G‘afur G‘ulom



Download 31,6 Kb.
bet4/4
Sana11.06.2022
Hajmi31,6 Kb.
#653302
1   2   3   4
Bog'liq
G‘afur G‘ulom

«Yodgor” qissasi “Yodgor”qissasida (1936) yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishga intilishi, mustaqil fikrlashdagi izlanishlar, oila va axloq muammolari, yangicha dunyoqarashning shakllanishi, bu masaladagi evrilishlar, ularning qalbdagi izlari, shaxs takomiliga ko‘rsatgan ta’siri tasvirlandi. Asarga, mustaqillikgacha bo‘lgan davrdagidek, faqat ijtimoiy nuqtayi nazardan qaramaslik kerak. To‘g‘ri, unda tuzum va zamon ta’siri yo‘q emas va bu tabiiy holdir. Zero, uning asosiy qahramonlari shu sharoitda ulg‘ayib kelayotgan kishilar. Lekin, ular mohiyat e’tiboriga ko‘ra, barcha insonlarga xos orzu, umid, muhabbat, intilish bilan yashayotgan kishilardir. Adib ana shu umuminsoniylik rishtalari bilan bog‘langan qahramonlaridagi o‘ziga xosliklarni ochib beradi.
Boshdanoq, qissaning kompozitsion tuzilishidagi mahoratni ta’kidlash zarur. Asar avvalida o‘rtaga tashlangan sirli tugunni yozuvchi oxirigacha saqlab boradi. Voqealar, qahramonlar, badiiy fikrlar joylashuvi va yoritiluvidagi bu tartibot mustaqillikkacha qiziqishini oshirib boradi.
Jo‘ra-asarning markaziy qahramonlaridan biri. U sodda, tanti, ishonuvchan. Yozuvchi undagi xislatlarni samimiyat bilan tasvirlab boradi. Jo‘ra, ittifoqo ko‘chadan bir jajji go‘dakni ko‘tarib kelganda Saodat endigina o‘n uch yoshda edi. Lekin onalari Jo‘ra bilan Saodatni unashtirib qo‘yishgan. Shu bois har ikkala oilaning orzulari chilparchin. Ayniqsa, kampirlarning fig‘oni falak. Jo‘ra esa, go‘dakni «o‘zimning bolam» deyishdan nariga o‘tmaydi. Hammani bunga ishontiradi. O‘zi malomatga qolsa-da, bu ahvol qanday qilib yuzaga kelganini yaqinlariga aytishni ep ko‘rmaydi.
G‘. G‘ulom qahramonlaridagi insonparvarlikni milliy bo‘yoqlarda chizishga usta. Ko‘p o‘tmay go‘dakni xuddi o‘z jigarlaridek ardoqlashga tushadilar. Har tukida Jo‘raning o‘zini ko‘rgandek bo‘ladilar va bundan momolar cheksiz quvonadilar.
Jo‘ra harbiy xizmatga ketadi. So‘ng tibbiyot akademiyasida o‘qiydi. Go‘dak ulg‘aya boradi. Go‘dak ham, aslida, ko‘chadan faqat topibgina olinmagan edi. U ham, asli, sevishganlarning farzandi. Biroq Mehrining otasi bu sevgiga qarshi. Badfe’llik bilan uni o‘zga bir kishiga uzatmoqchi.
Mehri va sevgani esa farzandli bo‘lganlarini otadan yashirib, bir-biriga yetishish niyatida. Shu sababdan Mehri aldab turib, go‘dakni Jo‘raga berib yuborgan.
Ko‘zbo‘yamachilik bilan baxtni saqlab qolmoqchi bo‘lgan, mug‘ambirlik bilan sevgisini mustahkamlashga intilgan Mehrining azob-uqubatlarini yozuvchi asar oxirida ma’lum qiladi.
Qissada turli-tuman, lekin har biri o‘ziga xos, fe’li, tabiati, fikrlash tarzi, so‘zlash yo‘sini bilan farqlanib turuvchi obrazlar tizimi mavjud. G‘. G‘ulom ularning har biridagi, hatto, mayda tafovutlarni ham xalqano naqqoshlik bilan chizadi. Go‘dak Yodgor xatti-harakati va qiyofasidan tortib, harbiy xizmatda yurgan Jo‘ra; xat yozishib, muhabbat rishtalarini mustahkamlagan Saodat; ishqdagi xatolar bilan azoblarni tushunuvchi mushtipar ona; harbiy tibbiyot sirlarini egallab kelgan Jo‘ra; qilmishi tufayli o‘kinchlar girdobida adoyi tamom bo‘lgan Mehri; Jo‘ra va Saodatning kuydi-pishdi onalari-barchasi chuqur milliylik bilan yaratilgan xalqona obrazlardir.
Hayot-mehribon, hayot-beshafqat. Yodgor olti-yetti yoshga yetganida Jo‘ra bilan Saodat baxtli turmush quradilar. Dunyoning sho‘rishli g‘avg‘osiga uchrab, taqdiri chilparchin bo‘lishiga oz qolgan, biroq boshga tushgan ko‘rgilikka chidagani, sabr-toqat qilgani, faqat yaxshilik, umid bilan yashagani, intilgani uchun hayot Jo‘raga «qorong‘ulikning nurini, kechaning kunduzini, tikanning gulini» ato qiladi.
Bir vaqtlar Mehrixon Jo‘rani ZAGSga olib borib, ko‘zini shamg‘alat qilib, bolani tashlab ketgan bo‘lsa, endi bu yerga u o‘zining sevgilisi bilan qo‘l ushlashib keldi: «Endi men bilan Saodat uchun baxt g‘unchasiday ochilgan qalin muqovali ZAGS daftari boshida kulgan yuzlar bilan turmoqdamiz. Uzun va oydin umr yo‘li. Bu yo‘l nurlarga to‘lgan, shirinliklarga mo‘l, muttasil ko‘klam, gullar to‘shalgan yo‘l».
Mehrinisoga esa, hayot o‘ziga munosib taqdir beradi. Asar nihoyasida malakali do‘xtir darajasiga yetgan Jo‘ra bemorlardan birini ko‘rgani boradi. Xasta esa Mehrixon bo‘lib chiqadi. Eri kattagina amaldor ekan. Yeyish-ichishdan kamchiligi yo‘q. Lekin baxtsiz. Ruhi pajmurda. Farzandsizlik dardiga mubtalo. Bir vaqtlar paranji ichida hurkovuch quyonday, ota-bobolar aytganday: «qog‘ozdagi qantdek qiz» bo‘lgan Mehriniso bir norasida go‘dak va sodda, ishonuvchan, halol yigitga yetkazgan ozori uchun bitmas vijdon azobida.
Biroq vijdon azoblangani bilan, ayblar kechirilgani bilan kechirilgan alamlarni orqaga qaytarib bo‘ladimi, xo‘rliklarni yoddan chiqarish mumkinmi?
Ko‘p yillardan so‘ng tasodifan uchratib qolgan Jo‘rani taniganidan so‘ng Mehrixon hushidan ketib qolishi bejiz emas, kitobxon bunga ishonadi.
Bu holatga tushuvchi qahramon ahvolini tasavvur qilsa bo‘ladi. U shubhasiz, azob va iztirob iskanjasida qoladi. Bunday ruhiyatni tasvirlashning o‘zi bo‘lmaydi. So‘z ojizlik qilishi mumkin. Buning ustiga, odamlardagi ruhiy iztirob mohiyati bir-biriga yaqin, ularni ifodalovchi so‘zlar ham cheksiz bo‘lmagani bilan, bu holat har bir kishida o‘ziga xoslik bilan kechishi tabiiydir.Uni tasvirlash yozuvchidan katta mahorat talab qiladi. G‘. G‘ulomda esa bunday mahorat yetarli. Yozuvchi qahramoni Mehrixon ruhiyatiga monand quyidagicha nihoyatda qiziq, tiniq va aniq ifoda o‘z aksini topadi: «U yarim telba edi. Hissiyot agar muhit bo‘lsa, u shu muhitning to‘lqiniga asir bo‘lgan bir cho‘loq chumoli...»
Download 31,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish