Maxsus mashqlar:
1-mashq. 1OO metr masofaga mokisimon yugurish. Maydonni yuza chizig‘idan 6 metrli chiziqqa maksimal tezlikda borib, yana yuza chiziqqa qaytish. 9 metrli chiziqqa borib, oitga yuza chiziqqa qaytish. Keyin maksimal tezlikda markaz chizig‘iga borib, yuza chiziqqa qaytish. Keyin yana 9 metrli chiziqqa borib yuza chiziqqa qaytish, oxirida 6 metrli chiziqqa borib yuza chiziqqa qaytib, mashqni tugatish.
2-mashq. Bu mashq maydon yarmida bajariladi va shug‘ullanuvchilar chizmada ko‘rsatilganidek joylashadilar. Bunda orasi 3 metrdan zig-zag shaklida qilib 4 ta to‘siq qo‘yi!adi, shug‘ullanuvchilar to‘pni yerga urib borib to‘siqlar oldidan aldamchi harakat qiiib o‘tadi, masalan, 1-to‘siqdan chap tomonni ko‘rsatib o‘ng tomonga ketadi, 2-to‘siqda o‘ng tomonni ko‘rsatib chap tomonga ketadi, 3-to‘siqda ham o‘ng tomonni ko‘rsatib chap tomonga o‘tadi, oxirgi to‘siqda esa chap tomonni ko‘rsatib, o‘ng tomonga aylanib o‘tib darvozaga to‘p otib, yana joyiga yugurib qaytib kelib mashqni bajarishda davom etadi. Mashq 6-8 marta takrorianadi, 1 daqiqa dam beriladi va xuddi shu mashqni boshqa tomondan bajariladi, ya’ni qo‘yilgan to‘siqlar joyi o‘zgartiriladi.
3-mashq. Bu mashqda shug‘ullanuvchilar chizmada ko‘rsatilgandek joylashadilar. Oldinda turgan shug‘ullanuvchilar rahbar signalidan so‘ng maydonning bu tarafidan u tarafiga bir marta borib keladilar, keyin esa orqadagi shug‘ullanuvchilar bir marta borib keladilar. Keyingisida ikki marta ikkalasi ham bajarganidan so‘ng uch marta, to‘rt marta bajaradilar. Tugatishda esa shuni teskarisini bajarib tugatadilar, ya’ni oldin to‘rt martadan keyin uch marta, ikki marta va bir martadan borib keladilar. Bunda biz bosib o‘tilgan masofani quyidagicha hisoblaymiz, ya’ni u to‘rt yuz metr (2O+4O+6O+8(H8O+6O+4O+2O=4OO) ni tashkil etadi. Dam olish oralig‘i 1 daqiqa. Mashq 3-4 marta takrorianadi. Bu mashq gandbolchilarning maxsus chidamkorligini oshirishda samarali vosita bo‘lib hisoblanadi.
4-mashq. Xuddi shu mashq to‘pni yerga urib borib kelish bilan bajariladi. Bunda ham 1, 2, 3, 4 va 4, 3,2, l marta bajariladi.
5-mashq. Dastlabki holat. Shug‘ullanuvchilar A, B, D guruhlarga boTinib, chizmada ko‘rsatilganday joylashadi, A guruhdagilar yuqori tezlikda 3 kg li to‘ldirma to‘pni bir biriga uzatib qarama-qarshi joylashgan. В guruhga yetib kelib, to‘pni uzatadi. В guruhi a’zolari to‘pni olib bir-biriga uzatib, D guruhga beradi. Mashq davomiyligi 3 daqiqa. Dam oiish vaqti bir daqiqa, takrorlash seriyasi 5-6 marta.
6-mashq. Shug‘uHaiiuvchilar murabbiy ishorasi bilan 6 m belgidan qarama-qarshi darvoza m aydonidajoylashg< m wfishka”lami aylanib qaytib keladi va у ana qaytadi. Qaytarish soul 3 marta borib keladi. Umumiy masofa 168 m tashkil qiladi. S o ‘ng 1 daqiqa dam olib, mashq qaytariladi, so‘ng 4O soniya dam olib, mashq qaytariladi, keyin yana 3O soniya dam olib, mashq qaytariladi. Hammasi bo‘lib bu bir seriya hisoblanadi. Seriyalar orasidagi tanaftus 6-8 daqiqaga cho‘ziladi. Bu vaqtda joyda turib sherik bilan to‘p uzatish va ilish texnikasini bajarish mumkin yoki bo‘lmasa, dam olish vaqtida egiluvchanlik va cho'zilish mashqlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |