4.3.1-rasm. «Конструктор форм» darchasida forma uslubini ishlab chiqish.
Ifoda qurishning sodda usuli «Построитель выражений» ustasidan foydalanib bajarishdir. Buning uchun forma ishlab chiqilgandan keyin quyidagi amallarni bajarish kerak:
so‘rovni «конструктор» rejimida ochish;
kursorni «Условия отбора» satri yacheykasiga o‘rnatish.
«Построитель выражений» darchasi ochilgandan keyin quyidagi amallarni bajaring:
mos belgiga sichqonchani chertib, MB obyektini tanlab olamiz (bizning misolda — Forms) shundan so‘ng berilgan toifa obyektlarining ro‘yxati ochiladi;
ro‘yxatdan MB obyekti elementini tanlab oling (поле со списком).
Bu amallarni bajarish natijasida so‘rovdagi ma’lumotlarni ajratish sharti bilan forma maydonidagi kiritilayotgan qiymatni bog‘lovchi ifoda yaratiladi.
Foydalanuvchi interfeysini tashkil qilish uchun formalar ishlab chiqish texnologiyasi. Ixtiyoriy ilovani ishlab chiqishning yakuniy masalasi — foydalanuvchiga qulay interfeys yaratishdan iboratdir. Foydalanuvchi interfeysi ishlab chiqishni, xuddi «фильм» sse- nariyasini ishlab chiqish va uni kompyuter displeyida «ekran for- malarini» ketma-ket paydo bo‘lishini amalga oshirishga qiyoslash mumkin.
ACCESS tizimi o‘zidagi mavjud dasturiy vositalar, jumladan, VISUAL BASIC dasturlash tili yordamida, foydalanuvchi inter- feysini minimal harakatlar bilan yaratish imkonini beradi. Bu ACCESS muhitida foydalanuvchi interfeysini yaratishda obyektga yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, ishlab chiquvchi obyekt xos salarini tavsiflaydi, dastur esa bu xossalarga mos ra- vishda tasvirlangan obyektlarni yaratadi. Umuman olganda foy- dalanuvchi interfeysini ishlab chiqish, mavjud uskunaviy vositalar mavjudligiga qaramasdan, ko‘proq san’at hisoblanadi. Shuning uchun kommersiya tizimlarini ishlab chiqishda dizaynerlar xiz- matidan foydalanish kerak.
Ilova ssenariysi — formaning tarkibi va ketma-ketligi ishlab chiquvchi tomonidan aniq masalani yechish algoritmi bilan aniq- lanadi.
Ekran formalarida ma’lumot baza obyektlarining barchasi uchun jumladan, jadvallar, so‘rovlar, hisobotlar qo‘shib hisobla- ganda boshqarish elementlariga ega bo‘lishi kerak.
Ma’lumot bazasi bilan ishlaganda, boshqarish elementlarini bajaradigan amallarni makroslar va dastur modullari yordamida bajarish mumkin. Makroslar ma’lumot baza elementlari bilan ishlaydigan avtomatlashtiruvchi makrokomandalar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Modullar VISUAL BASIC tilida yozilgan dasturlardir.
Ishlab chiqilgan jadvalga ma’lumotlar kiritish formasi foyda- lanuvchiga quyidagi amallarni bajarish imkoniyatini beradi:
ma’lumotlarni kiritish va to‘ldirish;
ixtiyoriy yozuvni ko‘rib chiqish;
ma’lumotlarni tuzatish.
Ma’lumotlarni kiritish texnologiyasini forma misolida qo‘yib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |