23
Iler fikriga ko`ra analogik organlar organizmda muayyan o`rin egallaydi.
Ularning
tuzilishini o`rganish mumkin.
Hayvonlarning bir reja asosida tuzilganligini isbotlash uchun olim qiyosiy
embriologiyadan ham foydalandi. Sent-Iler baliqning kalla suyagini sut emizuvchilar
embrionining kalla suyagi bilan o`zaro taqqoslab, ularda suyaklanish markazlari,
suyaklarning joylanishi bir tipda ekanligini qayd qiladi. Embriologik tadqiqotlar
tufayli kit va parranda embrionining jag`larida boshlang`ich tishlar bo`lishini ham
aniqladi. U ana shu dalillarga asoslanib, voyaga yetgan organizmlarda u yoki bu organ
yohud qismlarning bo`lmasligi reduksiya natijasidir, degan xulosaga keldi.
Uning
fikricha, umurtqali hayvonlarning bir reja asosida tuzilganligini rudimentar organlar
misolida ham isbotlash mumkin. Avstraliya tuyaqushi — kazuar qanotining teri osti
rudimenti, odamda uchinchi qovoq borligi rudimentar organlarga misol bo`ladi. Sent-
Iler hayvonlarning organi «muvozanat prinsipi» asosida o`zgarishini, ya’ni har bir
hayvonda barcha organlar kurtagi mavjudligini, muhit ta’siriga qarab, ular orasidan
ba’zi
organlar kuchli, boshqalari kuchsiz rivojlanishini, boshqa organlar hisobiga
ba’zi organ kuchli rivojlanishi yoki rivojlanmay qolishini ta’kidlaydi. Masalan,
baqaning individual rivojlanishida jabrasi reduksiyalanishi hisobiga o`pkasi kuchli
rivojlanadi va hokazo.
U organizmlarning o`zgarishida tashqi muhit nihoyatda katta rol o`ynashini
ko`rsatib, mevali bog`larda ba’zi yillari nokning mevasi shirin yirik bo`lsa,
boshqa yillarda, aksincha, mayda va nordon bo`lishini bu o`zgarishlar
bir necha
asr davom etsa, organik formalar ancha keskin va keng ko`lamda o`zgarishini, bir
xil formadan boshqa xil formalar kelib chiqishini qayd qildi. Sent-Iler yer
yuzida doimiy o`zgarish bo`ladi, natijada har xil geologik davrlarga mansub
hayvonlar vujudga keladi, deb e’tirof qildi. Uning fikricha, organizmlar asta-
sekin o`zgaradi, ayrim hollarda esa o`zgarish to`satdan, ya’ni sakrash yo`li bilan
ham vujudga kelishi mumkin. Buni isbotlash uchun u jabra bilan nafas oladigan
itbaliqning suvdan quruqlikka o`tishi natijasida birdaniga o`pka bilan nafas ola-
digan baqaga aylanishini misol qilib keltiradi. Sent-Iler
shu singari dalillarga
asoslanib tabiatda barcha hayvonlar o`xshash prinsip asosida tuzilgan, lekin
ular qismlari bilan bir-biridan farq qiladi, deb ta’kidlaydi. Bu g`oyaning
to`g`riligini isbotlash maqsadida u tamomila noto`g`ri misollarga ham murojaat
etdi. Masalan, bo`g`imoyoqlilar o`zgargan umurtqali hayvonlardir,
umurtqalilarda
nerv sistemasi tanasining orqa, bo`g`imoyoqlilarda esa qorin
tomonida joylashgan, agar bo`g`imoyoqlilar to`nkarilsa, umurtqali hayvonlarga
o`xshash bo`lishi mumkin degan xulosaga keldi. Uning hasharotlarning segmenti
umurtqali hayvonlarning umurtqasi bilan, oyoqlari esa qovurg`asi bilan o`zaro
o`xshash, degan mulohazalari hech bir dalilga asoslanmagan xato fikr edi.
Albatta, o`sha davrda barcha hayvonlar
bir reja asosida tuzilgan, umurtqasiz
hayvonlar bilan umurtqali hayvonlarning tuzilishi o`xshash, degan fikrlarni asoslash
uchun dalillar etarli emas edi. Faqat XIX asrning oxiriga kelib, rus olimlari
A.O.Kovaleskiy,
I.I.Mechnikovlarning
embriologiya
sohasidagi
tadqiqotlari
natijasida umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning kelib chiqishi bir ekanligi
isbotlab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: