Laboratoriya mashg’ulotida bajariladigan vazifalar:
Masaladagi barcha parametrlarni variant nomeriga moslab o’zgartiring va masala shartini qayta yozing (bunda V – variant nomeri);
Tajriba va tasodifiy hodisalarni aniqlang;
Tadqiq qilinayotgan A hodisani va boshqa hodisalarni ajrating;
Hisoblash uchun kerakli formulalarni yozing va hisoblashlarni kalkulyatorda bajaring.
1.1-masala. 2 ta tanga tashlangan, quyidagi hodisalar ehtimollarini toping:
1) Ikkala tangada ham gerb tomon tushdi;
2) Hech bo’lmaganda bitta tangada gerb tomon tushdi;
3) Hech birida gerbli tomon tushmadi;
3 ta tanga tashlangan, quyidagi hodisalar ehtimollarini toping:
4) Hamma tangada gerb tushdi;
5) Hech bo’lmaganda bitta tangada gerb tushdi;
6) Faqat 1 ta tangada gerb tushdi;
7) Faqat 2 ta tangada gerb tushdi;
8) Hech birida gerbli tomon tushmadi;
4 ta tanga tashlangan, quyidagi hodisalar ehtimollarini toping:
9) Hamma tangada gerb tushdi;
10) Hech bo’lmaganda bitta tangada gerb tushdi;
11) Faqat 1 ta tangada gerb tushdi;
12) Faqat 2 ta tangada gerb tushdi;
13) Faqat 3ta tangada gerb tushdi;
14) Hech birida gerbli tomon tushmadi;
O’yin kubigi tashlandi. Quyidagilarni toping:
15) juft raqamlar tushish ehtimolini;
16) «1» yoki «6» raqamlari tushish ehtimolini;
2 ta o’yin kubigi tashlandi. Quyidagilarni toping:
17) faqat juft raqamlar tushish ehtimolini;
18) bittasida juft, boshqasida toq raqam tushish ehtimolini;
19) tushgan raqamlarning yig’indisi juft bo’lgan hodisalar ehtimolini;
20) tushgan raqamlarning yig’indisi toq bo’lgan hodisalar ehtimolini;
21) Raqamlarning yig’indisi ularning ko’paytmasidan katta bo’lgan hodisalar ehtimolini;
22) Raqamlar yig’indisi 6 dan kichik bo’lgan hodisalar ehtimolini;
23) Raqamlar yig’indisi 8 dan katta bo’lgan hodisalar ehtimolini;
3 ta o’yin kubigi tashlandi. Quyidagilarni toping:
24) faqat juft raqamlar tushish ehtimolini;
25) bittasida juft, boshqalarida toq raqam tushish ehtimolini;
26) tushgan raqamlarning yig’indisi juft bo’lgan hodisalar ehtimolini;
27) tushgan raqamlarning yig’indisi toq bo’lgan hodisalar ehtimolini;
28) Bir xil raqamlar tushish ehtimolini;
29) Turli xil raqamlar tushish ehtimolini;
30) Raqamlar yig’indisi 4 ga bo’linadigan hodisalar ehtimolini;
31) Raqamlar yig’indisi 5 ga bo’linadigan hodisalar ehtimolini toping.
1.2-masala. Kartochkalarga harflar yozilgan bo’lib, ular aralashtiriladi va qaytarib qo’ymaslik sharti bilan so’zlar yasaldi. Berilgan so’zni yasash ehtimolini toping.
1) MATEMATIKA; 10) EHTIMOL;
2) DASTUR; 11) ALGORITM
3) TELEFON; 12) BLOK SXEMA
4) DASTURChI; 13) SISTEMA
5) MATEMATIK; 14) JARAYON
6) STATISTIKA; 15) PROSESSOR
7) STATISTIK; 16) EKRAN
8) HODISA; 17) KLAVIATURA
9) TAJRIBA; 18) INTEGRAL
19) DIFFERENSIAL 20) TENGLAMA
21) QO’LLANMA 22) PRINTER
23) PERFOKARTA 24) HISOBLASh
25) ARIFMETIKA 26) GEOMETRIYA
27) SIGNAL 28) ShIFRLASh
29) DISKRET 30) KALKULYATOR.
1.3-masala. Agar kartochkalarga sizning ismingiz va familiyangiz kelib chiqadigan harflar yozilgan bo’lsa, kartochkalarni ketma-ket olganda to’g’ri tartibda chiqish ehtimolini yozing.
1.4-masala. Qutida K ta qora va H ta oq sharlar bor. Tasodifiy ravishda M ta shar olindi. Ularning orasida
1) P ta oq shar bo’lishi;
2) P donadan kam oq shar bo’lishi;
3) Hech bo’lmaganda bitta oq shar bo’lishi hodisasi ehtimollarini toping.
K, H, M va P parametrlar qiymatlarini jadvaldan olib, o’z variantingizni yeching.
1.5-masala. Qurilma T vaqtda ishlaydigan 3 ta erkli elementlardan tuzilgan bo’lib, ularning buzilmasdan ishlash ehtimollari mos ravishda ga teng. Quyidagi hodisalar ehtimollarini toping:
1) T vaqtda faqat bitta element ishdan chiqishi;
2) T vaqtda hech bo’lmaganda bitta element ishdan chiqishi;
Variantingizga mos parametrlarni quyidagi formulalardan hosil qiling:
1.6-masala. Birinchi qutida K ta oq va L ta qora sharlar, ikkinchi qutida esa M ta oq, N ta qora sharlar bor. 1-qutidan tasodifiy ravishda P dona, 2-idishdan esa Q dona shar olindi. Olingan sharlar ichida
1) hammasi bir xil rangli bo’lishi;
2) faqat 3 ta oq shar bo’lishi;
3) Hech bo’lmaganda bittasi oq shar bo’lishi hodisasi ehtimollarini toping.
K, L, M, N, P va Q parametrlar qiymatlarini jadvaldan olib, o’z variantingizni yeching.
1.7-masala. Qutida jami K dona oq va qora sharlar bor. Qutiga yana L dona oq shar solindi. Shundan so’ng qutidan tasodifiy ravishda M shar olindi. Barcha olingan sharlar oq bo’lish ehtimolini toping. Barcha hodisalar teng imkoniyatli deb hisoblang.
K, L, M parametrlar qiymatlarini jadvaldan olib, o’z variantingizni yeching.
Do'stlaringiz bilan baham: |