Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik


C)  Gen daktiloskopiyasi usuli (genotiposkopiya)



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/132
Sana03.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#427924
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132
Bog'liq
Genetika

C) 
Gen daktiloskopiyasi usuli (genotiposkopiya).
DNK 
molekulasida o ‘zgarmas (konservativ) va o‘ta o‘zgaruvchan (giper- 
variabel) qismlar mavjud. O ‘ta o ‘zgaruvchan nukleotidlar ketma- 
ketligi genomning juda kichik qismini (1—2%) tashkil qiladi. 
Shaxslarning irsiy individualligi o‘sha o ‘zgaruvchan qismlarga 
bog‘liq.
Gen daktiloskopiyasi — insonlarda o‘ta o ‘zgaruvchan DNK 
qismlarini aniqlashga asoslangan.
Gen daktiloskopiyasini amalga oshirish uchun tekshirilayotgan


115
shaxs to ‘qimalaridan oz miqdorda D N K ajratib olinib, murakkab 
molekulyar — genetik usullarda o ‘ta o ‘zgaruvchan D N K qismlari 
tahlil qilindi.
Gen daktiloskopiyasi quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
1. Shaxslarni aniqlashda
2. Egizaklar zigotaligini aniqlashda
3. Genning ota yoki onaga tegishliligini aniqlashda
4. Ota-onalarni aniqlashda
5. Odam genlarini xaritalashtirishda
6. Irsiy kasalliklarga tashxis qo‘yish.
Genotiposkopiya usuli yordamida giperkeratoz geni 17 xromo- 
somada, Alsgeymer kasalligi geni 21 xromosomada joylashishi 
aniqlandi. Bu usul yomon sifatli o ‘smalarni erta tashxislashda ham 
qo‘llanilmoqda.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar
1. Dermatoglifika usulining mohiyatini tushuntiring. Uning qan­
day turlarini bilasiz?
2. Dermatoglifika qanday amalga oshirilishini tushuntiring.
3. Dermatoglifika usullarining tibbiyotdagi ahamiyatini tushunti-
ring.
4. Populyatsion-statistik usulni amalga oshirish bosqichlarini bila- 
sizmi?
5. Xardi-Vaynberg qonunining mohiyatini tushuntiring.
6. Populyatsion-statistik usulning ahamiyatini aytib bering.
7. Sekvenirlash nima, qanday maqsadlarda foydalaniladi?
8. DNK-zondlari usuli mohiyatini, afzalliklari va kamchiliklarini 
bilasizmi?
9. DNK-zondi usuli qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
10. Gipervariabel qismlar nima?
11. Genotiposkopiya qanday maqsadlarda amalga oshiriladi?
Masalalar
1. Genetik vrach qabuliga kelgan shaxsning bo‘yi pastligi, qo‘l 
kaftlari kalta, yapaloq ekanligi, 
atd
triradiuslari burchagi 70° ekanligi 
aniqlandi. Shu aniqlangan belgilar asosida tekshirilayotgan shaxsda 
irsiy o‘zgaruvchanlik haqida shubha tug‘ilishi mumkinmi?
2. Kelib chiqishi bir hil, lekin har xil sharoitda yashovchi ikki 
populyatsiyada ma’lum kasallikning uchrash chastotasi keskin farq


116
Genetika
qiladi. Ularning bittasida kasallik 1 : 5000, ikkinchisida esa 1 : 50000 
chastotada uchraydi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
3. 
Tug‘uruqxonada ikkita chaqaloq almashtirib qo‘yildi. Ularning 
ota-onalarini aniqlash uchun chaqaloqlar va ota-onalarning qon 
guruhlari, HLA antigenlari tekshirildi. Shu o‘tkazilgan usullar yetarli- 
mi?
Test topshiriqlari:

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish