Bog'liq Irgasheva durdona yakubdjanovna ma’luMotlar oMbori
7.2.2-rasm. Ma’lumot bazasi bilan ishlaydigan namunaviy ilova tuzilmasi.
Nomaishiy mantiq ilovani ishlatayotganda foydalanuvchi o‘z ekranida ko‘radigan ilova qismi bilan aniqlanadi. Bunga ilovani ishlash jarayonida foydalanuvchi ko‘rayotgan yoki to‘ldiriladigan bir nechta interfeysli ekran formalari kiradi. Bu qismga shuning- dek, foydalanuvchi ekraniga chiqarilayotgan qandaydir oraliq ma- salalarni yechish natijalari yoki ma’lumotnoma axborotlari kiradi:
ekran tasvirlarini yaratish;
ekran formalaridagi axborotlarni o‘qish va yozish;
ekranni boshqarish.
Biznes-logika yoki xususiy ilova mantig‘i. Bu ilova kodining qismi bo‘lib, ilovaning aniq masalalarini yechishning xususiy al- goritmlarini aniqlaydi. Odatda bu kod har xil dasturlash tillarini ishlatib yoziladi, jumladan C,C++, Visual Basic va boshqalar. Ma’lumotlarni qayta ishlash mantig‘i bu ilova kodining qismi bo‘lib, ilova ichida ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bevosita bog‘liq. Ma’lumotlarni bevosita MBBT boshqaradi. Ma’lumotlarga murojaatni ta’minlash uchun SQL tili ishlatiladi. Ma’lumotlarni boshqarish protsessori — bu bevosita MBBT. Odatda MBBT funksiyalari ilova biznes mantig‘idan yashiringan bo‘lishi kerak, lekin ilova arxitekturasini ko‘rish uchun ularni ilo- vaning alohida qismi sifatida ajratish kerak. Markazlashgan arxitekturada ilovani bu qismlari yagona muhitda joylashadi va bitta bajariluvchi dastur ichida guruhla- nadi. Kliyent va server jarayonlari o‘rtasida masalalar har xil taqsimlashishi mumkin. Taqsimlash xarakteriga qarab maksimallashning quyidagi modellarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Bu shartli guruhlash ma’lumotlar bilan manipulatsiyalashda alohida masalalarni server va kliyent jarayonlari orasida qanday taqsimlanishi mumkunligini ko‘rsatadi. Ma’lumot bazasining server modeli
Ikki sathli modellar. Ikki sathli modellar yuqorida sanab o‘tilgan 5 funksiya ikkita kliyent va server platformasida baja- riladigan jarayonlar o‘rtasida taqsimlanishi natijasi deb qarash mumkin. Har bir ikki sathli modelning asosiy xarakterli xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:
ma’lumotlarni uzoqdan boshqarish modeli;
ma’lumotlarga uzoqdan murajaat modeli.
Ma’lumotlarni uzoqdan boshqarish modeli ba’zan fayl server- li model deb ataladi. Bu modelda namoyish mantig‘i va biznes mantiq mijoz qismiga joylashadi. Serverda ma’lumotlar fayli joylashtiriladi va faylga murojaat ta’minlanadi. Axborot resurslarini boshqarish kliyent qismida joylashadi. Bu modelda funksiyalarning taqsimlanishi rasmda keltirilgan.