151-rasm. Tolbargli Derbennik o’simligidagi geterostiliyasi:
1 – urug‘chining uzun ustunchali shakli, 2 – urug‘chining ortacha ustunchali
shakli, 3 – urug‘chining qisqa ustunchali shakli.
282
Ma’lumki, kо‘pchilik о‘simliklar о‘zidan yoqimli hid taratadi
(rayhon, tamaki, atirgul, chinnigul va boshqalar), lekin bir qator
152-rasm. Gullarning changlanish omillari:
A-G – entomofiliya - hasharotlar yordamida changlanish,
D-E –
ornitofiliya –
qushlar yordamida changlanish.
A
B
V
G
D
E
283
о‘simliklar borki, ular badbо‘y bо‘lib, sasigan baliq, aynigan siydik,
gо‘ng hidiga о‘xshab ketadi. Bunday о‘simliklarga tropik о‘rmonlarda
о‘suvchi rafleziya, arxislar va boshqa о‘simliklar misol bо‘la oladi. Bu
о‘simliklar pashsha, qо‘ng‘izchalar yordamida changlanadi.
Entomofil о‘simliklarning о‘ziga hasharotlarni jalb etadigan
omillaridan yana biri chang hisoblanadi. Kо‘pchilik о‘simliklarning
gullari yirik bо‘lib, yuztagacha changchilarga ega. Bunday gullar
о‘zidan juda kо‘p miqdorda chang ajratadi, chang tarkibida 15–30%
oqsil moddasi tо‘planadi. Hasharotlar esa shu chang bilan
oziqdanadilar. Kо‘p miqdorda chang chiqaradigan о‘simliklarga
na’matak, kо‘knor, sigirquyruq, mimoza va boshqa о‘simliklar misol
bо‘ladi. Chang hasharotlarga yem bо‘lganligi sababli, arilar
changlarni inlariga g‘umbaklari uchun yig‘adi. Hasharotlar gulga
ovqat izlab keladi va guldagi nektarni olishga harakat qiladi, ayni
vaqtda changchi va urug‘chilarga tegib о‘tadi. Entomofil
о‘simliklarning chang yuzasi notekis bо‘lib tikanchalar, tukchalari va
boshqa о‘siqlar borligi bilan anemofil о‘simlik changidan farq qiladi,
changning tо‘siqlari hasharotlarga yopishib tarqalishiga imkon beradi.
Bundan tashqari entomofil о‘simliklarning changlari anemofil
о‘simliklarning changlariga nisbatan yirik bо‘ladi.
Odatda, guldagi nektarlarning joy olishiga qarab muayyan
tuzilishdagi gullar bir xil hasharot guruhlari bilan changlana oladi.
Nektarlari yuzada joylashgan gullarni ikki qanotli hasharotlar:
pashshalar
va
qо‘ng‘izchalar
changlatadi.
Masalan,
soyabonguldoshlar, toshyorarguldoshlar, atirguldoshlarning vakillari,
zarangguldoshlar, marjon daraxti va boshqa о‘simliklar. Bu entomofil
о‘simliklarning gullari aktinomorf, oq, sariq, kо‘kimtir-sariq, goh
pushti-qizg‘ish rangda bо‘ladi. Nektarlari chuqurroq joylashgan
gullarni xartumlari uzunroq bо‘lgan hasharotlar – asalarilar va boshqa
pardaqanotlilar changlantiradi. Bu о‘simliklarning gullari zigomorf
bо‘lib, aksariyat havorang, kо‘k, gunafsha qirmizi-qizil
(labguldoshlar, kapalakguldoshlar va boshqa о‘simlik oila vakillari)
bо‘ladi.
Gulning rangi, hidi hasharotni qaysi tomonga uchishi kerakligini
kо‘rsatadi. Hasharotlar gulga nektar va chang uchun qо‘nadi. Gulning
ochilish ekologiyasi turli-tumandir. Bu masalani о‘rganadigan,
botanikaning yangi bir tarmog‘i – antekologiya fanidir. Gulning
ochilishi harorat (temperatura), nisbiy namlik va yorug‘lik kabi
284
omillarga bog‘liq. Shunga binoan ba’zi gullar faqatgina kechasi
ochiladi. Kechasi ochiladigan gullarning rangi oq, oq-pushti, och sariq
bо‘lib, о‘zidan kuchliroq hid chiqaradi va kechasi uchadigan
kapalaklar yordamida changlanadi (tamaki, chinni gul, kavsar, nargis
va boshqalar) ertalab va kunduzi ochiladigan gullar kapalaklar,
asalarilar va arilar bilan changlanadi. Bunday gullarning rangi qip-
qizil yoki pusht va hokazo bо‘ladi (о‘rik, anor, kо‘kparang-lagoxilus,
shaftoli va boshqalar).
Evolyutsiya jarayonida о‘simliklar bilan hasharotlar о‘rtasida juda
kо‘p moslanishlar paydo bо‘lgan. Bu moslanishlar chetdan
changlanishga yordam beradi. Masalan, ba’zi ituzumdoshlar oilasining
vakillari (tamaki, bangidevona) va boshqa turlarida gultojlari
voronkasimon, nayi qо‘ng‘iroqsimon bо‘lib, nektari juda ham
chuqurlikda joylashgan. Bunday gullar faqatgina xartumi uzun
bо‘lgan hasharotlar bilan changlanishga moslashgan. Ba’zi
orxideyadoshlarning gulidagi nektar yostiqchalar shaklida bо‘lib,
poyaning bandi bilan birikkan. Hasharot gulga boshini tiqqanida
yopishqoq yostiqchalar unga yopishib qoladi. Guldan ajralib chiqqan
hasharot boshqa gulga qо‘nib, yopishqoq yostiqchalar bilan ulardagi
urug‘chi tumshuqchasini changlantiradi (152-rasm).
Chetdan changlanishning yana ham murakkabligini va maxsus
hasharot turi bilan changlanishini yovvoyi anjirda kо‘rish mumkin.
Yovvoyi anjir faqat О‘rta Osiyoda Qrimda va Kavkazda o‘sadi.
Gullari bir jinsli, ba’zan ikki jinslidir. Changchi guli ham, urug‘chi
guli ham kо‘zachasimon yoki noksimon, uchi teshikli tо‘pgulning
ichida joylanadi. Anjir bir yilda ikki-uch marta gullaydi. Changlanish
blastofaga arisi yordamida sodir bо‘ladi. Bir tо‘pgul ichida uzun
ustunchali urug‘chilari va ikkinchi tо‘pgullarining yuqori qismida
changchi gullari, pastroqda kalta ustunchali urug‘chi gullar bor (153-
rasm).
285
Bahorda anjir gullagan vaqtda hasharot ikkala tо‘pgullarga kirib
joylashadi. Ammo, bahorgi guldan mevalar juda ham oz hosil bо‘ladi.
Ikki jinsli tо‘pgul ichiga kirgan ari urug‘chilarning ichiga bittadan
tuxum qо‘yadi, shundan keyin о‘sha urug‘chining urug‘murtagi juda
tez о‘sib ketadi va blastofaga g‘umbagiga oziq bо‘ladi. Ma’lum vaqt
о‘tgandan keyin g‘umbaklar yetuk hasharotga aylanadi va о‘sha
yerning о‘zida bir-biri bilan qо‘shiladi, shundan sо‘ng erkagi о‘ladi,
urg‘ochisi chiqib ketish vaqtida tо‘pguldagi changchilarni changiga
belanadi. Bu hasharotlar keyinroq ochiladigan boshqa tо‘pgullarga
kirib tuxum qо‘yadi va uzun ustunchali urug‘chilarni changlatadi.
Sentabr oylariga borib anjir pishadi. Kuzda anjir uchinchi marta
gullaydi.
Hasharot to‘pgulning ichiga kirib qishlaydi va bahorda undan yetuk
arilar paydo bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |