metameri bargli, kurtakli bо‘g‘imdan
va undan pastda joylashgan
bо‘g‘im oralig‘idan tashkil topgan.
Yon kurtaklardan yon novdalar shakllanadi va о‘simliklarda
shoxlanish vujudga keladi. Shoxlanish о‘simliklarning havo muhiti
bilan aloqa hajmini kengaytiradi. Natijada
novdalar tizimsida asosiy
(I-tartibli), yon (II-tartibli) undan uchinchi tartibli va hakozo tartibli
novdalar paydo bо‘ladi. Har bir tartibli novda о‘zining о‘suvchi uchki
kurtagiga va uning о‘sish konusiga ega bо‘lib, u kurtak saqlanar ekan,
novdalar о‘sishini davom ettiradilar.
Kurtak.
Kurtak – boshlang‘ich hali yozilmagan novdadir. U
vegetativ novdaning о‘sish konusi
bilan tamomlanuvchi asosiy
о‘qdan, unda navbatma-navbat (birining ustiga ikkinchisi) joylashgan
turli
yoshdagi
boshlang‘ich
bargchalardan
(boshlang‘ich
metamerlarining yig‘indisidan) tashkil topgan. Tashqi (pastki)
bargchalar markazga tomon turlicha uzunlikda о‘sib, ichkarida
joylashgan boshlang‘ich bargchalarga va о‘sish
konusiga egilib, uni
qoplab turadi. Bо‘g‘im oralig‘i chо‘zilib ulgurmaganligi sababli
kurtakda bо‘g‘imlar juda qisqa bо‘lib joylashgan. Yosh
bargchalarning qо‘ltiqlarida yon kurtakchalar paydo bо‘ladi (55-
rasm).
О‘simliklarda vegetativ kurtaklardan tashqari vegetativ – generativ
kurtaklar ham bо‘lib, bularda vegetativ
metamerlar bilan birgalikda
о‘sish konusi boshlang‘ich gul yoki tо‘p gulga aylangan bо‘ladi.
Bunday kurtaklar kо‘pincha о‘t о‘simliklarga xos bо‘lib, daraxtsimon
о‘simliklarda ham uchrab turadi. Ba’zi kurtaklar siren, marjon daraxti,
faqat generativ yoki gul kurtaklari bо‘lib, tо‘p gullarni hosil qiladi.
122
Ularda yashil assimilyatsiya qiluvchi barg boshlang‘ichlari
rivojlanmasdan (olcha) faqat gul rivojlanadi va g‘uncha deb ataladi.
Kurtaklarni tashqi tomonidagi tangacha barglar ichki meristematik
qismlarni qurib ketishdan va bahordagi
haroratning birdan pasayib
ketishidan saqlaydi. Ba’zi daraxtlarning kurtaklarini tangacha barglari
qalin etli, zich va qalin tuklar bilan qoplangan bо‘ladi, yoki smola,
balzam kabi moddalarni ajratib himoya vazifasini bajaradi (56-rasm).
Bunday kurtaklarni yopiq kurtaklar deb ataladi (eman, juka,
marjon
daraxtlari). Ba’zi о‘rtacha iqlimga joylardagi daraxtlarning kurtaklari
tashqi tomondan maxsus shakli о‘zgargan tangacha barglar bilan
qoplanmagan bо‘lib ochiq kurtaklar deyiladi (qayin, qizil sebarga va
boshqalar) (56-rasm). Ba’zi о‘simliklarda kurtaklar paydo bо‘lgandan
keyin kо‘p yillar davomida harakatga kelmaydi shuning uchun ularni
tinimdagi kurtaklar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: