Tovush signallari. Reja



Download 128 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi128 Kb.
#16274

Aim.uz

Tovush signallari.
Reja.


  1. Tovush signallarining turlari.

  2. Karnaysiz shovqinli tovush signali.

  3. Quvvati yuqori bo’lgan signallar.

Avtomobillarga o'rnatiladigan tovush signallarini tovush chiqarish xarateriga qarab shovqinli va ohangli signallarga ajratish mumkin. Avtomobil signallaridagi tovushning balandligi (tovush bosimi) 85 -125 DBni, chastotasi esa 200 - 400 Hz ni tashkil qiladi. Signallar avtomobillarga ressorli osmalar yordamida mahkamlanadi, hu holat ularning tovush tavsiflari yaxshilanishini ta'minlaydi. 8 A gacha tok iste'mol qiladigan tovush signallari (masalan, ZIL, GAZ va boshqa avtomobillardagi C311 signali) ikki o'tkazgich chizma bo'yicha tayyorlanadi (71 -chizma, a) va bevosita zanjirga ulanadi. Bu holatda chizmaning ikkala uchi ham "massadan" muhofaza qilingan.

Karnaysiz shovqinli tovush signalining konstruk-siyasi 73–chizma a da ko’rsatilgan. Signalning po'lat korpusi (10) ichiga elektromagnit va uzgich mahkamlangan. O'zakka (7) elektromagnit cho'lg’mi o'ralgan. Elektromagnit cho'lg'amidan tok o'tganda, membrana (3) va diffuzor (2) mahkamlangan yakor (6) o'zakka tortiladi va kontaktlarni (11) hamda elektromagnit cho'lg'amining tok zanjirini ajratadi (uzadi). Prujina (9) ta'sirida yakor membrana bilan birgalikda boshlang'ich vaziyatga qaytadi va kontaktlar yana tutashadi. Uchqunlanishni kamaytirish uchun kontaktlarga parallel qilib kondensator (yoki rezistor) ulangan. Signalning elektr chizmasi ikki o'tkazgichli bo'lib chizmaning ikkala uchi "massadan" muhofaza qilingan.

Quvvati yuqori bo'lgan signallar (GAZ-24, KaMAZ, MAZ va boshqa avtomobillarda) oraliq rele orqali ulanadi (73-chizma b) va bir o'tkazgichli chizma bo'yicha tayyorlanadi. Karnaysiz shovqinli tovush signalining konstruksiyasi -chizmada ko’rsatilgan. Elektromagnit cho'lg'amiga tok kontaktlar (11) orqali kirib keladi. Cho'lg'amning magnit maydoni membrana bilan yakorni (6) o'zakka (7) tortadi. Turtgichi (8) bolgan yakor prujina (9) bilan bog'langan. Yakor harakatlanganda turtgich kontaktlarni ajratadi, cho'lg'am zanjiridagi tok yo'qoladi va yakor memb­rana kuchi ta'sirida boshlang'ich vaziyatga qaytadi, kontaktlar tutashadi va sikl yana qaytariladi. Konlaktlarning kuyishini pasaytirish uchun ularga parallel qilib uchqun so'ndiruvchi rezistor ulangan. Signal rostlash gaykalari (12) yordamida rostlanadi. Soat mili bo'yicha burish tok kuchining kamayishiga va tebranish chastotasining ortishiga olib keladi. Signal iste'mol qiladigan tok 7A dan ko'p emas. Yakori va o'zak oralig'idagi (0,95±0,05) mm li tirqish qistirmalar bilan rostlanadi. Avtomobillarga komplekt qilib o'rtacha va yuqori ohangdagi signallar o'rnatiladi. O'rtacha va yuqori ohangli signallarning konstruksiyasi deyarli bir xil. Faqat membrana qalinligi yakor va o'zak oralig'idagi tirqish (o'rtacha ohangli uchun (0,95±0.05)mm, yuqori ohangli uchun (0,7+0,05) mm) va rezonatorlar bir-biridan farq qiladi.





73-chizma. Tovush signallari;

a-karnaysiz; b-karnayli; 1-qopqoq; 2-diffuzor; 3-mem-brana; 4-ressorli osma; 5-elek-tromagnit cho'lg'ami; 6-yakor; 7-o'zak; 8-turtkich; 9-prujina; 10-korpus; 11-kontaktlar; 12-rostlash gaykalari; 13-rezonator.
Tayanch iboralar: shovqinli, ohangli, karnaysiz, elektromagnit cho’lg’am, o’zak, quvvati yuqori, mebrana, turtgich, kontaktlar, yakor.

NAZORAT SAVOLLARI.

1. Tovush signallarini qanday ajratish mumkin?

2. Signallarning tovush balandligni ayting.

3. Karnaysiz shovqinli tovush signali qanday tuzilgan?

4. Quvvati yuqori bo’lgan signallar qanday ishlaydi?





Aim.uz


Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish