’plab tajribalar organizmdan tashqarida, tirik hujayralar kulturasida yoki hujayrasiz modelda amalga oshiriladi.
In vivo lotin so’zidan olingan bo’lib- so’zma-so’z “tiriklikda” ma’nosini anglatadi, ya’ni tajribalar “tirik organizm ichida” yoki “hujayra ichida” olib boriladi.
Amplifikatsiya- lotincha “amplification” – kuchaytirish, ko’payish, molekulyar biologiyada – xromosoma DNK qismlarining qo’shimcha nusxalarini shakllantirish jarayoni, odatda tarkibida ba’zi genlar yoki strukturaviy geteroxromatin segmentlarini ko’paytirish tushuniladi. Amplifikatsiya – bu o’sma hujayralarining rivojlanishi paytida onkogenlarning faollashuv mexanizmlaridan biri, masalan, neyroblastomaning rivojlanishi paytida N-myc onkogen bolalarda to’qima saratonining eng keng tarqalgan shaklini misol keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |