Madaniy o ‘simliklarning kelib chiqish markazlari. Seleksiya ish-
larining samarasi duragaylash uchun tanlab olingan dastlabki mate-
rialning irsiy xilma-xilligiga bog‘liq. Shuning uchun ham selek-
sionerlar yovvoyi o‘simliklarning xilma-xilligidan foydalanadilar.
Seleksiyada bunday yondashishning ahamiyatini buyuk genetik va
seleksioner Nikolay Ivanovich Vavilov birinchi marta ta’kidlagan
edi. Uning rahbarligida planetamizning turli regionlariga ilmiy eks-
peditsiyalar tashkil qilindi va madaniy va yovvoyi o‘simliklarning
xilma-xil namunalari to ‘plandi.
O ‘tkazilgan ekspeditsiyalar natijasida 160 mingdan ortiq o‘sim-
liklarning turlari va navlari to ‘plandi. Bu to ‘plangan boy material-
dan seleksionerlar o‘z ilmiy va amaliy ishlarida foydalandilar.
Hozirgi vaqtda bu kolleksiya 320 mingdan ortiq namunalarni o‘z
ichiga oladi.
O ‘simliklarning planetaning har xil regionlarida tarqalishini
analiz qilish natijasida N. I. Vavilov
(46-rasm) madaniy o‘simlik-
larning tarqalish qonuniyatlarini aniqladi, eng qadimgi dehqonlik
markazlarini kashf qildi
(47-rasm) va natijada madaniy o‘simliklar-
ning quyidagi 8 ta kelib chiqish markazlarini ajratib berdi:
1.