Gapning uyushiq bo‘laklari haqida ma’lumot Bir umumiy bo‘lakka tobe bog‘lanuvchi, bir XIL sintaktik vazifa bajaradigan, o‘zaro teng bog‘lovchilar va sanash ohangi yordamida bog‘langan



Download 73,09 Kb.
bet10/23
Sana01.08.2021
Hajmi73,09 Kb.
#134752
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Uyushiq va ajratilgan bo'laklar

Namuna: 1. Siz a’lochi va jamoatchisiz (uyushiq kesim). Siz a’lochisiz va jamoatchisiz (qo‘shma gap).

2. Biz harbiy uchuvchi va vatan posbonlari bo‘lamiz (uyushiq kesim). Biz harbiy uchuvchi bo‘lamiz va vatan posbonlari bo‘lamiz (qo‘shma gap). 3. Men bu masalani uqqan va yechganman (uyushgan kesim). Men bu masalani uqqanman va yechganman (qo‘shma gap). 4. Biz voqea sodir bo‘lgan joyga borishimiz, hammasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz va ishonch hosil qilishimiz kerak (uyushgan kesim). Biz voqea sodir bo‘lgan joyga borishimiz kerak, hammasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz kerak va ishonch hosil qilishimiz kerak (qo‘shma gap). 5. Do‘kondorlar molini maqtab va xaridorlarni chorlab turishardi (uyushgan kesim). Do‘kondorlar molini maqtab turishardi va xaridorlarni chorlab turishardi (qo‘shma gap).



Uyushiq ega

Bir sodda gap tarkibida birdan ortiq ega qator kelishi mumkin. Sodda gap kesimiga bir xil munosabatda bo‘lib, sanash ohangi bilan aytiluvchi birdan ortiq eganing ketma-ket kelishi uyushiq ega hisoblanadi. Uyushiq egalar bir-biri bilan sanash ohangi yoki bog‘lovchilar yordamida bog‘lanadi: Bu yerning ob-havosi, iqlimi va sharoiti yaxshi edi. Siz bilan biz oddiy haqiqatni anglamagan ekanmiz.



Namuna: 1. Shu payt hovliga Davron aka bilan Iskandarov kirib kelishdi. (Y.Shukurov) 2. Bog‘chada yosh-yosh qizchalar va o‘g‘il bolalar davra qurib o‘ynashmoqda. 3. Siz bilan biz ulug‘ ishga bel bog‘ladik. (H.G‘ulom) 4. Pulemyot, miltiqlarning ovoziga xotin-xalaj, bola-chaqalarning yig‘isi, dod-voyi qo‘shilib ketdi. (O‘.Umarbekov)
Uyushiq hol

Bir xil mazmun-munosabatdagi (yo tarz, yo o‘rin, yo payt va boshqa munosabatlarning) bir necha holning o‘zaro sanash ohangi bilan teng bog‘lanib kelishi uyushiq hol deyiladi. Masalan, Tomlardan, ivigan devorlardan bug‘ ko‘tarila boshladi. Daryo goh shovqin solib. goh tinch oqar edi. U dam hazil bilan, dam jiddiy so‘rardi.



!!! Uyushiq bo‘laklarda bir so‘z turkumi uyushishi yoki har xil turkumlardan tashkil topishi ham mumkin. Masalan, Podsho goh kulib. goh jiddiy, goh o‘y bilan quloq solardi. Ushbu gapdagi uyushgan hollar fe’l, sifat hamda ko‘makchili otdan tashkil topgan. Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi gapida esa uyushiq hollar fe’l va sifat so‘z turkumiga oid so‘zlardan tashkil topgan.

Bir sodda gap tarkibida yonma-yon, qator kelgan bir necha payt holi hamma vaqt ham uyushiq bo‘lavermaydi. Masalan, U kecha ertalab biznikiga kelib ketdi gapida ikkita payt holi (kecha, ertalab) bor. Lekin ular uyushiq emas: bundagi ertalab holi kecha holi ma’nosidagi paytni chegaralab, aniqlashtirib beradi.

Namuna: 1. Osmonda, daraxtlarda, tomlarda, bog‘otlarda (o‘rin holi) chumchuqlar chirqillashadi. (M.Ismoiliy) 2. Qush goh pastlab, goh ko‘tarilib (ravish holi) bir joyda uchib turdi. (Y.Shukurov) 3. Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytishda ham (payt holi) uni qo‘liga olar, suyar va gaplariga, qiliqlariga zavq bilan kular edi. (Oybek) (bundan tashqari, mazkur gapda kesim: olar, suyar, kular edi; to‘ldiruvchi: gaplariga, qiliqlariga uyushgan) Endi qizlar charchashib. terlashib... tog‘ning ustiga chiqib olishdi. («Gulnorpari»)


Download 73,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish