G‘afur G‘ulom


G‘afur G‘ulomning nasriy asarlari



Download 31,6 Kb.
bet3/4
Sana11.06.2022
Hajmi31,6 Kb.
#653302
1   2   3   4
Bog'liq
G‘afur G‘ulom

G‘afur G‘ulomning nasriy asarlari
G‘. G‘ulom ham shoir, ham yozuvchi sifatida birdek mashhur so‘z san’atkoridir.
XX asrning 30-yillarida uning «Yigit», «Kulgi hikoyalar» to‘plamlaridagi asarlar el og‘ziga tushgan bo‘lsa, 60-yillar o‘rtalarida «Gilos danagidan tasbeh» to‘plamidagi hajviy hikoyalari mashhur bo‘lib ketdi. Yigirma besh yoshi atrofida «Qizaloq» (1928) hikoyasini e’lon qilgani, umr shomidagi so‘nggi mashhur asarlaridan biri «Mening o‘g‘rigina bolam» (1965) asari ham hikoya ekani adib ijodida nasr nechog‘lik mustahkam o‘rin tutganini ko‘rsatadi.
«Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasida qashshoq hayot kechirishiga qaramay, ma’naviy barkamolligi, insoniyligini yuksak darajada saqlab qolgan mushtipar o‘zbek kampiri qiyofasi ko‘rsatildi. Hikoyadagi o‘g‘ri urush davrida yo‘qchilik tufayli muhtojlikdan hayotning nochor ko‘chasiga kirgan kishi. U kimnidir o‘marish emas, bir burda non ilinjida bu yo‘lga qadam qo‘ygan. Aslida ko‘ngli pok, samimiy; odamlarga mehri limmo-lim, o‘zgalar dardiga hamdard odam. Shuning uchun o‘quvchida unga nisbatan nafrat emas, uning ko‘nglida, qalbida xayrixohlik uyg‘onadi. Adibning asosiy niyati har ikkala qahramonidagi insonparvarlikni ko‘rsatish. Bu ruh asar nomidanoq anglashilib turadi.
G‘afur G‘ulomning o‘nlab felyetonlari, ocherklari, publitsistik maqolalari «Mushtum» jurnalida, respublikaning markaziy gazetalarida deyarli qirq yil davomida muttasil bosilib turdi.
«Yodgor», «Netay», «Shum bola» asarlari o‘zbek qissachiligi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Ayrim manzaralarda mafkuraviy ta’sir sezilsa-da, bu asarlar yozuvchining hayotni badiiy tahlil etishdagi teran mahoratini, tildagi xalqona chechanlik va bilag‘onligini, xarakterlar yaratishdagi o‘ziga xosligini va ayniqsa, hazil-mutoyiba, yumordagi benazir ustaligini ko‘rsatadi. «Shum bola» qissasi (1936-1963) quvnoq, hayotbaxshligi azob-uqubatlardagi «yoqimlilik» tasviri jihatidan jahon adabiyotida o‘xshashi yo‘q «Tom Soyerning boshdan kechirganlari» nomli mashhur asari bilan bir safda tura oladi. Fikrimizcha, badiiy mahorat, milliylik jihatidan ulardan hatto ustunligi ham yo‘q emas. «Shum bola» da birinchi jahon urushi arafalaridagi o‘zbek xalqi hayotidagi qiyinchilik, mashaqqatlar bolalar nigohi va dunyoqarashi orqali, sarguzashtnoma hangomalar asosida, hazil-mutoyi-baga, beg‘araz kulgiga yo‘g‘rilgan uslubda badiiy gavdalantirildi.
G‘. G‘ulom nasriy uslubiga xos hajviy xalqona ohang, ayniqsa, «Hasan Kayfiy» (1965), «Afandi o‘lmaydigan bo‘ldi» (1965) hikoyalarida yaqqol ko‘rinadi.
Hasan Kayfiy obrazi, nainki G. G‘ulom ijodi, balki umuman sho‘ro davri o‘zbek adabiyotida yaratilgan qahramonlar ichida o‘ziga alohida yondashuvni talab qiladi.
Hasan Kayfiyning topganini kundalik tirikchilikka yetkazish va qittakkina no‘shdan boshqa qilari yo‘q. Har kungi ahvoli shu. O‘ziga xon, o‘ziga bek. O‘zini boquvchi aqliga, mehnatiga ishonadi, xolos. O‘zgaga ishonmaydi ham, unga boshqa hech kimning keragi ham yo‘q. Shuning uchun Xizr qiyofasida tunda yurt aylanuvchi podsho bilan qattiq bahsga kirishishdan tap tortmaydi. « Podsho degan maxluqqa doim bo‘yin egish xush yoqadi», -deydi Hasan. Podsho yaratganning yerdagi soyasi ekanini tan oladi, lekin ayni vaqtda, uning fikricha, undan biron narsa umid qilgan kishi ahmoq bo‘ladi.
Bu-qahramon tilidan o‘z davrida aytilgan jiddiy gap edi. Bu, umuman, davrning boshqaruv tizimi, mamlakat, jamiyat, partiyaga yetakchilik qilayotgan shaxs haqida adib chiqargan xulosa edi.
Afandinamo qahramon aytgan mazkur fikrni yozuvchi ochiqdan ochiq aytolmasdi. Shu sababdan u yashirin usulda Hasan Kayfiy obrazi orqali ilgari surdi.
Hasan «Xizr» qiyofasidagi podsho oldida yaltoqlanmaydi. Hatto, podsho haqida ikki og‘iz yaxshi gap aytishni xohlamaydi. «Xizr» qiyofasida yashirinib, o‘zi haqida elning fikrini bilishga urinmasin, u Hasan Kayfiy og‘zidan «podsho salomat bo‘lsin» degan gapni ham yulib ololmaydi.
Kayfiy obraziga sinchiklab nazar tashlash yozuvchiga, nainki, umr shomidagi, balki yoshligi va umri davomidagi ayrim armonlarni ham yashirgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Hikoyadagi «insonparvar» va’dalarga aldanib, uchib, ishonib, bir vaqtlar eshikni o‘zgalarga lang ochib qo‘yganimiz ham to‘g‘ri bo‘lmagan ekan, degan fikrga imo-ishoralar shunday deyishga asos bo‘ladi.
Qahramon xatti-harakati va fikrlashidagi kulgili holatlarni yozuvchi butun asar davomida juda noziklik bilan his etadi va ulardan o‘z g‘oyalari, maqsadlarini «moddiylashtirish»da g‘afurona chapdastlik bilan foydalanadi.
«Afandi o‘lmaydigan bo‘ldi» hikoyasi ham adibning xalqona ohanglardagi kulgi ruhi balqib turuvchi asarlari sirasiga kiradi. Unga xalq og‘zaki ijodida keng tarqalgan latifa asos qilib olingan. Bosh qahramon ham mashhur Afandi. Biroq, hikoya latifaning bayonigina va yozma adabiyotga o‘tgan namunasigina emas. Afandi obrazini ham, faqat latifadagi qahramonning aynan o‘zi deb bo‘lmaydi. Adib latifani ham, qahramon obrazini ham qayta ishlab, boyitib, tom ma’nodagi hajviy hikoya namunasiga aylantirdi. Qahramonni aniq zamon va makonga olib kirdi. Shart-sharoitlar, muhit butun tafsilotlari bilan ko‘rsatildi. Afandi obrazi-xuddi tirik odamdek, rivoyat uslubidan foydalanib, realistik adabiyot talablari asosida tasvirlandi. Latifada ko‘proq qiziqarli voqea, Afandi qiyofasida u yoki bu kulgili qirra e’tirof etiladi. Hikoyada esa, qahramonlararo bahslarni yoritishga, harakat ochilishiga, xarakteriga e’tibor kuchaytiriladi. Qahramon ruhiyatidagi kulgili o‘zgarishlarni dalillash, kutilmagan voqealar joylashuvining tartiboti, hazil-mutoyibaning dam-badam badiiy qahqaha tili bilan almashinishi, umuman, asarga ham, Afandi obraziga ham joziba bag‘ishlaydi.
Ma’lumki, xalq latifalaridagi Afandi o‘lmas, abadiy barhayot, muxoliflarni kulgili, tang ahvolda qoldirib, ular ustidan doimo g‘olib chiquvchi qahramondir. G‘afur G‘ulom hikoyada shu ruhni saqlab qoladi. Uch miri tangasini yo‘qotib, bir necha yil davomida o‘tgan-ketganga, sen tortib olgansan deb, tixirlikdan hazor qadar badal undirib, tirikchiligini o‘tkazib yurgan Afandining xatti-harakatidan miriqib kulamiz. Qahramonning bu harakatini oqlash qiyin, albatta. Lekin, baribir, kitobxon uning quvligiga xayrixohligini ham inkor etolmaydi. Chunki xalq o‘zining sevimli, xalqparvar, dono qahramoni har qanday mushkul vaziyatdan g‘ururini yo‘qotmay, haq bo‘lib chiqishini xohlaydi.
Qazo vaqti yetib, jonini olgani kelgan Azroilni Afandi dog‘da qoldiradi. Ikki rakat namoz o‘qib olish bahonasida bir rakatini o‘qib, ikkinchisini keyinga qoldirgan Afandini Azroil kutishga majbur. Ikkinchi rakat qachon o‘qiladi-yolg‘iz Allohning o‘zi biladi. Shu tariqa Afandi o‘lmaydigan bo‘ldi. U doimo barhayot. Xalq bilan abadiy birga.
Yozuvchi kuldiradigan vaziyat va holatlarni topishga juda usta.
«Ajab zamonada qoldik, yoqalar bo‘ldi etak, bo‘z paytava bo‘ldi, boshga chiqdi patak, -deydi Afandi xirgoyi qilib va eshagidan so‘rab qo‘yadi: «Bunga sen nima deysan, hangi hofizi mayda qadam». Eshagi ham anoyilardan emas: «Eshak Afandining so‘ziga «ma’qul» deganday boshini silkitib, quloqlarini bir-biriga urishtirib, bedana yurish qilib, ketib borardi».

Download 31,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish