8. To‘qima antigenlarining irsiylanishi qanday usul yordamida aniqlanadi? A) Dermatoglifika B) Immunogenetika
C) Sitokimyoviy D) Biokimyoviy
E) DNK-zondlari
9. Immunogenetika usulidan qanday maqsadlarda foydalaniladi? A) Immunitet genetikasini o‘rganishda
B) To‘qima antigenlarining irsiylanishini o‘rganishda
C) Ko‘p omilli kasalliklarga tashxis qo‘yishda
D) Limfotsitlar tuzilishi va funksiyasini o‘rganishda
E) A, B, C javoblar to‘g‘ri
10. Bolaning otasini aniqlashning eng ishonchli usulini ko‘rsating: A) Kariotipni tekshirish usuli
B) Sitogenetik usul
C) DNK-zondlari usuli
D) Gimza usuli
E) Egizaklar usuli
VI B O B. Irsiy kasalliklar
Mavzuning mazmuni. Odamda uchraydigan irsiy kasalliklar
xilma-xil bo‘lib, ularning asosida irsiyatni belgilovchi moddalar-
ning o ‘zgaruvchanligi — mutatsiyalar yotadi. Shuning uchun ham
irsiy kasalliklarni tasniflashda mutatsiyalar tasnifidan foydalaniladi.
Hozirgi davrda irsiy kasalliklarning quyidagi tasnifi keng
qo‘llaniladi:
I. Genom kasalliklari
11. Xromosoma kasalliklari
II I . Gen kasalliklari
Ko‘pincha genom va xromosoma kasalliklari umumiy nom
bilan xromosoma kasalliklari deb yuritiladi.
23-§. Genom kasalliklari