Habashiston markazi
— qattiq bug‘doy, qo‘qon jo ‘xori,
kofe, tarvuz o‘simliklari vatani.
7.
Markaziy Amerika markazi
— makkajo‘xori, kakao, qovoq,
paxta, tamaki vatani.
8.
Janubiy Amerika markazi
— kartoshka, anjir, yeryong‘oq,
qalampir vatani.
Olimlarning keyingi o‘tkazilgan tadqiqotlari natijasida yana
quyidagi markazlar aniqlandi:
Avstraliya, Afrika, Yevropa — Sibir,
Shimoliy Amerika.
O‘zbekistonda madaniy o‘simliklar, ayniqsa g‘o‘za kollek-
siyasini yaratish sohasidagi ishlar. G ‘o‘za seleksiyasi va urug‘chili-
gi, o‘simlikshunoslik, genetika institutlarida olib borilmoqda. Faqat
g‘o‘za kolleksiyasining o‘zida 9000 ga yaqin navlar, yarim yovvoyi
va yovvoyi shakllari mavjud. Bu kolleksiyani yaratishda O‘zbe-
kiston olimlaridan G. S. Zaytsev, F. M. Mauyer, D. V. Ter-
Avanesyan, A. A. Abdullayevlar katta xissa qo‘shganlar.
O‘simliklar seleksiyasining nazariy asoslaridan biri N. I. Vavi
lov tomonidan yaratilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |