G‘afur G‘ulom


G‘afur G‘ulomning she’riy asarlari



Download 31,6 Kb.
bet2/4
Sana11.06.2022
Hajmi31,6 Kb.
#653302
1   2   3   4
Bog'liq
G‘afur G‘ulom

G‘afur G‘ulomning she’riy asarlari
G‘afur G‘ulom butun umri davomida ko‘pdan ko‘p she’rlar. dostonlar yozdi. Jamiyat hayotining qaynoq manzillarini, zamondosh qalbining toza iqlimlarini, intilish va bunyodkorlikning ko‘tarinki ruhiyatini lirik qahramonning milliy siyrati va suratida poetik joziba bilan gavdalantirish G‘afur G‘ulom she’riyatining o‘ziga xos xususiyatidir.
To‘g‘ri uning she’rlarida firqa, siyosat, mafkura, tuzum va jamiyatning badiiy ijodga ta’siri, san’atkor dunyoqarashiga tazyiqi bilan izohlanuvchi cheklanish, kamchilik yo‘q emas. Lekin shoir asarlarining ijodiy yuzini, o‘zligini, qadr-qimmatini bunday asarlar belgilamaydi.
G‘afur G‘ulom she’riyatining qudrati el-yurt tashvishidagi qahramonning o‘y-mushohadalari, bu mushohadalardagi donishmandlik, shu donishmandlikni namoyon etuvchi obrazlar vositasidagi rang-barangliklar bilan ajralib turadi. «Vaqt» she’rida aytilganidek:
Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog‘idir umr daftarin.
Inson asr, umrgina emas, har daqiqani aziz bilmog‘i, o‘z shafoat va sharofati, shuuri va mehnati, mehr-muruvvati bilan uni aziz qilmog‘i kerak.Umr masofasi ikki qosh o‘rtasidek qisqa, muddati ko‘z ochib yumgunchalik yugurik ekan, har bir fursatni g‘animat bilib, umr daftarini bezamoq zarur.
Bunday chuqur falsafiy ruh uning «Sog‘inish», «Sen yetim emassan», «Alisher», «Bog‘», «Sharaf qo‘lyozmasi» singari turli yillarda, turli yo‘nalishlarda yozilgan she’rlariga ham taalluqlidir. G‘afur G‘ulomning har bir she’ridagi ma’no va maqsad turlicha poetik talqinni taqozo etadi, bu talqin esa doimo rang-barang milliy obrazlarda o‘z ifodasini topadi:
Shodlik qo‘shini bosdi saodat ko‘chasini,
Go‘daklar jaranglatar hayitlik tangasini,
Kelinchaklar axtarar pardoz qutichasini,
Qirq kokil bo‘lsin deydi, qistaydi yangasini,
G‘afur G‘ulom she’rlaridagi qahramonning ma’naviyat olami boy; saxovatpesha, tanti va mard. Maqsadi pok, niyati toza, har bir kishiga, har bir xalqqa doimo qalbi ochiq. Bu qahramonlar o‘z mahdudlik doirasida o‘ralashib qoladigan odamlar emas. Ular umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarovchi xalqparvar kishilardir. Bu xususiyatlar G‘. G‘ulom she’riyatining mushtarak belgisi.
Shoirning «Sen yetim emassan» (1942) she’rida insoniyat tarixidagi bir davrning muhim bir tarixiy hodisasi bir millatning unga daxldorligi nihoyatda teranlik bilan, yuksak insonparvarlik ruhida aks ettirildi.
Ikkinchi jahon urushida qanchadan qancha go‘daklar yetim qoldi. Boshpanasiz qolgan 100 minglab go‘daklar, voyaga yetmagan o‘g‘il-qizlar O‘zbekistonga keltirildi. Bolajon xalqimiz ularni o‘z bag‘riga oldi, bir burda nonini o‘rtada baham ko‘rdi.
G‘afur G‘ulom ana shu go‘daklardan ayrimlarini oilasiga olib tarbiyaladi. Kunda-kunora lak-lak kelayotgan och, yupun norasidalarni kutib olishda, bolalar uyiga joylashtirishda ishtirok etdi. Ularning holidan xabar olib turdi.
Yetim bolaligi yodiga tushib ko‘zi ba’zan achchiq yoshlarga to‘ldi, mijja qoqmay chiqqan kunlari bo‘ldi.
Farzandim holi nima kechdi ekan, degan o‘y bilan o‘rtangan frontdagi millionlab jangchilarning ahvolini aytmaysizmi? Shunda G‘afur G‘ulom ularga taskin berish, ko‘ngillarini ko‘tarish, bolaligini qo‘rquvlarga qo‘shib yo‘qotgan sargardon norasidalarning gul yaprog‘idek yurakchalaridagi azoblarini sabr va mehr bilan almashtirish uchun bel bog‘ladi. Shoir shunda mehr-muruvvatga yo‘g‘rilgan, dunyodagi hech narsa o‘rnini bosolmaydigan, go‘dakning insonga, ota-onaning farzandga cheksiz va betimsol mehrini ifodalaydigan she’r kerakligini angladi.
«Sen yetim emassan» she’ri shu tariqa-shaxsiy va ijtimoiy dardlarning kesishgan nuqtasida paydo bo‘ldi.
Asar o‘zbek tilida chiqqach, ko‘p o‘tmay rus tiliga o‘girildi. U orqali dunyoning ko‘pdan ko‘p tillariga tarjima qilindi.
Bu she’rning qimmat va ahamiyati o‘z vaqtida, hech mubolag‘asiz, katta-katta qo‘shin bo‘linmalari, son-sanoqsiz qurol aslahalardan ortiqroq bo‘ldi.U insonning insonga mehrini mustahkamladi. Yaralangan umidlarni ishonchga aylantirdi. Bunday she’rlar nainki urush davri, balki tinchlik zamonlarda ham irqi va millati, nasl-nasabidan qat’iy nazar, mehrtalab har bir inson uchun kerak. Inson esa doimo mehrga muhtoj:
Manglayda porlagan
Toleying quyosh,
Butun yer yuzini
Qilur munavvar.
Haqorat yemirilur,
Zulm yengilur.
Jahonda bo‘lurmiz,
Ozod, muzaffar.
Sen yetim emassan,
Mening jigarim!
«Alisher» nomli she’r ulug‘ mutaffakkir Navoiyning tavallud to‘yi munosabati bilan 1948-yilda yozildi.
Navoiy siymosiga munosabatda muallifga davrning sinfiylik haqidagi qarashlari muayyan ta’sir o‘tkazganini inkor etmaslik kerak. «Lojuvard koshinli, oltinlangan qasr, Navoiy qadrini bila olmadi» kabi misralar ana shundan.
She’rda Navoiyni alqayotgan sho‘ro tuzumi ulug‘lanadi, kommunizm asriga alyorlar aytiladi. G‘afur G‘ulomni tushunish kerak. U bularni yozishga majbur edi. Bularga e’tibor bermaslik sinfiylikni xas-po‘shlash, partiyaviylikni inkor etish deb qaralgan bo‘lur, pirovardida asar bosilmasligi ham mumkin edi. Lekin bundan qat’iy nazar, G‘. G‘ulom she’rda Navoiy dahosini bor bo‘y-basti, ulug‘vorligi bilan ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ladi:
Daraxshon yulduzlar sari o‘kirgan,
Bo‘ynida zanjir-u, qalbi ozod sher.
Insoniy muhabbat mehr ila vafo,
Erk-u baxt timsoli ulug‘ Alisher.
Shogird ustozni bekorga erk timsoli darajasiga ko‘tarayotgani yo‘q, baxt timsoli sifatida ulug‘layotgani yo‘q. Alisher tarannumidagi erk G‘afur uchun baxt qadar aziz va mo‘tabar edi.
G‘. G‘ulom asar yozilayotgan XX asr o‘rtasida turib Navoiy siymosi misolida olis moziyni, o‘zi yashayotgan zamonni va uzoq kelajakni marjondek bir ipga tiza oladi.Bu tizimni Navoiy dahosi, G‘afur G‘ulom mahorati tashkil etadi:
O‘tmishdan besh yuz yil tarixi uchun
Sinchiklab qarasa kuni kechadek.
Yashovchan kishiga endigi ming yil
Ertaga qo‘liga kirgan o‘ljadek.
O‘zbekiston Qahramoni A. Oripovning Navoiyga bag‘ishlangan she’ridagi ushbu misralar ham ustoz G‘.G‘ulomning yuqoridagi satrlari ta’sirida tug‘ilgan bo‘lsa ajab emas:
Jahon mehrobida paydo Alisher...
Shodmon qasida ayt, sen ham, ey quyosh!
Besh yuz yil unga ham nima gap axir,
Mingga qadam qo‘ydi yigirma besh yosh.
G‘. G‘ulom tarixiy sharoitni tarixdan mujda bilish uchungina tasvirlamaydi.Ularning hozirgi kun bilan bog‘lanuvchi rishtalarini ham topadi va zamondoshlar ruhiyatidagi nozik, ammo o‘ktam hujayralar bilan tutashtiradi. Shu ma’noda «Sharaf qo‘lyozmasi» (1949) she’riga nazar tashlaylik.Uning yozilish tarixi ham qiziq. She’r tag sarlavhasiga: «Inglizlarning bizlarni qabila deb ataganiga javob» degan so‘zlar yozib qo‘yilgan. Demak, she’r g‘ururi baland millatparvar shoirning o‘z xalqini kamsitganlarga javobi tarzida maydonga kelgan. Ayni vaqtda, shoir ochiq gapirish qiyin bo‘lgan siquvdagi jiddiy fikrlarni aytish yo‘lini topadi:
Bizda logorifmaning
Mushkul muammolari
Qo‘ldagi barmoqlarday
Oddiy qilinganda hal,
«Oddiy irq» da’vogari
Cherchillning bobolari
Hatto sanay olmasdi
O‘n barmoqni mukammal.
Muallim va o‘quvchi bu misralarga o‘z davridagi «sovuq urush» ta’sirini unutmagan holda, tarixan yondashuvni ham unutmaydi, albatta. Biroq shoirning asosiy, yashirin maqsadi, alami olisdagilardan ko‘ra yaqinroqdagi yurtga zo‘ravonlik qilib kelayotganlarda edi. Elni, dilni, tilni ezib kelayotganlarda, o‘tmishing faqat nochorlikdagi yarim yovvoyilikdan iborat, deb xo‘rlaganlarda edi. Shu bois, she’rdagi «janoblar»ni olisdagilardan ham ko‘ra, o‘zimizga yaqindagilar va, hatto, qatordagilar deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Biz ekkan paxtalardan
Yer yuzida bor kishi
Uyatini yopganda
Ustma-ust qavat-qavat...
Hozirgi janoblarning
Ma’rifat va donishi
,,Paxta daraxt qo‘zisin
Juni» deb bilgan faqat
Shoirning o‘zgani masxaralash niyati yo‘q, hatto, tanqid ham qilmaydi. Bor haqiqatni obrazli tarzda she’rga solyapti, millatini mensimagan ayonlarga javob berayapti, xolos.
Shoir o‘zbek xalqining tarixi Misr ehromlaridan qariroq ekanini, Xorazmning har g‘ishtidagi yuksak ijod manaman degan xalqlarning shu singari faoliyatidan yuksak bo‘lsa yuksakki, kam emasligini aytib, shunday yozadi:
Xuddi shu tarixingni,
Shu yering, quyoshingni,
Biliming, do‘stligingni,
Ko‘rolmaydi kapital.
Bechora negrlarday
Yerga tiqib boshingni,
Qullik kishanlarida
Qilmoq bo‘ladi ma’tal.
Bu ehtiyotkorlik va ustalik bilan tag zaminli ifoda usulida ilgari surilgan fikrlardir. Ularni ochiq-oydin aytish mumkin emas edi. Shuning uchun: bizni qullik kishanlariga solmoqchi bo‘layotganlar, deb olis g‘arb dunyosi nazarda tutilayotgani to‘g‘ri anglab olinishiga ishonadi. Ayni vaqtda, she’rda o‘z davridagi qarama-qarshi ikki dunyo muxolifatini ham ifodalayotgandek bo‘ladi. Asar nihoyasiga yaqinlasharkan, senzurani chalg‘itish, shubhani yo‘qotish maqsadida rus xalqi bilan og‘a-ini, qarindoshlik haqidagi «Ozod Vatan», o‘z ko‘kining quyoshi, «Yarqiroq manglay» singari fikrlarga urg‘u beriladi. Bu mulohazalardan G‘. G‘ulomning sotsialistik tuzumni ulug‘lagan, mafkuraviy qarashlarni ilgari surgan, Lenin va porloq jamiyat ko‘klarga ko‘tarilgan barcha misralari soxta ekan-da, o‘zi ularga mutlaqo ishonmagan ekan-da, degan xulosa chiqmasligi lozim.
Shoirning sotsialistik g‘oyaga, Ilich (Lenin) nurlari-yu, mafkuraga astoydil ishongan she’rlari oz emas. Bu-barcha qatori davrning unga ham ta’siridir. Biroq G‘. G‘ulomning «Sharaf qo‘lyozmasi» singari asarlari ham borki, shoir ularda davrning mafkuraviy fikrlarini asl maqsadlardan ko‘ra, o‘zining tag-ma’noli, ko‘chimli, chuqur milliy-ijtimoiy dardlarini, istiqlol g‘oyalarini ihota qilish, asl niyatlarini ilgari surib olish uchun, shunchaki qo‘llaydi, xolos.
Shu tariqa G‘. G‘ulom o‘zining muhim falsafiy-tarixiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarini, erk va ozodlik, mustaqillik singari tushunchalarini lirik she’r qatiga va lirik qahramon xarakteriga shunday chuqur singdiradiki, uni o‘qib va uqib olish o‘quvchidan chuqur bilim va hushyorlik, o‘ziga xos ijodiy topqirlikni talab etadi.
G‘. G‘ulom faqat ijtimoiy-siyosiy mazmunda she’r yozgan, deguvchilar ham bor. Bu fikr to‘g‘ri emas. Uning qalb zam-zamalari, tabiat, bolalar dunyosi, oddiy insoniy munosabatlar, orzu-armonlar haqida ham ajoyib she’rlari ko‘p. «Bog‘» (1934) she’riga nazar tashlaylik:
Lola jomi to‘la ko‘klam shabnamiday ertalab,
Yozgi chilla sho‘x xayolday o‘tsa kurtakni yalab,
Bilmadim chillik , daroyi qilgusi qanday talab.
Lablaridan qand tomarsa, so‘rmayin qolg‘aymi men?
Kuz suzilgan, lab cho‘zilgan, sevgi uyg‘ongan chog‘i,
Bilmadim do‘ndiq bu qizning qancha ermish barmog‘i...
She’rda bir tarafdan tabiatning, bog‘ning, ishkomdagi uzumlarning betakror go‘zalligi chizilsa, ikkinchi tomondan, ayni vaqtda, asar lirik qahramonining shu holatga monand kayfiyati, yurak qirg‘oqlaridan mavjlanib toshayotgan his-tuyg‘ulari, tabiat va qalb tutashuvidan tug‘ilgan hayot go‘zalligining fusunkor onlari tasvirlanmoqda. She’r poetikasida sharq mumtoz she’riyatining nozik bilimdoni, she’riy san’atlardagi an’analarni nainki chuqur o‘zlashtirgan, balki ularni boyita olish salohiyatiga ega mahoratli shoir qiyofasi gavdalanadi.
Uzum donalarini go‘zal qiz sifatlari yanglig‘ jonlantirishi; lirik qahramonning tabiat ne’mati bilan oshuftaligida oshiq yigitga xos ishqiy tuyg‘ularning singdirilishi; «so‘rmayin» singari dilbar so‘zlar o‘ynoqiligidagi ko‘chim ma’nolilik salkam o‘n banddagi «qolg‘aymi men?» iborasining aksariyatidagi sharqona turfa ma’no she’rni chindan ham nozik tomonlarini namoyon etdi.
G‘. G‘ulom she’rlaridagi umumlashtiruvchi kuch va badiiy joziba yaxlitligini alohida ta’kidlash zarur. Bu xususiyat uning «Chaman»,»Bahor ohanglari»,»Bog‘» singari tabiat va qalb manzaralariga bag‘ishlangan lirik she’rlari uchun ham, «Sen yetim emassan»,»Sharaf qo‘lyozmasi» kabi chuqur ijtimoiy ruh bilan sug‘orilgan asarlari uchun ham xosdir.
Tabiat go‘zalligini, saxovat mo‘jizalarini hamda ulardan sehrlangan qalb ziyosini tasvirlashdan boshlangan «Bog‘» she’rini avvaldan yaxlit bir kuch umumlashtirib turadi.U asar oxiriga kelib ochiladi. Tabiatning saxovatli in’omi, bu in’omdagi ma’no, go‘zallik o‘z-o‘zidan kelgan emas, ter to‘kib qilingan halol mehnat tufaylidir. Halol mehnat ne’matigina «qo‘ng‘iroq qah-qahli do‘stlar bazmi»ga yarashadi.
Asarni umumlashtirgan, yaxlitlantirgan emotsional tarkib ko‘tarinki ruhga burkanib, badiiy jozibaga aylanadi.
Umuman, mehnatni sharaflagan bunyodkorlik haqidagi she’r qanday boshlanishidan qat’iy nazar, asar nihoyasiga kelib, ko‘pincha mehnatkash qalbga salkam alyor bilan tugallanishi G‘. G‘ulom uslubiga xos xususiyat. «Sharaf qo‘lyozmasi» she’rida ham shoir umumlashtiruvchi mohiyatga e’tibor beradi. Vatanimiz o‘tmishi buyuk, ota-bobolarimiz ulug‘, biz ularning munosib vorislari ekanimiz yuksak pafos bilan tarannum etilar ekan, asar nihoyasida muhim bir xulosa chiqariladi. Bizni qullik kishanlarida qanchalik tutqunlikda saqlamoqchi bo‘lmasin, bu tuproq bizniki, «butun mazmuni bilan» o‘zimiznikidir:
Ular ayyuhannos solgan
Atom shu tuproqdadir.
Va bu tuproq seniki
Butun mazmuni bilan.
Olamga arzigulik
Qudrat shu chanoqdadir;
Sen qudrat egasisan
Mehnat yakuni bilan.
Vatanga muhabbat, tuproqqa sadoqat butun qalb, ruhiyatning umumlashtiruvchi kuchiga aylanib, asar nihoyasida teran pafos darajasiga ko‘tariladi. Lekin jozibani pafosgina, «qoliplashtiruvchi» fikrgina tashkil etmaydi.
Badiiy jozibaga she’rni hosil qiluvchi barcha tashqi va ichki «ehtiyoj»larining uyg‘un va yaxlitligi orqali erishiladi. Bular: shakl va mazmun mutanosibligi; fikr va tuyg‘uning to‘lg‘in holatlaridagi tasviri, asar qismlari, qahramon harakati va ruhiyati ifodasini teran ochishga bo‘ysundirilgan tartibotda joylashgan san’at; dardni so‘zda yog‘dulantira bilish, til go‘zalligi va hokazolar.
«Sen yetim emassan», «Sharaf qo‘lyozmasi», «Vaqt», «Sog‘inish» singari she’rlar ana shu shakl xususiyatlarni o‘zida mujassam etadi. Shuning uchun ularning badiiy jozibasi bizni o‘ziga maftun qiladi.
G. G‘ulomning nasriy asarlarida ham bu xususiyatlar janr tabiatidan kelib chiqadi.


Download 31,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish