Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

2.
 
Lamark ta’limotida tabiiy sistema va tur muammolari. 
Lamarkning asosiy maqsadi tabiat hodisalarini o`zaro bog`liq holda, ya’ni 
ularning haqiqiy tartibini ifodalaydigan tabiiy munosabatlarni o`rganishdan iborat 
bo`lgan. Sun’iy ravishda tuzilgan sistemalar esa tabiatni o`rganishga salbiy ta’sir 
ko`rsatgan, xolos. Tabiatdagi haqiqiy tartibni kashf etish deganda, Lamark 
organizmlar qon-qarindoshligini ifodalovchi genetik munosabatni, genealogik 
klassifikatsiyani tushunadi, Organizmlar orasidagi genetik munosabat qancha uzoq 
bo`lsa, ular o`rtasidagi umumiylik ham shuncha kam bo`ladi. Organizmlar tashqi 
tomondan ko`p yoki oz o`xshashligiga qarab turlar, avlodlar, turkumlar, sinflarga 
birlashtiriladi. Bunday usulda guruhlash, albatta, organizmlarni o`rganish bilan 
bog`liq bo`lsada, tabiiy holatni aks ettirmaydi, shu sababli ham bu tarzda 
guruhlash sun’iy va shartli hisoblanadi. Lamark fikricha, sinf, turkum, avlod, tur 
kabi sistematik kategoriyalar sun’iy, real emas. Tabiatda faqat individlar real
xolos. 
Lamark hayvonot olamidagi tabiiy tartibni aniqlashni, o`z oldiga maqsad 
qilib qo`ygan va shu sababli organizmlarning qon-qarindoshligiga asoslangan 
genealogik klassifikatsiyani ilgari surgan. Agar tabiatda turli sinflar, turkumlar, 
oilalar o`rtasida keskin chegara bo`lmasa, tabiiyki, hamisha tur orasida ham 
chegarani topish qiyin. Shunga ko`ra, ba’zan tabiyotsunos olimlar bir-biriga yaqin
turlar chegarasini aniqlashda qiyinchilikka duch keladilar. Masalan, lishayniklar, 
ituzum, geran, tungi kapalaklar, pashsha, kuya, yaydoqchilar, uzun tumshuqlilarning 
bir-biriga yaqin turlari o`rtasiga keskin chegara qo`yib bo`lmaydi. Bu qiyinchilik 
muayyan turlarga kiradigan individlar o`zgarishidan, turlar, tur xillari o`rtasida 
oraliq formalar bo`lishidan, turlar doimiy harakatda va rivojlanishda ekanligidan 
dalolat beradi. Turlar o`zgarganligi sababli tabiatda faqat ko`z ilg`amaydigan 


27 
oraliq formalarga ega qator individlar mavjud. Turlar orasida ba’zan uzilish 
bo`lishini Lamark to`plangan materiallarning kamligi bilan izohlaydi.
Tur xillari, kenja turlarning mavjudligi ham
 
turlarning doimiy emasligidan, 
ularning o`zgaruvchanligidan dalolat beradi. Lamark fikriga ko`ra, tabiatda turlar 
juda sekinlik bilan o`zgaradi. Shu sababli ham uni kuzatish qiyin, inson turlarning 
o`zgarish jarayonini emas, balki natijasini biladi, xolos. Lamark turlarning 
o`zgarmasligi haqidagi fikr noto`g`riligini isbotlash maqsadida inson umri juda qisqa, 
turlarning o`zgarishi esa uzoq muddatli jarayon, deb uqtiradi. 
Turlar o`zgarishida vaqt asosiy omil sifatida muhim ahamiyatga ega. Lamark 
turlar doimiy, ular orasida keskin chegara bor, degan kreatsionistik tushunchaning 
noto`g`riligini isbotlashni asosiy maqsad qilib qo`ygan bo`lsada, lekin bu muammoni 
hal etishda metafizik qarashlardan to`liq uzoqlasha olmadi. U tabiatda haqiqatan 
ham turlar o`rtasida real chegara borligini tushuntirish o`rniga bunday reallikni 
inkor etdi. Uning fikricha, tabiatda individlar nobud bo`ladi, lekin turlarning tabiiy 
o`limi yuz bermaydi. Ular muhit sharoitiga muvofiq o`zgaradi, xolos. 
3.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish