Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

5.
 
J. Kyuvening qiyosiy anatomiya va paleontologiyadagi ishlari. 
Jorj Kyuve (1769—1832) zoologiya, qiyosiy anatomiya, paleontologiya 
asoschisi sifatida katta kashfiyotlar qildi. Kyuve hayvonlar morfologiyasiga 
yangicha yondashdi. Uning fikriga ko`ra, morfologiya fanining asosiy vazifasi 
hayvonlar tuzilishini oddiygina tasvirlash bo`lmay, balki uning qonuniyatlarini 
ochishdan iborat. 
U qiyosiy anatomiyaning shakllanishini nihoyasiga yetkazdi. Taqqoslash 
usulidan foydalanib, korrelyatsiya prinsipini kashf etdi. Bu prinsipga ko`ra, har 
qanday tirik mavjudot bir butun sistema bo`lib, uning barcha qismlari va 
organlari bir-biriga mos funksiyasi bo`yicha o`zaro bog`liqdir. Binobarin, 
organizm esa o`zaro bog`liq organlarning birgalikda yashash natijasidan iborat. 
Mabodo, hayvonning hazm sistemasi go`shtni hazm qilishga moslashgan bo`lsa, 
jag`lari o`ljani tutib turishga va yeyishga, tirnoqlari uni ushlashga va burdalashga, 
tishlari kesish va maydalashga moslashgan bo`lishi kerak. Bunday hayvonning 
organlar sistemasi o`ljani poylab, tutib olishga, sezgi organlari uni uzoq masofadan 
payqashga moslashgan bo`ladi va hokazo. Tuyoqli hayvonlarda boshqacha 
korrelyatsiyani ko`rish mumkin. Ularda o`ljani tutib olish organlari bo`lmaganligi 
uchun ular o`txo`r bo`lishi kerak. Jag`lari yon tomonga gorizontal harakat qilishi, 
tishlari yassi koronkali, urug` va o`tni ezishga moslashgan bo`lishi kerak.
 


22 
 
J.Kyuve.
Organlarning 
korrelyatsiyasi 
tarixiy 
rivojlanish natijasidir, deb qaralgandagina, u 
to`g`ri hal qilingan bo`ladi. Biroq Kyuve 
korrelyatsiya prinsipini asoslashda teleologiya 
oqimiga tayanadi va har bir organ va uning 
tuzilishi ma’lum maqsadni amalga oshirish 
uchun 
yaratilgan, 
deb 
uqtiradi. 
Shunga 
qaramay, u ilgari surgan korrelyatsiya prinsipi 
katta ilmiy va nazariy ahamiyatga ega bo`ldi. 
Kyuve «yashash sharoiti» prinsipini ham ilgari 
surdi. Bu prinsipga ko`ra, har bir hayvon 
muayyan sharoitda yashashni ta’minlaydigan 
organ va belgilarga ega. Boshqacha aytganda, u 
har bir hayvon ma’lum maqsad bilan muayyan 
sharoitda 
yashash 
uchun 
yaratilgan, 
deb 
uqtiradi. Binobarin, Kyuve organizm bilan muhit 
o`rtasidagi 
munosabatni, 
organizmlarning 
muhitga moslashganligini teleologiya nuqtai-
nazaridan tushuntirishga harakat qiladi. 
Kyuvening fan sohasidagi yutuqlari tabiiyatsunoslikning rivojlanishi uchun, 
evolyutsion g`oyalarni asoslash uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi. Lekin u o`zi 
to`plagan dalillaridan ilmiy xulosalar chiqarmay aksincha organik dunyo 
o`zgarmas organizmlar tuzilishidagi moslanishlar azaliy deb, kreatsionistik, 
teleologik g`oyalarni ilgari surdi va transformistik, evolyutsion qarashlarning 
dushmani bo`lib qoldi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish