Bog'liq Irgasheva durdona yakubdjanovna ma’luMotlar oMbori
Ta’rif
Tavsif
NOT NULL
Jadval ustunida NULL qiymat bo‘lmasligi, ya’ni uning qiymatlari aniqlangan bo‘lishi kerak
UNIQUE
Ustunga kiritilayotgan qiymat shu ustunning boshqa barcha qiymatlaridan farq qilishi kerakligini, ya’ni yagona bo‘lishi kerakligini belgilaydi
PRIMARY KEY
Ustun birlamchi kalit bo‘lib keladi. Har bir jadvalda faqat bitta ustun birlamchi kalit bo‘la oladi. U NULL qiymatga ega bo‘lmasligi kerak va unga kiritilayotgan qiymat shu ustun qiymatlaridan farq qilishi kerakligini anglatadi
DEFAULT qiymat
Sukut bilan qiymat o‘rnatiladi. Bunday cheklanishli ustunga yangi yozuv kiritilayotganda avtomatik ravishda ko‘rsatilgan qiymatni oladi
Tarmoqqa ulanmagan shaxsiy kompyuterda MBBT joylashtiril- ganda, MB doim tanho huquqqa ega bo‘lgan rejimda ishlatiladi. Agar bu MB bilan bir nechta foydalanuvchi ishlasa (foydalansa) ham ularni faqat ketma-ket ishlata olishlari mumkin. Lekin local (mahalliy) ma’lumot bazasini qo‘llash shuni ko‘rsatdiki, ular- ga mo‘ljallangan axborotlar ko‘p foydalanuvchi xarakterga ega. Shuning uchun ma’lumot bazasi bilan foydalanuvchilarni bir vaqtda ishlash imkoniyatini ta’minlovchi MBBT ishlab chiqish zaruriyatini vujudga keltiradi. Axborotlarga har xil foydalanuvchilarning bir vaqtda murojaat qilish imkoniyatini ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlariga, taqsimlangan ma’lumot bazalari boshqarish tizimlari deb ataladi. Umuman olganda MB ishlatish rejimlari 7.1.1-rasmda ko‘rsa- tilgan. Taqsimlangan MBBTning ishlatilgan asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqamiz.