Gaipnazarov tahiritdin sidikovich irgasheva durdona yakubdjanovna


Ma’lumotlar bazasi jadval maydonlarining xarakteristikalari



Download 1,69 Mb.
bet9/24
Sana23.07.2022
Hajmi1,69 Mb.
#841268
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Irgasheva durdona yakubdjanovna ma’luMotlar oMbori

Ma’lumotlar bazasi jadval maydonlarining xarakteristikalari

Maydon
xossasi

Xarakteristikasi

Размер поля

Maydon o‘lchami; ushbu maydon yacheykasiga kiritila- yotgan ma’lumotlarning maksimal o‘lchamini o‘rnatadi. Matnli (simvolli) ma’lumot maydonlari o‘lchamlari 255 belgidan oshib ketmasligi kerak
Sonli maydonlar o‘lchamlari avtomatik ravishda son toi- fasiga bog‘liq holda o‘rnatiladi:







Bayt — 0...255 butun sonlar 1 bayt
Целое — 32768.. +32677 diapazondagi butun sonlar 2 bayt
Длинное —2147483648...+2147483648 diapazondagi bu­tun sonlar.
Suzuvchi nuqtali butun 6 ta raqam aniqligi bilan — sonlar diapazoni — 3.4*1038 ... +3.4*1038 — 4 bayt Suzuvchi nuqtali butun 8 ta raqam aniqlik bilan beriladigan sonlar -1.797*10308 .+1.797*10308 - 8 bayt

Формат поля

Текстовoй va MEMO toifali maydonlar uchun ma’lumotlarni kiritish formatini berish mumkin, so‘ngra unga mos ravishda ma’lumotlar displey ekraniga chiqariladi;
Числовой, денежный ma’lumot toifalari uchun quyidagi formatlarni tanlab olish mumkin;
Стандартный — format, sukut bilan o‘rnatiladi (mungli xonalarni ajratish, valuta belgilari bo‘lmaydi, sonning o‘nli raqamlari uni aniqligiga mos keladi);
Денежный (pulli) — verguldan keyin 2 raqam o‘rnatiladi va valuta belgisi chiqariladi;
Фиксированный — eng kamida verguldan avval bitta belgi, undan keyin ikkita raqam (belgi);
Mingliklar ajratish bilan verguldan keyin ikkita raqam va mingliklarni ajratuvchi;
Процентный — son oxirida protsent belgisi chiqariladi; Экспоненциал — sonlar eksponensial ko‘rinishda chiqari­ladi (masalan, 1.10*103)
Дата/время (sana/vaqt) toifali maydonlar uchun quyidagi formatlar mavjud:
Sananing to‘la formati, sukut bilan o‘rnatiladi va quyidagi ko‘rinishga ega:
15.04.10.05:30:10 PM;
Sananing uzun formati, masalan, Juma,13-yanvar 2010; Sananing o‘rtacha formati, 13.01.10;
Sananing qisqa formati, 13.01.10;
Vaqtning uzun formati, 14:33:10;
Vaqtning o‘rta formati, 14:33 PM;
Vaqtning qisqa formati, 14:33
Mantiqiy toifa maydonlari uchun quyidagi formatlar ish- latiladi:
Да/Нет;
Истина/Лож; Вкл/Выкл

O‘nli raqamlar soni (maydon aniqligi)

Числовой va Денежный toifali maydonlar uchun beriladi. Raqamlar (belgilar) soni — 0 dan 15 gacha

Kiritish niqobi

Kiritish niqobi текстовой (matnli), числовой (sonli), денежный (pulli), дата/время (sana/vaqt) maydonlarga







ma’lumotlar kiritish uchun shablon (andaza) o‘rnatiladi Дата/время (sana/vaqt) toifasidagi maydon uchun kiritish niqobi berilgan formatga mos keladi

Условие на значение

Kiritilayotgan ma’lumotlar qiymatlariga cheklanishlar o‘rnatiladi. Masalan, sonli maydonga « <100 » shart be- rilsa, unda bu maydonga 100 dan katta qiymatlarni kiritib bo‘lmaydi
Masalan, «Moskva» or «Toshkent» or «Kiev» ko‘rinishi- dagi shart maydonga kiritilayotgan shahar nomlari faqat Moskva, Toshkent, Kiev bo‘lishi kerakligini anglatadi. Kiritilayotgan ma’lumotlarning qiymatlariga qo‘yilayotgan shartlar solishtirilayotgan qiymatlar va so- lishtirish operatorlaridan tashkil topadi. Shart berishda ma’lum operatorlar ishlatiladi:
< — (kichik);
<= — (kichik yoki teng);
> — (katta);
>= — (katta yoki teng);
= — (teng);
<> — (teng emas);
Ifodalarda mantiqiy operatorlar OR (yoki), AND (va) va solishtirish operatorlari BETWEEN, IN, LIKE qo‘llanishi mumkin
BETWEEN — maydonning kiritilgan qiymati, berilgan diapazon ichida joylashganini tekshiradi. Diapazonning yuqori va quyi chegarasi AND mantiqiy operator bilan bo‘linadi. Masalan, BETWEEN 20 AND 45 ifoda kiriti­layotgan qiymat 20 dan 45 gacha bo‘lgan intervalda joy- lashganini anglatadi. Bu ifodani quyidagicha yozish ham mumkin: >50 AND <100;
IN — kiritilayotgan qiymatini, berilgan ro‘yxatdagi ixtiyoriy qiymatlardan biriga tengligini tekshiradi. Masalan,
IN («Moskva» «Toshkent» «Kiev») ifoda «Moskva» or «Toshkent» or «Kiev» ifoda mos kelishini anglatadi LIKE Текстовой va Мемо maydonlari berilgan simvol- lar shabloniga mosligi tekshiriladi. Masalan, LIKE «TEX*» ifoda kiritilgan simvollar satri «TEX» simvollar bilan bosh- lanishi zarurligini anglatadi

Сообщение об ошибке

Kiritilayotgan ma’lumot qiymatlarini berilgan shartga mos kelmaganda ekranga chiqaradigan matn

Обязательное
поле

Текстовый va МЕМО maydonlar uchun bo‘sh satrlar kiritishga ruxsatni anglatadi

Индексиро­ванное поле

Indekslanuvchi maydon. Bu qiymatni jadvaldagi ma’lumotlarni qidirishni amalga oshirishga mo‘ljallangan maydonlarga o‘rnatish tavsiya etiladi, chunki indeksli maydon ma’lumotlarni qidirishni tezlashtiradi



Kalit maydon. MB jadvalidagi ma’lumotlar boshqa jadvaldagi ma’lumotlar bilan bog‘lanish zarur bo‘lgan hollarda o‘rnatiladi. Kalit maydon jadvaldagi har bir yozuvni bir qiymatli aniqlashi lozim. Demak, kalit maydon qiymatlari takrorlanmaydi. Agar jadvaldagi ixtiyoriy maydon qiymati barcha yozuvlarning bir qiymatini aniqlay olsa, u kalit maydon bo‘lishi mumkin. Shu ma’noda jadvalning ixtiyoriy maydoni kalit maydon bo‘la oladi.
Agar yozuvni berilgan bitta maydon qiymati bilan aniqlab bo‘lmasa, unda bir nechta maydondan tashkil topgan kalit o‘rnatish mumkin. Kalit maydon sifatida «Счётчик» toifali may- donni tanlab olish mumkin. U jadvaldagi har bir yozuvni bir qiymatli aniqlaydi.
Kalit maydon «Конструктор таблиц»da maydon xossalarini tavsiflashda yaratiladi. Buning uchun kerakli maydonni ajra­tish kerak va uskunalar panelida kalit ko‘rinishli tugmani bosish yetarli yoki ajratilgan maydonda sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, kontekstli menyuda «Ключевое поле» komandasi tanla- nadi.
Quyidagi rasmlarda «Конструктор таблиц» rejimida jadval strukturasining fragmentlari (qismi) keltirilgan.


3.1.1-rasm. Jadval strukturasini yaratish fragmenti.



3.1.2-rasm. Jadval strukturasini yaratish fragmenti.



3.1.3-rasm. Jadval strukturasini yaratish fragmenti.





3.1.4-rasm. Jadval strukturasini yaratish fragmenti.


И



3.1.5-rasm. Jadval ko‘rinishi.



MB jadvallarning strukturalari yaratib bo‘lingandan keyin, jadvallar orasida mantiqiy bog‘lanishlarni o‘rnatish kerak.
Jadvallar orasida bog‘lanishlar o‘rnatish. Jadvallar o‘rtasida aloqa o‘rnatish ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash uchun zarur. Ma’lumotlarning yaxlitligi bog‘langan jadvallarda axborotni ta- sodifiy o‘zgarishlardan himoyasini kafolatlaydi. Bog‘langan jad­vallarda bitta jadval bosh jadval, ikkinchisi tobe jadval hisobla­nadi. Bosh jadval albatta kalit maydonga ega bo‘lishi kerak.
Jadvallar orasida bog‘lanishlar o‘rnatish uchun quyidagi amal- larni bajarish kerak:

  • ma’lumotlar bazasi darchasidagi uskunalar panelida «Схема данных» belgisini bosish kerak;

  • ochilgan «Добавление таблицы» darchasida bosh va tobe jadvallar tanlanadi;

  • bir xil maydon bo‘yicha jadvallar ulanadi.

Bog‘lanishlarni o‘rnatish jarayonida «Обеспечение целостнос­ти данных» parametri ulanadi (ajratilgan maydonda bayroqcha o‘rnatish yo‘li bilan).


3.1.6-rasm. Jadvallarni qo‘shish. 39



3.1.7-rasm. Jadvalni ulash darchasi.



3.1.8-rasm. Jadvalni ulash darchasi.



3.1.9-rasm. Jadvallarning bog‘lanishi.



Bu parametrlar o‘rnatilganda bosh jadvaldagi yozuvlar ixtiyoriy ravishda o‘zgartirilishi yoki olib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar jadvallar orasidagi bog‘lanishlar «Каскадное связних поле» va «каскадное удаление связних поле» parametrlari o‘rnatilsa (mos ravishda maydonga bayroqchalarni o‘rnatish bilan), unda bosh jadvaldagi ma’lumotlarni har qanday o‘zgarishi tobe jad­valdagi bog‘lanishlar aniqlangan jadvaldagi ma’lumotlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bog‘lanishlar o‘rnatilgandan keyin jad­vallarni ma’lumotlar bilan to‘ldirishga o‘tiladi.
Jadvallarni ma’lumotlar bilan to‘ldirish. Jadvalga ma’lumotlarni kiritish texnologiyasini ikki usul bilan amalga oshirish mumkin:

  • bevosita jadval yacheykalariga ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan;

  • ma’lumotlarni kiritishni forma orqali amalga oshirish yo‘li bilan.

Ma’lumotlarni kiritishning birinchi usuli tanlanganda qu- yidagilarga amal qilish kerak:

Agar ma’lumot baza jadvallarining maydonlari soni aytarli ko‘p bo‘lmasa u monitor ekraniga joylashsa, boshqa jadval­lar bilan bog‘liq bo‘lmasa, shuningdek, yaratilayotgan tizim kommersiya maqsadlari uchun bo‘lmasa, unda ma’lumotlarni kiritish uchun mos forma yaratish shart emas. Boshqa hollarda jadvalga ma’lumotlar kiritish uchun forma ishlab chiqish tav- siya etiladi.

  1. So‘rovlar yaratish texnologiyasi

Ixtiyoriy axborot texnologiyasining asosiy vazifasi foydalanuv- chiga zarur va ishonchli axborotlarni tayyorlab berishdan iborat. MB jadvallarida saqlanadigan axborotlarni qayta ishlash so‘rovlar yordamida amalga oshiriladi.
So‘rovlar foydalanuvchi tomonidan berilgan shartlar bo‘yi- cha jadvaldagi axborotlarni qayta ishlash va qidirish uchun mo‘lj allangan birorta komandalar (buyruqlar) to‘plamidir. AC­CESS tizimida bajariladigan amallarga bog‘liq ravishda quyidagi ko‘rinishdagi so‘rovlar yaratish mumkin:

  • birorta amallarni bajarish (tanlov so‘rovlari);

  • tiklash;

  • qo‘shish;

  • olib tashlash;

  • jadvallarni yaratish.

Sanab o‘tilgan so‘rovlar har biri yaratish texnologiyasi va ax- borotlarni tasvirlash shakli bilan farq qilishi mumkin. So‘rovlarni yaratish texnologiyasiga bog‘liq ravishda ularni doimiy va para- metrik so‘rovlarga bo‘lish mumkin.
Doimiy so‘rovlarga — axborotlarni tanlab olish parametrlari uzoq vaqt davomida o‘zgarmaydigan so‘rovlar kiradi.
Parametrik so‘rovlarga — axborotlarni tanlab olish parametr­lari o‘zgarib turadigan so‘rovlar kiradi.
So‘rovlarning bajarilishi natijasida dinamik jadvallar hosil bo‘- ladi. Shakli bo‘yicha dinamik jadvallar ikki ko‘rinishda bo‘ladi:

  • strukturalari MBda berilgan jadvallar strukturasiga mos bo‘lgan jadvallar;

  • strukturalari MBda berilgan jadvallar strukturalaridan farq qiluvchi jadvallar, ya’ni kross jadvallar.

Kross jadvalning strukturasi MBda berilgan jadvalning struk- turasidan farqi shundaki, bunday jadvallarda ustunlarning sar- lavhasi (mavzusi) nomlar bilan emas, tanlangan maydon qiymat- lari bilan beriladi. Bunday jadvallar alohida ko‘rinishdagi so‘rovlar

  • kesishuvchi so‘rovlar yordamida yaratiladi.

Kesishuvchi so‘rovlar — ayrim (alohida) maydonlarni qiymat- lari bo‘yicha ma’lumotlar bir vaqtda guruhlari bilan axborotlar­ni tanlash uchun qo‘llaniladigan so‘rovlardir. Bunday so‘rovda ma’lumotlar kross-jadval shaklida yaratiladi.
So‘rovlarni yaratish usullari. ACCESSda foydalanuvchiga so‘rov yaratishning ikkita usuli tavsiya etiladi:

  • usta yordamida konstruksiyalash — «конструктор» rejimida;

  • SQL rejimida dasturlash.

«конструктор» rejimida so‘rovlar yaratish ustalar tizimi yordamida bajariladi. Bu holda foydalanuvchi konstruksiyalash darchasida so‘rovlar parametrlarini ko‘rsatish kerak. Bunda usta tomonidan beriladigan imkoniyatlardan foydalaniladi. ACCESS bu holda avtomatik ravishda SQL komandalaridan maxsus ket- ma-ketlik ko‘rinishida dastur kodini yaratadi.
SQL rejimida so‘rovni dasturlash uchun foydalanuvchi so‘rov bajaradigan barcha amallarni SQL tili komandalari yordamida tavsiflab (yozib) chiqishi kerak.
Umuman olganda, «конструктор» rejimida so‘rovlarni kon- struksiyalash imkoniyatlari MB jadvallaridagi axborotlarni qayta ishlashni ixtiyoriy masalasini yechish uchun yetarli.
Konstruktor rejimida so‘rovlar ishlab chiqish. ACCESS MBBT so‘rovlarini ishlab chiqish ikki usulda bajarilishi mum­kin:

  • yangi so‘rovni mustaqil yaratish;

  • so‘rovlarni usta (master) yordamida yaratish.

Ixtiyoriy usulda MBning elementlar darchasini ochish zarur.
«Запросы окна объектов» БД tugmasi aktivlashtirilsa, MB
barcha so‘rovlar joylashgan darcha ochiladi.
So‘rovlar yaratishda foydalanuvchi so‘rovlarni konstruksi- yalashni quyidagi variantlarini tanlab olishi mumkin:

  • konstruktor rejimida so‘rov yaratish;

  • usta (мастер) yordamida so‘rov yaratish.

Birinchi usul tanlab olinsa «Создание запросов» darcha- si ochiladi. Bunda foydalanuvchiga quyidagi so‘rovlar ishlab chiqishning rejimlari taklif etiladi:

  • mustaqil ravishda so‘rovni konstruksiyalash (Kostruktor rejimida);

  • so‘rovni master yordamida konstruksiyalash rejimlari:

  • oddiy so‘rov;

  • kesiluvchi so‘rov;

  • takrorlanuvchi so‘rovlar;

  • tobesiz yozuvlar.

So‘rovlarni «Конструктор запросов» yordamida yaratish.
«конструктор запросов» yordamida so‘rovlar yaratishda quyidagi amallarni bajarish zarur:

  1. «конструктор запросов»ni ochish.

  2. Ochilgan «Добавление таблицы» darchasida so‘rov yaratishga asos bo‘lgan jadval yoki jadvallar tanlab olinadi (Добавить komandasi). Tanlashni amalga oshirish uchun mos jadval ustida sichqoncha bir marta bosiladi. Bunda konstruktor darchasida jadval maydon nomlari bilan paydo bo‘ladi.

  3. Jadval (jadvallar) kiritilib bo‘lgandan so‘ng «Закрыть» tugmasini bosamiz.

  4. So‘rov uchun kerak bo‘lgan jadval maydonlarini «конструктор запросов» darchasining maydonlariga kirita- miz.

  5. Zarur bo‘lgan birorta maydon qiymati bo‘yicha tartib- lash ketma-ketligini o‘rnatamiz (masalan, FIO maydonidagi qiymatlarni alifbo tartibida joylashtirish).

  6. Maydon qiymatlarini ekranga chiqarish zaruratini aniqlay- miz. Buning uchun pastdagi mos kvadratlarga sichqoncha bosi­ladi (Да(Ш)).

  7. «Условия отбора» satriga jadvaldan ma’lumotlar ajratib olish maydoni bo‘yicha mos qiymatlarni (ifodalarni) o‘rnatamiz.



3.2.1-rasm. So‘rovlar yaratish spetsifikatori.




Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish