Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

6.
 
Populyatsiyalardagi o`zgaruvchanlikning safarbarlik rezervi. 
 
Jinsiy ko`payish populyatsiyadagi irsiy belgi — xossalar xilma-xil bo`lishini 
ta’minlaydi. Olib borilgan hisoblarga qaraganda, agar chatishtirishda qatnashayotgan 
ikkita organizm xromosomalari 10 ta lokusi bilan farq qilsa, har bir allel to`rt 
imkoniyatni o`zida namoyon etsa, ularning naslida 10 milliard organizm har xil 
genotipga ega bo`ladi. Lekin populyatsiyadagi organizmlarning soni kamligi tufayli 
bu imkoniyat ro`yobga chiqavermaydi. Populyatsiyadagi genotipning geterogenlik 
holati mutatsiya jarayoni va chatishish bilan saqlanib boradi. Buning natijasida 
populyatsiya va tur moslashish uchun faqat hozirgi vaqtda hosil bo`lgan irsiy 
o`zgarishlardan emas, balki bir vaqtlar vujudga kelgan va uzoq vaqt yashirin 
holatdagi irsiy o`zgarishlardan ham foydalanish imkonini beradi. Shu nuqtai 
nazardan olganda, populyatsiyaning genotip tomondan geterogenligi irsiy 
o`zgaruvchanlikning «safarbarlik rezervi» bo`lib xizmat qiladi. 
Populyatsiyada ikki yoki undan ko`p belgilar bilan genetik tomondan uzoq vaqt 
farq qiluvchi formalarning muvozanat holatdagi mavjudligi 
polimorfizm 
deb 
ataladi. Populyatsiya ichidagi bunday polimorfizm Ukrainada tarqalgan olaxurjun 
sichqonlardagi oddiy va melonistik (qora), shuningdek, ikkita holli tugmacha 
ko`ng`izning qora va qizil rangli, primulaning uch xil gul tuzilishiga ega bo`lgan 
formalarida, shuningdek, gulli o`simliklar, qushlar, sut emizuvchilarning xilma-xil 
turlarida ko`zga tashlanadi. Polimorfizm xilma-xil ko`rinishi va paydo bo`lishi hamda 
saqlanishi bilan birga geterozigotali va adaptatsiyali formalarga bo`linadi. 
Geterozigotali polimorfizm
 
drozofila melangasterda 
yebony 
(tananing 
qoramtirligi) mutatsiyasiga ega populyatsiyalarda o`rganilgan. Mazkur mutatsiyaga 
ega populyatsiya kuzatilganda, mutatsiyasi bor drozofilalar bo`g`indan-bo`g`inga 
kamayib, o`ninchi bo`g`inga kelganda 10% qolganligi aniqlangan. Bunday holat 
gomozigota formalarning nobud bo`lishi va geterozigota formalarning yashab qolishi 
bilan uzviy bog`liq. Xardi — Vaynberg qonuniga ko`ra, har bo`g`inda geterozigota 
erkak va
 
urg`ochi formalarning qo`shilishi natijasida gomozigota mutant formalar 
hamda mutatsiyaga ega bo`lgan gomozigota formalar va nihoyat, yashirin holda 


129 
yebony mutatsiyali geterozigota formalar hosil bo`ladi. Bu uch imkoniyatdan 
geterozigota formalar har bo`g`inda ko`proq yashab qoladi. Keltirilgan misoldan 
ko`rinib turibdiki, geterozigotali polimorfizm populyatsiyaga bevosita emas, balki 
bilvosita, tabiiy tanlanish orqali ta’sir etishi mumkin, chunkn tabiiy tanlanishda har 
bo`g`inda geterozigota formalar saqlanib, 
yebony
mutatsiyali gomozigota formalar 
qirilib ketadi (22-rasm).
Tabiiy tanlanish ta’sirida polimorfizmning ikkinchi xili, ya’ni adaptatsiyali 
polimorfizm ham namoyon bo`ladi. Bu holatda populyatsiya ichidagi genetik 
tomondan farq qiladigan ikki xil yoki undan ortiq formalar turli ekologik 
sharoitda tabiiy tanlanish yo`li bilan saralana boradi. Adaptatsiyali polimorfizmni 
ikkita holli tugmacha qo`ng`izning qizil va qora rangli formalarida ko`rish 
mumkin. Populyatsiyadagi aytib o`tilgan holatni 10 yil davomida kuzatish 
natijasiga ko`ra, qishki uyquga kirishdan oldin qora rangli formalar 50% dan 70% 
gacha bo`lib, qishki uyqudan so`ng ularning soni kamayib, 30—45% ga tushib 
qolgan. Aksincha, qizil rangli formalar kuzda 50% dan kam bo`lganligi, bahorda 
esa ularning soni populyatsiyadagi umumiy organizmlar sonining 50% dan ortig`ini 
tashkil etganligi ma’lum. Chunki bu qo`ng`izning qizil rangli formalari kuz paytida 
son jihatdan qora rangli formalariga nisbatan oz bo`lsada, biroq ular qish-qirovli 
kunlari sovuqqa ko`proq chidaydi va kam qiriladi. Bahorga kelib ularning soni qora 
rangli formalarga qaraganda populyatsiyadagi organizmlarning ko`pchiligini tashkil 
etadi (23-rasm). Lekin bahor va yoz oylarida ular kam urchiydi va kuzga borib, 
ularning soni qora rangli formalarga qaraganda yana ham kamayadi. 
22-rasm.
 Drozofila melangasterda yebony mutatsiyaga ega geterozigota forma-
larning ikkala gomozigota formalarga nisbatan birmuncha hayotchanligining ortishi. 
Qora rangli formalari esa qishda sovuqqa chidamasligi sababli ko`proq 
qirilsa ham, yozda jadal urchiydi. Bunday holatda tabiiy tanlanish qishda ko`proq 
qizil rangli qo`ng`izlarning, yozda esa qora rangli qo`ng`izlarning saqlanishiga 
yo`nalgandir. 
Har qanday populyatsiya tarkibiga kiruvchi individlar irsiyat jihatidan geterogen 
bo`lishiga qaramay, dinamik muvozanatda bo`lgan murakkab genetik sistemaga ega. 
Odatda, individlarni soni kam bo`lgan populyatsiyalar uzoq vaqt yashab 


130 
qololmaydi. Bunga asosiy sabablardan biri, kelib chiqishiga ko`ra yaqin bo`lgan 
formalarning chatishishi natijasida gomozigota organizmlarning vujudga kelishi va 
ular hayotchanligining pasayishidir. Organizmlar soni yetarli bo`lganda va genetik 
tomondan har xil formalar chatishgan taqdirdagina populyatsiyaning geterogenligi 
bir butun sistema sifatida saqlanadi.
23-rasm.
 Ikki nuqtali tugmacha qo`ng`iz populyatsiyasida adaptatsiyali polimorfizm: 
a— qo`ng`izlar qora va
 
qizil formalarining bahor (B) va kuzdagi (K) protsent 
miqdori; b — qora rang hosil qiluvchi dominant genning takrorlanishi
 . 
Na alohida individ, na alohida oila yoki ularniig guruhi bunday xossaga ega 
bo`lmaydi. Shunday qilib, har bir populyatsiyaning genetik xarakteristikasi 
deyilganda, turg`un irsiy geterogen populyatsiyaga kiruvchi ayrim genotipga ega 
organizmlarning ichki genetik birligi va dinamik muvozanati tushuniladi.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish