Xulosa
Har bir sport turida o‘yinchi birorbir usulni bajarishdan avval dastlabki (standart) holatni egallaydi. Gandbolchi ham doimo himoya va hujum holatini egallashga intiladi. O‘yinda barcha harakatlar o‘yin holatida bajariladi. Himoyachi va darvozabon, o‘yinchilar holati bir-biriga o‘xshashdir. O‘yinchi oyoqlarini biroz keng, tizzalarini bukibroq turadi. Oyoq uchlarini bir chiziqqa joylashtirib, qo‘llarini tirsakdan ozgina bukib, kaftlarini oldinga qaratadi. Bunday holat sportchiga qat’iy turib, erkin siljishiga, faqat himoya qilishga emas, balki hujumga o‘tishga ham imkon beradi.
Hujumchining holati himoyachinikiga biroz o‘xshaydi. Qo‘llari tirsakdan bukilgan va ko‘krakka barobar turadi. Oyoqlari biroz bukilgan bo‘lib, bitta oyog‘i va yelkasi oldinga chiqib turadi. Oyoqni ortiqcha keng qo‘yib yuborish ham yaramaydi (4O — 5O sm dan oshmasligi kerak). O‘yin paytida sportchilar doimiy harakatda bo‘lib, uni siljish, qadamlab, yugurib yurish, tez yurib, sakrab va boshqa harakatlar bilan amalga oshiradilar.
O‘yinchi o‘yinda raqibni aldash, sherik bilan qulay vaziyat tanlash uchun to‘xtashi mumkin. To‘xtash ikki qadam yoki sakrash bilan bajariladi. Oyoqlar bukiladi, gavda harakat yo‘nalishining qarshi tomoniga egiladi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy ravishda shug‘ullanish o‘quvchi yoshlaming kundalik ehtiyojiga aylanmog‘i zarur, shu bilan birga, u o‘quvchi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, ulami barkamol inson bo‘lib yetishishiga, qonunbuzarlik va boshqa salbiy illatlardan xalos etishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport orqali millat genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalash kafolatli vositasi sifatida Davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlari doirasidan joy olib, hukumat tomonidan qabul qilingan fannon hamda qarorlar asosida yuksak cho‘qqi sari qanot yozmoqda. Kechagi yosh sportchi bolalar bugun nafaqat o‘zbek sportida, balki Olimpiya o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari musobaqalarida o‘z natijalari bilan faxrli shoxsupalardan joy olib, yurtimiz shon-sharafini jahon hamjamiyati oldida tarannum etmoqda.
Xulosa qilib aytganda kurs ishining maqsadi - o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy ishlami, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni amalga oshirish hamda ilmiy-pedagogik mutaxassislarni tayyorlash va malakasini shakllantirish, gandbol vositalari, uslubiyati, tamoyillari, mashg‘ulotlar va musobaqalami tashkil qilish va o‘tkazish, gandbol texnikasi va taktikasiga o‘rgatish, jismoniy tayyorgarligini oshirish va rivojlantirish vositalari, sport mashg‘uloti asoslari bo'yicha hamda nazariy va amaliy bilimlami o‘zlashtirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |