Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Fiziologik moslanish
dinamik va statik xillarga bog`lanadi. Dinamik 
moslanishda organizm shaxsiy hayotining turli bosqichlarida atrof – muhitdagi tuz, 
namlik, temperatura o`zgarishlariga nisbatan moddalar almashinuvi birmuncha 
o`zgargan holda o`z turg`unligini saqlaydi. Statik moslanish fiziologik turg`unlikni 
saqlashga qaratilgan. Agar statik moslanishga fiziologik turg`unlik ro`y bersa, 
aksincha, dinamik moslanishda moddalar almashinuvini o`zgartirish orqali tashqi 
muhitning salbiy ta’siri kamaytiriladi. 
Bioximiyaviy moslanish
fermentlar yordamida hujayra, organlar, organizmdagi 
bioximiyaviy reaksiyalarning tartibga solinishiga asoslanadi. Oqsillar, uglevodlar, 
yog`larning va boshqa organik kislotalarning sintezlanishi, parchalanishi orqali 
moddalar almashinuvining boshqarilishi bioximiyaviy moslanishga misol bo`ladi. 
Bioximiyaviy moslanishlar tashqi muhit omillariga bog`liq holda har xil kechadi. 
Chunonchi, quruqlikda yashaydigai umurtqasizlar, sudraluvchilar, sut emizuvchilarda 
ammiak siydik kislota holida tashqi muhitga ajraladi, suvda yashaydigan hayvonlarda 
nafas olish davrida butun tanasi orqali ajralib, suv bilan tezda yuvilib ketadi. 
Etologik moslanish
umurtqasiz yuksak va umurtqali hayvonlar taraqqiyotining 
barcha bosqichlarida kuzatilib, hayvon xatti-harakatining barcha tomonlarini qamrab 
oladi. Bunga oziq topish va to`plash, yirtqichlardan himoyalanish, ob-havo noqulay 
kelgan vaqtda o`zini panaga olish, jinsiy qo`shilish davridagi xatti-harakatlar, naslni 
himoya qilish kabi moslanishlar kiradi. Etologik moslanish tug`ma va yashash davrida 
orttirilgan bo`ladi. 
4.
 
Tur doirasidagi moslanishlar. 
Organizmlarning moslanishidan tashqari, tur doirasidagi moslanishlar ham 
mavjud. Ular guruhli tanlanish oqibatida paydo bo`lgan. Ularga kongruensiya, 
mutabillik, tur ichidagi polimorfizm, populyatsiyadagi organizmlarning zichligi, 
miqdori hamda nasl berish darajasi kiradi. Kongruensiya turning urchishi va 
mavjudligini ta’minlovchi individning bir qancha morfofiziologik va xatti-harakat 
belgilaridir. Turning urchishi uchun reproduktiv kongruensiya muhim ahamiyatga ega. 
Reproduktiv kongruensiyaning bir qismi urchish bilan bevosita bog`liq. Erkak va 
urg`ochi organizmlarning jinsiy organlarini bir-biriga, shuningdek, ona organizmning 
o`z bolasini sut bilan boqishga mosligi shular jumlasidandir. Reproduktiv 
kongruensiya urchish bilan bilvosita bog`liq bo`lishi ham mumkin. Bunga boshqa 
jinsni topishga yordam beruvchi signallar kiradi, ular ko`rish, tovush, hid bilish 
shaklida bo`ladi. 
Ko`rish signallari ko`rish organi yaxshi rivojlangan sut emizuvchilar, qushlar, 
hasharotlarda va o`rgimchaksimonlarda uchraydi. Ko`rish orqali erkak va urg`ochi 
organizmlar, har xil turga kiruvchi organizmlar bir-biridan farq qilinadi va o`z turidagi 
boshqa jinsga mansub organizmlar orasidan tanasining shakli, rangi, harakati, turiga 
qarab o`ziga juft tanlaydi. Hayvonlar o`z juftini topishda tovush signali ham muhim 
ahamiyatga ega. Ba’zi qushlarning erkaklari (masalan, bulbul, kanareyka, bedanalar) 
xilma-xil tovushi bilan urg`ochilarini, chigirtkaning urg`ochisi chirillash orqali 
erkagini o`ziga jalb qiladi. Chivin, pashshaning erkaklari qanotini tez-tez qoqishi 
tufayli chiqarilgan tovush hisobiga urg`ochida jinsiy qo`zg`alishni uyg`otadi. Boshqa 
hollarda erkak yoki urg`ochi hayvon tanasidan ajralgan hid ham o`z juftini topishda 


165 
signal vositasini o`taydi. Tungi kapalaklarning urg`ochisi tanasidan ajralgan hid 
uchuvchi modda — feromon erkak kapalakni bir necha yuz metr naridan ham o`ziga 
jalb qiladi. Sut emizuvchilar sinfining vakillari bo`lgan juft tuyoqlilardan bug`ular, 
kiyiklar, yirtqichlar, itsimonlar (bo`ri, tulkilarning urg`ochisi) jinsiy qo`shilish davrida 
alohida hid ajratish yo`li bilan erkaklarini o`ziga jalb qiladi.
Reproduktiv kongruensiya jinsiy qo`shilish oldidan erkak organizm tomonidan 
urg`ochini jalb qilish uchun bo`lgan turli tana harakatlari «o`yin»larda ham kuzatiladi. 
Ular ayniqsa o`rgimchaklar, baliqlar, qushlar, sut emizuvchilarning ko`pgina turlariga 
xos. Yovvoyi o`rdakning erkaklari jinsiy qo`shilish oldidan 12 ta tana harakati «o`yin» 
ko`rsatishi kerak. Turuxton deb ataladigan qushlarning juftlashish davridagi xatti-
harakati nihoyatda qiziq. Juftlashish vaqtida ular daryo, ko`llar yaqin idagi vodiylarda 
to`planadi va urg`ochilari bilan qo`shilish uchun erkaklari o`rtasida qattiq jang 
bo`ladi. Jannat qushlari, argus qirg`ovuli va tuyaqushlarda esa erkaklari chiroyli 
patlarini yoyib tovlanadi va turli tana harakatlari — «o`yin» qilib, urg`ochlariga o`zini 
ko`z-ko`z qiladi. Bu xatti-harakat to ularning birortasini urg`ochi tanlaguncha davom 
etadi. Ajablanarlisi shundaki, ba’zi bir o`rgimchaksimonlar va parrandalarnnng 
urg`ochilari ana shunday «o`yin»ni maromiga keltirib bajarmagan erkaklari bilan 
juftlashmaydi. Yashash uchun kurashda va urchishda g`olib chiqish uchun 
organizmlarning xilma-xil to`dalanishi — kooperatsiya ham nihoyatda katta 
ahamiyatga ega. Kooperatsiya ayniqsa guruh bo`lib yashaydigan asalari, ari, 
chumolilar, qushlar, sut emizuvchilarda ko`p uchraydi. Organizmlarning urchishi va 
yashab qolishi reproduktiv kooperatsiya bilan uzviy bog`liq. Odatda, sudralib 
yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar ayrim turlarining erkaklari qo`shilish oldidan 
maxsus joyga to`planadi va urg`ochisi uchun ular o`rtasida qattiq kurash boradi. Ana 
shu kurashda g`olib chiqqan erkak organizmlar urg`ochi bilan qo`shiladi. Bu esa 
kelgusida baquvvat nasl qoldirish imkonini beradi. Ayiqlarni olib ko`raylik. Kuyikish 
vaqtida bir populyatsiyaga mansub ayiqlar bir-biri bilan qo`shilishga intiladi va keng 
teritoriyada tarqalgan individlar endilikda zich guruhlarni hosil qiladi. Guruh 
markazida urg`ochi ayiq bilan qo`shilishga intilgan erkak ayiq joy oladi. Uning yonida 
boshqa subdominant yirik erkak ayiqlar territoriyasi bo`ladi. Ularga yaqin , lekin 
unchalik katta bo`lmagan maydonda urchishga qatnashmaydigan erkak ayiqlar o`rin 
oladi. Erkak ayiqlar guruhi tarqalgan territoriyada urg`ochi ayiq 1—2 yoshli 
ayiqchalar bilan yashaydi. Jinsiy qo`shilish vaqtida erkak ayiq urg`ochi ayiq bolalarini 
nobud qilishi mumkin. Shu sababli yosh ayiqchalar erkak ayiqdan juda qo`rqadi. 
Bularning hammasi erkak ayiq urg`ochi ayiqqa yaqinlashuvida birmuncha qiyinchilik 
tug`diradi. 
Tulkilarga kelsak, qo`shilish davrida urg`ochi tulki atrofiga erkak tulkilar 
to`planadi. Ular o`ta harakatchan bo`ladi, sakraydi, o`ynaydi, dumini harakatlantiradi, 
bir-birini ta’qib qiladi. Agar bunday xatti-harakat g`oliblarni aniqlash imkonini 
bermasa, erkak tulkilar o`rtasida qattiq kurash boshlanadi. Shundan so`ng g`olib erkak 
tulki urg`ochi tulki bilan qo`shilish imkoniga ega bo`ladi. 
O`simliklarning bir turga mansub formalarining birgalikda rivojlanishi ularning 
shamol, hasharotlar orqali changlanishiga yordam beradi. Yosh nihollarning birgalikda 
rivojlanishi yashash uchun kurashda katta afzallikka ega, chunonchi, chigit uyaga bitta 
yoki ikkitadan ekilsa, ko`p hollarda yosh nihol qatqaloqni yorib, yer yuzasiga 
chiqolmay nobud bo`ladi. Sabzi, bug`doy siyrak ekilsa, yosh nihollarning ko`pchiligi 


166 
yetarli urug` hosil qilmaydi. Reproduktiv kooperatsiya qushlar bilan sut emizuvchilar 
yosh organizmlarni boqishi va himoya qilishida ham ma’lum rol o`ynaydi. 
Trofik kooperatsiya. Yakka organizmlarga nisbatan olganda, birlashish hayvon-
larning oziq topishida, o`simliklarning oziq moddalardan foydalanishida katta samara 
beradi. Buni qishda bo`rilarning bir necha oilalari birlashib, yirik tuyoqli hayvonlarga 
hujum qilishi yoki Afrikada yashovchi giena itlarining voyaga etganlarining 20-30 
tadan bo`lib, kiyiklarni ovlashi, o`simliklarning zich bo`lib o`sishi tufayli namni 
saqlashi va bu bilan normal rivojlanishi uchun zarur sharoit yaratishi misolida ko`rish 
mumkin. Bunday kooperatsiya ayniqsa soya soluvchi, nam sevuvchi o`simliklarga 
xosdir. Qarag`ayzor o`rmonda daraxtlar shox-shabbasining bir-biriga qo`shilib ketishi 
natijasida yerga ko`pincha quyosh tushmaydi va bu o`z navbatida tuproq doim nam 
holatda saqlanishiga imkon beradi. Shox- shabbaning zich o`sishi ayrimlarining 
barglar, ildizlarning qurib qolishiga va ularning mikroorganizmlar ishtirokida 
parchalanishi esa tuproqning organik va mineral moddalar bilan boyishiga ijobiy ta’sir 
etadi.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish