27
7-r a s m.
Odamlarda jinsiy irsiylanish.
Jinsiy xromosomalar bir-biridan kattaligi,
shakli va genlarning
tarkibi bilan farq qiladi. X xromosoma Y xromosomaga nisbatan
ancha katta, shuning uchun uning ko‘p genlarning Y xromoso
m ada allellari yo‘q.
Jinsiy xromosomaga joylashgan genlar orqali nasldan naslga
beriluvchi belgilar jinsga bog‘liq belgilar deyiladi. Hozirgacha
asosan X xrom osom aga bog‘liq belgilar yaxshi o ‘rganilgan.
Yuqoridagi rasmda gemofiliya kasalligining irsiylanishi ko‘rsatilgan
(8-rasm).
O dam da X xrom osom aga b o g ‘liq
belgilarga daltonizm ,
gemofiliya (resessiv), tish emali qo‘ng‘ir rangda b o ‘lishi (dom i
nant) misol b o ‘la oladi. Y xromosomaga bog‘liq belgilar kamroq.
Ularga gipertrixoz, sindaktiliya misol b o ‘la oladi.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar
1. Genlarning birikishi deb qanday hodisaga aytiladi?
2. Birikish guruhi nima? Har bir turda birikish guruhlari sonini
qanday aniqlash mumkin?
28
Genetika
3. Nima uchun birikish to ‘la yoki chala bo‘lishi mumkin?
4. Genlar orasidagi birikish kuchi nimaga bog‘liq?
5. Krossover va nokrossover gametalar haqida nimalarni bilasiz?
6
. Genlar orasidagi masofa qanday birlik bilan o‘lchanadi?
7. Geteroxromosomalar va autosomalar nima?
8
. Geterogametali va gomogametali
organizmlar genotiplari
yozuvda qanday ifodalanadi?
9. Gemizigotalikning mohiyati nimadan iborat?
10. Jinsga bog‘liq belgilar deb nimaga aytiladi?
M asalalar
1. N orm al rang ajratish geni (dom inant) va daltonizm geni
(resessiv) X xrom osom ada joylashgan. D altonik erkak kishi
sog‘lom ayolga uylanganda oilada daltonik qiz tug‘ildi. O ta-ona
genotipini aniqlang.
2. Y xromosomaga bog‘liq b o ‘lgan gipertrixoz belgisi bola 17
yoshga to ‘lganidan keyin yuzaga chiqadi.
Ixtiozning bir shakli
resessiv belgi b o ‘lib, X xromosoma bilan bog‘liq. H ar ikkala belgi
b o ‘yicha norm al ayol bilan gipertrixoz erkak oilasida ixtioz belgisi-
ga ega b o ‘lgan o ‘g‘il tug‘ilgan. Shu bolada gipertrixoz belgisi
8-r a s m.
Gemofiliya kasalligining irsiylanishi.
29
b o ‘lishi mumkinmi? Ikkita belgi b o ‘yicha norm al farzand tug‘ilishi
mumkinmi? U qanday jinsli b o ‘ladi?
3. D altonizm va kar-soqovlik belgilari resessiv belgilardir.
D altonizm
geni X xrom osom ada, kar-saqovlik geni autosomada
joylashgan. D altonik va kar-soqov erkak sog‘lom ayolga uylan-
ganda oilada bitta o ‘g ‘il daltonik,
kar-soqov, bitta qiz daltonik,
lekin norm al eshitadigan b o ‘lib tug‘ilgan. Bu oilada ikkala bel
gisi b o ‘yicha ham kasal qiz tug‘ilishi mumkinmi?
4. Odamlarda katarakta va polidaktiliya autosomaga joylash
gan dom inant gen tom onidan yuzaga chiqariladi. Bu genlar o ‘zaro
to ‘liq bog‘langan (krossingover kuzatilmaydi). Ikkala belgi b o ‘yicha
geterozigotali ayol va erkak nikohidan fenotip va genotip b o ‘yicha
qanday avlod kutish mumkin?
5. O dam da rezus — omil geni bilan eritrotsitning shaklini bel-
gilaydigan gen birikkan holda nasldan naslga o ‘tadi. Ularning
orasidagi masofa 3 morganidaga teng. Rezus —
musbat va elliptot-
sitoz (eritrotsitning ellips shaklida b o ‘lishi) ga nisbatan geterozigo
tali b o ‘lgan erkak rezus — manfiy va norm al eritrotsitli ayolga
uylangan. Farzandlarning genotipi va fenotipi foizini aniqlang.
Test topshiriqlari
Do'stlaringiz bilan baham: