G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

120-rasm. Gul qismlari:
1 – gulbandcha, 2 – kosachabarg, 3 – nektarnikli gulо‘rni,
4 – gultojibarg yaproqlari, 5 – androtsey (qо‘shilib о‘sgan changchi 
ipi), 6 – 7 – 8 – ginetsey, 6 – ustuncha, 7 – tuguncha, 8 – tumshuqcha,
9 – urug‘kurtak, 10 – gul osti. 
121- rasm. Gullar simmetriyasi:
1,2 – aktinomorf, 3,4 – zigomorf, 5 – assimmetrik. 
235


Gul qо‘rg‘onining bо‘lishi yoki bо‘lmasligi va uning tuzilishiga 
qarab gul tо‘rt xil bо‘ladi: 1 – agar gulqо‘rg‘on bir xil oddiy 
kosachasimon yoki tojsimon bо‘lib, gul о‘rnida navbatlashib joylashsa 
(magnoliya, kupalnisa, liliyada) – 
gomoxlamid
gul deb ataladi; 2 - 
gulqо‘rg‘oni murakkab (qо‘shaloq) kosacha bilan tojga ajralgan 
(chinnigul, nut, о‘rik, olma va boshqalarda) bо‘lsa, 
geteroxlamid
gul 
deb ataladi; 3 – gulqо‘rg‘oni bir qator va faqat kosachasimon 
(gazanda, qayrag‘och, olabо‘tada) bо‘lsa – 
gaploxlamid
gul deb 
ataladi; 4 – gulqо‘rg‘oni bо‘lmagan va faqat sporofillar (androsey 
changchilar, genisey – urug‘chilar)dan yuzaga kelgan gullar – 
axlamid 
yoki ochiq (qoplag‘ichsiz) gullar deb ataladi (122-rasm). 
Gulning kelib chiqishi. 
Yopiq urug‘li о‘simliklarning gullari turli-
tuman shaklda bо‘lib, ochiq urug‘li о‘simliklarning gulidan keskin 
farq qiladi. Gulning kelib chiqishi tо‘g‘risidagi masala kо‘pincha 
olimlarni qiziqtiradi. Bu sohada keng tarqalgan uchta nazariya bor.







122- rasm. Gul qо‘rg‘onning qarab gul tuzilishi: 
A – Shumtolning axlamid tipli guli, B – gaploxlamid tipli gul,
V – piyozning gomoxlamid tipli guli, G, D – geteroxlamid tipli gul,
E – apopetal tipli gul, J – aposepal tipli gul (L.I. Lotova, 2007). 
236


Psevdant (yunon. psevdos – soxta, antos – gul) nazariyasi. Bu 
nazariyani avstraliyalik botanik – morfolog, sistematik, botanik-
geograf olim – professor Rixar, Vetshteyn yaratgan. Uning fikricha, 
yopiq urug‘li о‘simliklarning ikki jinsli guli ochiq urug‘li о‘simliklar 
(gnetumsimonlar sinfi)ning kо‘pgina sodda tuzilgan bir jinsli changchi 
va urug‘chi gullarning tо‘plamidan tо‘pgul yuzaga kelgan. Urug‘chilar 
(megasporofillar) markazga joylashgan. Ular mevali barglardan hosil 
bо‘lgan, changchi gullarning qoplag‘ich barglari gulqо‘rg‘onni hosil 
qilgan. Keyinchalik ba’zi changchilar tojbarglarga aylangan. Bu 
nazariyaga muvofiq, yopiq urug‘li о‘simliklar shamol yordamida 
changlanadigan mayda-mayda kо‘rimsiz qoplag‘ichli gullarga ega 
bо‘lgan (qayindoshlar, bukdoshlar, qayrag‘ochdoshlar va boshqalar)da 
gul bir uyli, bir jinsli bо‘lib ochiqurug‘lilarning strobillarini (yunon. 
strobilis-g‘udda) eslatadi.
Ochiq urug‘li о‘simliklardan efedranin strobili bо‘g‘imlarda 
joylashgan. Ular qisqa о‘qdan iborat, bu о‘qlarga 2–8 tagacha 
tangachaga о‘xshagan barglar qarama-qarshi о‘rnashgan bо‘ladi. Bu 
tangachalardan yuqorida joylashgan bir necha mikrostrobil bо‘ladi. 
Har bir mikrostrobil barg – о‘zida ayrim bir gul bо‘lib, anterofor yoki 
changchi gul deb ataladi. Anterofora 2–8 ta yoki uch xonali 
changdondan iborat bо‘ladi (123-rasm).
Anterofor ikki changchining о‘sishidan taraqqiy etadi. 
Venshteynning taxminiga binoan yopiq urug‘li о‘simliklar gulining 
rivojlanishi uch xil bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda – erkak 
“tо‘pgul” – changchilar taraqqiy etgan rivojlanish, ikkinchi bosqichida 
changchilar soni ortib borgan va gul yon barglari atrofida joylashgan. 
237


Uchinchi bosqichida changchilardan urug‘chi, gulyonbarglardan 
kosachbarglar taraqqiy etgan. Vetshteyn fikricha taraqqiyotnin 
uchinchi bosqichida erkak “tо‘pgul” ikki jinsli gulga aylangan. Bu 
nazariyani hozirgi vaqtda olimlar ma’qullashmaydi, shuning uchun 
psevdant nazariya faqat tarixiy ahamiyatga ega. 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish